Turkmenov Farrux Nuritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarni sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish vositasida axloqiy-estetik tarbiyalash texnologiyalari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped929.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Ma’murov Bahodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Bozorova Muslima Qodirovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish vositasida axloqiy-estetik tarbiyalashning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini ochib berish hamda amaliyotga tatbiq etish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazishda talabalarni axloqiy-estetik tarbiyalashning maqsadga yo‘naltirilganligi, ehtiyojlarning anglanganligi, ijtimoiy vazifalarni bajarishga tayyorlik, ongli intizom, o‘z-o‘zini tarbiyalash kabi ijtimoiy-pedagogik tamoyillarni hamda hamkorlik, loyihaviy, keys-stadi, muammoli, mujassamlashgan texnologiyalarni qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazishda talabalarni axloqiy-estetik tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon mazmunini motivatsion-emotsional, mazmunli, faoliyatli kabi bosqichlari jismoniy madaniyatning sog‘lomlashtiruvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi komponentlari uzviyligini ta’minlash asosida rivojlantirilgan;
“Universiada”, “Balli, qizlar”, “Balli, yigitlar”, “Alpomish avlodlari”, “Barchinoy izdoshlari” milliy sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazishda talabalarni axloqiy-estetik tarbiyalashning ommaviy, jamoaviy, guruhiy shakllari va munozara, dramafon, ishbop o‘yin, kichik guruhlarda ishlash, o‘z o‘rningni top, o‘yin portfoliosi kabi interaktiv metodlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazishning sub’ektivlik, individuallik, identifikatsiya (o‘xshashlik), refleksivlik singari pedagogik tamoyillari bilan axloqiy-estetik tarbiyaning ichki o‘zaro aloqadorligi mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida talabalarni sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish vositasida axloqiy-estetik tarbiyalash yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik hamda amaliy tavsiyalar asosida:
oliy ta’lim tizimida talabalarni sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish vositasida axloqiy-estetik tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon mazmunini takomillashtirishga oid takliflar “Kasbiy ta’lim metodlarini tanlash va qo‘llash” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i). Natijada sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayoni, axloqiy-estetik tarbiyalashning mexanizmlari (ishchanligi, chidamliligi, vatanparvarligi, fidoyiligi, tolerantligi, raqibini hurmat qilishi, go‘zallikni his eta olishi, fuqarolik pozisiyasining mustahkamligi) nazariy metodologik, pedagogik-psixologik jihatdan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida talabalarni sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish vositasida axloqiy-estetik tarbiyalash parametrlarini kengaytirishga oid takliflardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 28 iyuldagi 04-04/01-456-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida talabalarni sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish vositasida axloqiy-estetik tarbiyalash texnologiyalari asosida fan dasturlarining tarkibi, mazmuni innovatsion pedagogik, tizimli, integrativ, refleksiv yondashuvlar hamda uzviylik va uzluksizlik prinsipiga tayangan holda takomillashtirilgan;
sport va jismoniy tarbiyaning shaxsni axloqiy-estetik tarbiyalashdagi imkoniyatlari va oliy ta’lim tizimidagi sportni ommalashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalari asosida “Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish” hamda “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” o‘quv modullari bo‘yicha uslubiy ta’minot ishlab chiqilgan va amalga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 8 iyuldagi 03-17-02/3756-son ma’lumotnomasi). Natijada sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish yo‘llari, imkoniyatlaridan amaliyotda foydalanish mexanizmlari ilg‘or xalqaro hamda mahalliy tajribalarni o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
sport va jismoniy tarbiyaning shaxsni axloqiy-estetik tarbiyalashdagi imkoniyatlari va oliy ta’lim tizimidagi sportni ommalashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar va takliflardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, O‘zbekiston”, “Menga so‘z bering”, “Sport mening taqdirimda” kabi ko‘rsatuvlarida unumli foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 10 avgustdagi 1/210-son ma’lumotnomasi). Natijada sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish vositasida talaba-yoshlarni axloqiy-estetik tarbiyalashda tashviqot-targ‘ibot ishlarini rivojlantirishga erishilgan.