Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muloqotning intralingvistik va ekstralingvistik omillari xamda zamonaviy konsepsiyalari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fil303.
Ilmiy maslahatchi: Umarxodjaev Muxtor Eshonxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02 raqamli kengash asosida bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirzoxidova Muyassar Inomjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Hamroeva Shahlo Mirdjanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sa’dullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muloqot tizimining tadrijiy taraqqiyoti va zamonaviy tendensiyalarining shakllanishi, muloqot jarayonida intralingvistik, ekstralingvistik, medialingvistik omillar xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kommunikatsiya va muloqotning aynan bir narsa emas, balki biri ikkinchisini taqozo qiluvchi konseptosfera uzvlari ekanligi, bunda muloqot atamasi jarayonning umumiy tizimini, kommunikatsiya esa shu tizimni shakllantirish vositalarini anglatishi dalillangan;
internet muloqot attraktor hodisot ekanligi, uning ta’siridagi fluktuatsiyalar natijasida so‘zlashuv nutqi bifurkatsiya nuqtasini bosib o‘tgani va pirovardida fonetik, morfologik va sintaktik birliklarda adabiy til me’yorlaridan chekinish, qisqartmalar, noadabiy qatlamga xos so‘z boyligi, tarmoqning maxsus grafik dizayni kabilarni aks ettirish orqali shakllangani asoslangan;
ovozli xabar, rasm, audioyozuv, vizual tasvir kabi mediamatn elementlari informativ-emotsional vosita sifatida uzatilayotgan axborot mazmunini to‘ldirishga, muloqotning ta’sir kuchini maksimal darajada oshirishga xizmat qilishi, axborotning pragmatik tusini, semantikasini o‘zgartirib yubora olishi dalillangan;
olam lisoniy tasvirining inson tomonidan anglanish jarayoni turmush tarzi, hududiy, kasbiy mansubligi kabi qator qirralarni o‘zida jamlaydigan muayyan madaniyat doirasida o‘zbek maishiy diskursiga xos gender (erkaklarga oid yetakchilik va ayollarga oid emotsionallik), ijtimoiy (tabaqalovchi va baholovchi) streotiplar aniqlangan;
zamonaviy dunyoda muloqot tarkibining integratsiya, madaniy almashinuvlar tufayli yuzaga kelgan cheksizligini ma’lum bir tizimda ko‘rishda sinergetika qonuniyatlarining tashkillashtiruvchi o‘rni ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muloqotning intralingvistik va ekstralingvistik omillari xamda zamonaviy konsepsiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
globallashuv sharoitida madaniyatlararo muloqot konsepsiyasi faollashishining aniqlangan intralingvistik (ichki) va ekstralingvistik (tashqi) mexanizmlari natijalaridan “Ingliz tili leksikologiyasi (English Lexicology)” nomli darslikning “Methods and procedures of lexicological analysis”, “Various other elements in the English vocabulary” nomli uchinchi hamda o‘n ikkinchi bo‘limlarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 285-108). Natijada darslikda madaniy va ijtimoiy manzara sezilarli darajada o‘zgarib turishi jarayoni ta’sirida muloqot nazariyasi ham yangilanib, takomillashib borishi ilmiy asoslangan;
internet muloqotining aniqlangan anonimlik, me’yordan chekinish, masofaviylik kabi kognitiv va pragmasemantik xususiyatlari xususidagi ilmiy xulosalardan “Stilistika (Stylistics)” nomli darslikning “Phonetic expressive means and stylistic devices”, “Syntactical expressive means and stylistic devices” nomli uchinchi hamda oltinchi boblarni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 285-109). Natijada darslikda ommaviy muloqot tushunchasining alohida fenomen sifatida yuzaga chiqishi faktik materiallar asosida dalillangan;
muloqotning intralingvistik va ekstralingvistik talqinlarida uchraydigan intertekstual birliklarni tasnif qilishda naql-maqollarning manba sifatidagi o‘rnini aniqlash borasidagi nazariy qarashlari, amaliy tavsiyalar va ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqolpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy-ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 16 avgustdagi 17.01/179-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida turkiy, xususan, o‘zbek tilshunosligi doirasida intertekst sifatida uchrovchi maqol va naqllarni maxsus lug‘atlarda qay darajada o‘z ifodasini topgpnligi va uni tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish kabi ilmiy-nazariy yondashuvlar dalillangan.
internet muloqoti ta’sirida shakllanayotgan yoshlar slengi, ijtimoiy muhit va OAV ta’sirida shakllangan ziyolilar nutqi, kinoya va qochirimlarga boy shaxslararo so‘zlashuv nutqi, o‘ziga xos kichik ijtimoiy muhit hisoblanadigan oilaviy muloqot kabilar haqidagi amaliy tavsiyalar va ilmiy xulosalardan Andijon davlat universiteti talabalariga o‘zbek tilini ona tili sifatida o‘qitishda hamda “Ona tili” darsliklarini ishlab chiqishda nutq madaniyati, muloqot muhiti, turli nutq vaziyatlariga o‘quvchini tayyorlash bo‘yicha o‘quv materiallari tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 17 iyundagi 01/11-03/03-839-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim tizimida davlat tili, ona tili o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan hamda olingan ilmiy natijalar ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilgan;
tilning madaniy tabiati, semantik o‘ziga xosliklari va madaniyatlararo muloqotda leksemalarning milliy-madaniy xoslanganligiga oid nazariy qarashlari, amaliy tavsiyalar va ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘quv jarayonida, xususan 5221000 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Hozirgi o‘zbek tili” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 28 yanvardagi 02/1-135-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur darslikning “Leksemaning semantik ko‘lami” (16-§), “Leksik-semantik munosabatlar” (17-§) nomli bo‘limlarining takomillashtirilishiga erishilgan hamda olingan ilmiy natijalar ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilgan;
muloqot madaniyati, ommaviy muloqot savodxonligiga oid ilmiy natijalardan 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanildi va muallif bilan suhbatlar uyushtirildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 22 apreldagi O’z/0-1-113-21-son ma’lumotnomasi). Natijada diskursiv faoliyatning nutqiy voqelanishida lisoniy va pragmatik omillar hamkorligi, madaniyatlararo muloqot, internet muloqoti, mediamuloqot borasidagi ilmiy xulosalaridan foydalanish tufayli ushbu eshittirishlarning mazmuni boyitilgan.