Qodirova Gulnoza Qodirjonovnaning 
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida suvda eriydigan organomineral o‘g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.13-Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2050.
Ilmiy rahbar: Shamshidinov Israiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
«Ammoniy fosfatlari olish usuli» ixtiro patentiga (№IAP 06263) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 17 iyundagi 01-11/1662-son xulosasi berilgan.
«Suyuq bioorganik mineral o‘g‘it olish usuli» ixtiro patentiga (№IAP 06411) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 17 iyundagi 01-11/1663-son xulosasi berilgan.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
ekologik xavfsiz, suvda to‘la eriydigan ammoniy fosfatlari hamda yomg‘ir chuvalchangi biogumusini qayta ishlash asosidagi suyuq bioorganomineral o‘g‘it olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ekstraksion fosfat kislota ishlab chiqarish texnologik siklida kislotani ftor va sul`fatlardan tozalashning maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda oliy navdagi ammoniy fosfatlari olish mumkinligi asoslangan (№IAP 06263);
NPK-o‘g‘itlar olish uchun suvda to‘la eriydigan, ftorsizlangan ammoniy fosfatlari olishning maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan (№IAP 06263);
ilk bor ishlab chiqarish texnologik siklida EFKni sul`fatlar va ftordan qisman tozalash yo‘li bilan oliy navdagi ammoniy fosfatlari ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan 
(№IAP 06263);
qisman tozalangan EFKni ammoniylash bosqichida temir, alyuminiy, kal`siy, ftor kabi qo‘shimchalardan tozalangan monoammoniyfosfat ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan 
(№IAP 06263); 
ilk bor yomg‘ir chuvalchangining qattiq holatidagi biogumusini tomchilab sug‘orish, gidroponika va o‘simliklarni ildizidan tashqari oziqlantirish talablariga javob beradigan suyuq bioorganomineral o‘g‘itga qayta ishlash usuli ishlab chiqilgan (№IAP 06411);
yomg‘ir chuvalchangi biogumusini suyuq bioorganomineral o‘g‘itga qayta ishlash texnologiyasi yaratilgan (№IAP 06411).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Cuvda to‘la eriydigan, ekologik xavfsiz monoammoniyfosfat hamda yomg‘ir chuvalchangi biogumusidan suyuq bioorganomineral o‘g‘it olish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suvda to‘la eriydigan monoammoniyfosfat olish texnologiyasi «IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» MChJda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02/025-3741-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomchilab sug‘orish uchun NPK-o‘g‘itlar va suyuq bioorganomineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun Markaziy Qizilqum fosforitlaridan monoammoniyfosfat va qo‘shimchalardan tozalangan ekstraksion fosfat kislota olish imkonini bergan;
yomg‘ir chuvalchangi biogumusini suyuq bioorganomineral o‘g‘itlarga qayta ishlash texnologiyasi «UYCHI SOHIBKOR AGRO EXPORT» MChJda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02/025-3741-son ma’lumotnomasi). Natijada, yomg‘ir chuvalchangi biogumusidan tomchilab sug‘orish, gidroponika va ildizdan tashqari oziqlantirish talablariga javob beradigan, tarkibida o‘simliklarni o‘stiruvchi va rivojlantiruvchi ekologik xavfsiz stimulyatori bo‘lgan yuqori samarador suyuq bioorganomineral o‘g‘itlar olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish