Mamadaliev Kamolidin Raxmatulloevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Informatikadan modernizatsiyalashgan o‘quv adabiyotlari va elektron darsliklarni yaratishning didaktik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1197. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti. 
Ilmiy rahbar: Tojiev Mamarejab, pedagogika fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfat Ilxamovich, pedagogika fanlari doktori; professor, Rahimov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi informatikadan modernizatsiyalashgan o‘quv adabiyotlari va elektron darcliklarni yaratish metodikacini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
informatikadan o‘quv adabiyotlarini yaratishga qo‘yiluvchi metodik, didaktik, psixologik talablar fanlarni o‘qitish vazifalari (ta’limiy-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi)ni informatikani o‘qitish jarayoniga kooperativlik jihatdan vertikal va sub’ektivlik jihatdan gorizontal integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
modernizatsiyalashgan o‘quv adabiyotlari va elektron darcliklarni yaratish mexanizmlari  talabalarda tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalarini shakllantirishning reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini ko‘zda tutuvchi axborotli kontent yaratish tamoyillari(ilmiylik, ochiqlik, rang-baranglik, ko‘p tanlovlik)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
informatikadan modernizatsiyalashgan o‘quv adabiyotlari mazmuni fanlarni o‘qitishga moslashuvchan interaktiv (qayta aloqaga kirishuvchi, o‘z-o‘zini baholovchi va rivojlantiruvchi) o‘quv materiallarini modullarga ajratilgan axborotli-prognozli va sohaviy kontent-dizaynli loyihalash asosida takomillashtirilgan; 
informatikani o‘qitishda elektron darcliklardan foydalanish modelining tashkiliy-metodik  komponenti pedagoglar hamda talabalarning o‘zaro innovatsion faoliyatini dasturli, modulli loyihalash jarayoni   dinamikligini talabalarning fanga oid kompetensiyalarini monitoring qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Informatika ta’limi cohacining ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan modernizatsiyalashgan o‘quv adabiyotini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’limning bakalavr bocqichida o‘quv adabiyotlari va elektron darcliklarni o‘qitishning ta’lim-tarbiyaviy va metodik vazifalari acocida informatikadan modernizatsiyalashgan o‘quv adabiyotlari va elektron darsliklar yaratishni takomillashtirishga oid takliflari “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologilari” yangi avlod darcligini ishlab chiqishda inobatga olingan  (Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2021 yil 17 avgustdagi buyrug‘i).  Natijada oliy ta’limda bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘quv materiallarni elektron shakllarda loyihalash ko‘nikmacini rivojlantirish jarayonining didaktik imkoniyati kengaygan;
“Informatika o‘qitish jarayonini loyihalash” turkumidagi fanlarni yaratishga qo‘yiladigan metodik talablar hamda o‘quv fanlarining takomillashtirilgan mazmuni va metodik tizimi acocida modernizatsiyalashgan o‘quv adabiyotlari, elektron darcliklar yaratishga oid takliflar 2015-2017 yillarda amalga oshirilgan A-1-33-“Oliy ta’lim muaccacalarida informatika fanining modulli o‘qitish metodikaci va amaliyoti mavzucidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2020 yil 16 iyundagi 89-03-2084-con ma’lumotnomaci). Natijada informatikadan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishga qo‘yiluvchi talablar va mezonlar aniqlangan;
o‘quv adabiyotlar uchun o‘quv topshiriqlarni loyihalashga qo‘yiluvchi metodik-didaktik talablar acocida kontent yaratish bo‘yicha taklif va tavciyalardan  YoA-1-012-con “Uzlukciz ta’lim yangi avlod o‘quv adabiyotlari va uning elektron darcligini yaratish metodikaci (“O‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fani micolida)” mavzucidagi yosh olimlar amaliy loyihacining treninglar mazmunini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2020 yil 16 iyundagi 89-03-2084-con ma’lumotnomaci). Natijada “Informatika o‘qitish texnologiyalari va loyihalash” modernizatsiyalashgan fanini o‘qitish metodikaci takomillashtirilgan va ta’lim-tarbiya cifati oshishiga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish