Janabergenova Aysulio‘ Jaksilikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlashgan ta’lim muhitida talabalarning mustaqil ishini tashkil etish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped719.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ergashev Jamshid, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborotlashgan ta’lim muhitida talabalarning mustaqil ishini tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning mustaqil ishini tashkil etish metodikasi bilish jarayoni omillarining (maqsad, vosita, natija, ijtimoiylik) pedagogik-psixologik xususiyatlarini (ehtiyoj, qiziqish, ibrat olish bilan bog‘liq ma’naviy-estetik tarbiyaga yo‘naltirilganlik) elektron axborot tashuvchilar, virtual kutubxonalar, taqsimlangan ma’lumotlar bazalari, o‘quv-metodik majmualarini kompyuter telekommunikatsiya texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish bosqichlari tashkiliy-metodik ta’minotdan foydalanish integratsiyasiga (ketma-ketlik, bog‘liqlik, to‘ldirish) amal qilish hamda virtual ta’lim muhitini yaratish, o‘quv jarayonini individuallashtirish, ta’lim texnologiyalarining didaktik imkoniyatlarini hisobga olish asosida takomilashtirilgan;
talabalarning mutaqil ishlash natijadorligi darajasini oshirish yondashuvlari shaxs va ijodkorlik faoliyatini o‘rganish tarkibi (portfolio, assisment, kakografiya, ijodiy topshiriqlar) hamda matn tahlili elementlarini (empatiya, ilmiy faraz, ramziy ko‘rish, o‘ylab topish, agglyutinatsiya) kiritish asosida takomillashtirilgan;
axborot talimini riojlantirish sharoitida talabalarda mustaqil fikrlash shaxsiy mulohozalarni bayon qilish, qaror qabul qila olish, shaxsiy-kasbiy kompitentlikni rivojlantirishning integrallashgan o‘quv-metodik ta’minoti (adaptiv, kognitiv, integrativ-faoliyatli) bosqichlari mazmuni didaktik, mantiqiylik, pedagogik kompetentlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborotlashgan ta’lim muhitida talabalarning mustaqil ishini tashkil etish metodikasini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
talabalarning mustaqil ishini tashkil etish metodikasi bilish jarayoni omillarining (maqsad, vosita, natija, ijtimoiylik) pedagogik-psixologik xususiyatlarini (ehtiyoj, qiziqish, ibrat olish bilan bog‘liq ma’naviy-estetik tarbiyaga yo‘naltirilganlik) elektron axborot tashuvchilar, virtual kutubxonalar, taqsimlangan ma’lumotlar bazalari, o‘quv-metodik majmualarini mujassamlashtiruvchi kom`pyuter telekommunikatsiya texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar asosida “Matematika fanidan amaliy va mustaqil ishlar” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676–son buyrug‘i, 676-078-son guvohnoma). Natijada, an’anaviy va elektron axborot tashuvchilar, virtual kutubxonalar, taqsimlangan ma’lumot bazalarida mustaqil ishlarni tashkil etishdagi imkoniyatlar kengaytirilgan;
talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish bosqichlari tashkiliy-metodik ta’minotdan foydalanish integratsiyasiga (ketma-ketlik, bog‘liqlik, to‘ldirish) amal qilish hamda virtual ta’lim muhitini yaratish, o‘quv jarayonini individuallashtirish, ta’lim texnologiyalarining didaktik imkoniyatlarini hisobga olish asosida takomilashtirishga oid takliflar 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-123 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematikadan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 fevraldagi 89-03-845-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning bilim salohiyatini mustaxkamlashga, kreativ fikrlay oladigan shaxsni tayyorlash imkoniyati oshirilgan;
talabalarning mutaqil ishlash natijadorligi darajasini oshirish yondashuvlari shaxs va ijodkorlik faoliyatini o‘rganish tarkibi (portfolio, assisment, kakografiya, ijodiy topshiriqlar) hamda matn tahlili elementlarini (empatiya, ilmiy faraz, ramziy ko‘rish, o‘ylab topish, agglyutinatsiya) kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar yuzasidan “Matematika fanidan amaliy va mustaqil ishlar” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i, 676-078-son guvohnoma). Natijada, o‘quv-biluv jarayonini ta’minlovchi axborot-texnik, o‘quv-metodik ta’minot, mul`timediali elektron ta’lim recurclarini yaratish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
axborot talimini riojlantirish sharoitida talabalarda mustaqil fikrlash shaxsiy mulohozalarni bayon qilish, qaror qabul qila olish, shaxsiy-kasbiy kompitentlikni rivojlantirishning integrallashgan o‘quv-metodik ta’minoti (adaptiv, kognitiv, integrativ-faoliyatli) bosqichlari mazmuni didaktik, mantiqiylik, pedagogik kompetentlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar yuzasidan “Matematika fanidan amaliy va mustaqil ishlar” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i, 676-078-son guvohnoma). Natijada, talabalarning axborotlashgan ta’lim muhitida mustaqil ishini takomillashtirishda ta’lim sifati va samaradorligini aniqlash imkoniyati oshirilgan.