Ashurova Nargiza A’zamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik sub’ektlari mulkiy asoslarining huquqiy rejimi», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Yu44.
Ilmiy maslahatchi: Okyulov Omanboy, yuridik fanlar doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01
Rasmiy opponentlar: Karaxodjaev Dilorom Mamirovna, yuridik fanlar doktori, professor; Nasriev Ilhom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Chiniev Dilshod Abdimo‘minovich, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik sub’ektlari mulkiy asoslarining huquqiy rejimi mohiyati hamda uni amal qilish chegaralarini aniqlash hamda mulkiy asoslarni qo‘llashning huquqiy mexanizmlarini rivojlantirishga oid asosiy yo‘nalishlar va ustuvor jihatlarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik sub’ektlaridan mol-mulkning huquqiy rejimiga taalluqli hujjatlarni talab qilishda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari ushbu hujjatlarga muhr bosish va uni muhr bilan tasdiqlashni talab qilishi taqiqlanishi asoslantirilgan;
ko‘chmas mulk yuzasidan bitimni insofli tarafi tegishli davlat reestridagi axborotning noto‘g‘riligi oqibatida ko‘rgan zarar uchun ko‘chmas mulkka nisbatan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ javobgar bo‘lishi asoslangan;
ko‘chmas mulkka oid noto‘g‘ri axborot kadastr ob’ektlariga oid huquqlarning davlat reestrida bo‘lganligi oqibatida ko‘rilgan zarar sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida qoplanishi zarurligi asoslantirilgan;
mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ustav fondi tegishli jamiyatning ustavida belgilanishi hamda ishtirokchilar ulushlarining nominal qiymatidan iborat bo‘lishi asoslangan;
respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanish darajasini baholashda tadbirkorlik sub’ektlarining mulk huquqi daxlsizligining ta’minlanganlik ko‘rsatkichini ham inobatga olish hamda ushbu indikatorni hisoblashga Adliya vazirligini mas’ul qilib belgilash mumkinligi asoslantirilgan.
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilayotgan er uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektini buzib tashlash to‘g‘risidagi mahalliy hokimlikning qarorini adliya organlarining ijobiy xulosasi asosida qabul qilish, erni olib qo‘yish munosabati bilan kompensatsiya berish to‘g‘risidagi kelishuv majburiy tarzda notarial tasdiqlash lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Tadbirkorlik sub’ektlari mulkiy asoslarining huquqiy rejimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
tadbirkorlik sub’ektlaridan hujjatlarga muhr bosishni yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlashni talab qilish davlat organlari huquqni va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan taqiqilanishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 20 martdagi «Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» O‘RQ-531-sonli  Qonuni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2021 yil 29 iyundagi 04/4-4039-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirishga oid ortiqcha talab va tartibni bekor qilish yo‘li bilan ular faoliyatini rivojlantirishga imkon yaratgan;
ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha bitimning insofli tarafi ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestridagi noto‘g‘ri axborot oqibatida ko‘rgan zararlar uchun ko‘chmas mulk bo‘lgan kadastr ob’ektlariga doir huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar javobgar bo‘lishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 20 martdagi «Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» O‘RQ-531-sonli  Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2021 yil 29 iyundagi 04/4-4039-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarining davlat reestrini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarining mas’uliyatini oshirish va shu orqali bitimda tuzishda insofli harakat qilgan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilishning adolatli mexanizmini yaratilishiga xizmat qilgan;
ko‘chmas mulk ob’ektlariga oid huquqlarning davlat reestridagi noto‘g‘ri axborot oqibatida ko‘rilgan zararning o‘rni sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida qoplanishi zarurligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 20 martdagi «Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» O‘RQ-531-sonli  Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarashi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 14 sentyabrdagi 16-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif bitimning insofli tomoniga etkazilgan zararni qoplashning adolatli tartibi amal qilishini ta’minlashga xizmat qiladi;
mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) jamiyatning ustavida belgilanishi va ishtirokchilar ulushlarining nominal qiymatidan iborat bo‘lishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 20 martdagi «Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» O‘RQ-531-sonli Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarashi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 14 sentyabrdagi 16-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatni tashkil etishda tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay va maqbul rejimni tashkil etgan hamda ustav kapitalining miqdoriga oid cheklovni bekor qilish orqali ular faoliyatini samarali ishlashiga xizmat qilgan.
tadbirkorlik sub’ektlarining mulk huquqi daxlsizligining ta’minlanganlik ko‘rsatkichi tadbirkorlikning rivojlanish darajasini baholashda inobatga olinishi hamda ushbu indikatorni hisoblashga mas’ul qilib Adliya vazirligini belgilash mumkinligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik boshqarmasining 2021 yil 18 avgustdagi 12/21-33-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif tadbirkorlik sub’ektlari mulk huquqi daxlsizligini kuchaytirishiga imkon bergan;
er uchastkasini olib qo‘yish tashabbuskori hamda olib qo‘yilayotgan er uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektining mulkdori o‘rtasida tuziladigan erni olib qo‘yish munosabati bilan kompensatsiya berish to‘g‘risidagi kelishuv majburiy tarzda notarial tasdiqlanishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan “Er uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan er uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik boshqarmasining 2021 yil 18 avgustdagi 12/21-33-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif tadbirkorlik sub’ektlari ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish