Buranova Barno Menglibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Badiiy tarjimada tarixiy-milliy koloritni saqlash prinsiplari (“Yulduzli tunlar” romanining turkman tilidagi namunasi asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil.390.
Ilmiy rahbar: Nazarov Baxtiyor Aminovich, filologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSs.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Gaylieva Ogulbay Kurbanmuradovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanining turkmancha tarjimasini (tarjimon Shodurdi Choriev) asliyat bilan qiyoslab, badiiy tarjimada tarixiy-milliy koloritni saqlash prinsiplarini aniqlash, qoraqalpoqcha, ruscha tarjima nusxalarni o‘zaro qiyosan solishtirish orqali tarjimon mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Yulduzli tunlar”ning turkmancha tarjimasida originalning o‘ziga xos tarixiy va milliy davr koloritini berishda tarjimon asosan tarixiylik, tarixiy-uslubiy moslashtirish, zamonaviylashtirish, fonetik prinsiplardan unumli foydalanganligi, o‘zbek-turkman tillararo leksik, fonetik hamda grammatik mushtaraklik mutarjimga adekvatga ancha yaqin tarjimani yaratishda qo‘l kelgani dalillangan;
asar matnida uchraydigan arxaizmlar, istorizmlarni turkmanchalashtirishda mutarjim muqobil so‘z tanlash prinsipiga amal qilgan holda funksional-tarixiylik prinsipini saqlab qolishga erishgani, asarda eskirgan so‘zlar tarjimasida davr manzarasini to‘laqonli aks ettirish uchun arxaizm va istorizmlarni asliyat matniga mos, muallif uslubiga mushtarak holda bera olgani, ammo ba’zi o‘rinlarda modernizatsiya tamoyiliga murojaat natijasida turkmancha tarjimada milliy realiyalar, siyosiy-harbiy atamalarni o‘girishda xatoliklarga yo‘l qo‘ygani aniqlangan;
badiiy tarjimada xalqona ibora va so‘zlarni so‘zma-so‘z tarjima, muqobil variant tanlash, modulyasiya tamoyillariga asoslanganligi, matn tarkibini ixchamlashtirish, qahramon ruhiyatini ravon, sodda, xalqona uslubda ifodalash maqsadida paremiologik birliklarning tushib qolishi qiyosiy-tipologik, lingvostilistik kuzatishlar  asosida aniqlangan; 
roman matnida uchraydigan Jomiy, Navoiy, Bobur, Binoiy qalamiga mansub she’riy parchalarning tarjimada aks etishida erkin tarjima usuliga murojaat natijasida shakl va mazmunni saqlashdagi yutuq hamda so‘zma-so‘z tarjima jarayonida she’riy tizimdagi kamchiliklar, Shodurdi Chorievning she’riy parchalarni turkmanchalashtirishdagi mahorati, lirik tasvir hamda talqinga individual yondashuvi, rus tarjimoni Yu.Surovsev, qoraqalpoq mutarjimlari H.Jumashev, A.Sodiqovlarga nisbatan tarjimada asliyat badiiy mohiyatini to‘la yoritish, muallif uslubini keng rakursda teran aks ettirishdagi mahorati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Yulduzli tunlar”ning turkmancha tarjimasida tarjimon tarixiy va milliy davr koloritini asliyatga mos tarzda berishi  va boshqa tillardagi tarjimalari bilan qiyosiy tahlili asosida:
badiiy tarjimada xalqona ibora va so‘zlarni so‘zma-so‘z tarjima, muqobil variant tanlash, modulyasiya prinsipi tamoyillariga asoslanganligi, matn tarkibini ixchamlashtirishga oid materiallardan OT-F1-80 “Globallashuv muammolarining badiiy talqini va zamondosh obrazi” hamda OT-F1-77 “O‘zbek adabiyoti durdonalari 100 jildligini nashrga tayyorlash” fundamental loyihada foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2020 yil 7 dekabrdagi 3/1255-2747-son ma’lumotnomasi). Natijada “Pirimqul Qodirov “Tanlangan asarlar”iga kiritilgan “Yulduzli tunlar”ning navbatdagi yangi nashriga yozilgan “Kirish so‘z” va “Tarixiy shaxslar va tarixiy joy nomlari”ni izohlashda, romanning turkman, turk, qoraqalpoq, ruscha tarjimalari haqidagi ma’lumotlarning boyitilishiga muhim asos bo‘lgan;
“Yulduzli tunlar” romanida uchraydigan arxaizmlar, istorizmlarni turkmanchalashtirishda mutarjim muqobil so‘z tanlash prinsipiga amal qilgan holda funksional-tarixiylik prinsipini saqlab qolishga erishgani, asarda eskirgan so‘zlar tarjimasida davr manzarasini to‘laqonli aks ettirishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Badiiy tarjima kengashi hisobot yig‘ilishlarida, adabiy-ilmiy to‘garak mashg‘ulotlarda unumli foydalanilgan (Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 20 maydagi 09-32/13-son ma’lumotnomasi). Natijada turkmancha tarjimadagi tarixiy va milliy koloritni qayta yaratish, adekvatlik masalalariga doir tahlillar uyushmada o‘tkazilgan ma’ruzalar mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
tarjimonning she’riy parchalarni turkmanchalashtirishdagi mahorati, lirik tasvir hamda talqinga individual yondashuvi, toponimlar tarjimasida mutarjim transkripsiya va transliteratsiyadan unumli foydalangani, tarjimada asliyat badiiy mohiyatini to‘la yoritishga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat”, “O‘zbekiston tarixi” kanali ko‘rsatuvlari hamda “O‘zbekiston” radiokanali eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 28 iyun`dagi 01-16/126-son ma’lumotnomasi; “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021 yil 24 maydagi 35-son ma’lumotnomasi; “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 1 iyundagi 49-21-son ma’lumotnomasi). Natijalar tatbiqi adabiy-ma’rifiy ko‘rsatuv hamda eshittirishning ilmiy asoslarga boy bo‘lishini ta’minlagan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish