Raximov Mirzoxidning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi bug‘doyni o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga fosforli o‘g‘itlarning qo‘llash usul va me’yorlarini ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx206.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Ravshan Inomjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy - tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Jonibek Bozarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sanaqulov Akmal Lapasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genitik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda, fosforli o‘g‘itlarni qo‘llashning maqbul usul va me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida fosforli o‘g‘itlardan ammofos, PS-agro o‘g‘itlarini kuzgi bug‘doyga qo‘llanilganda shudgor ostiga ammofos 90, kaliy 60 kg/ga me’yorlarda qo‘llanilganida tuproqning hajm og‘irligi 0,04-0,02 g/sm3 ga kamayib, g‘ovakligi 1,36-0,86% ga, ortganligi, urug‘lar ekilganidan so‘ng egat yuzasiga PS-agro 90, kaliy 60 kg/ga me’yorlarda qo‘llanilganida esa tuproqning hajm og‘irligi 0,03-0,02 g/sm3 ga kamayib, g‘ovakligi 1,11-0,86% ga, ortib, agrofizikaviy xossalari yaxshilanganligi aniqlangan;
ko‘zgi bug‘doy urug‘larini ekish oldidan shudgor ostiga ammofos 90, kaliy 60 kg/ga me’yorlarda qo‘llash mahsuldor poyalar sonini 118,8 dona/m2 ga, urug‘lar ekilganidan so‘ng egat yuzasiga PS-agro 90, kaliy 60 kg/ga me’yorlarda qo‘llash mahsuldor poyalar sonini 99,7 dona/m2 ga yuqori bo‘lishini ta’minlashi aniqlangan;
shudgor ostiga ammofos 90, kaliy 60 kg/ga, vegetatsiya davri davomida azotli o‘g‘it 200 kg/ga me’yorlarda qo‘llash don hosildorligi 26,1 s/ga, somon hosildorligi 29,5 s/ga yuqori bo‘lishini ta’minlab, rentabellik darajasi 37,9% ni tashkil etganligi aniqlangan;
urug‘lar ekilganidan so‘ng egat yuzasida PS-agro 90, kaliy 60 kg/ga, vegetatsiya davri davomida azotli o‘g‘it 200 kg/ga me’yorlarda qo‘llash don hosildorligi 23,4 s/ga, somon hosildorligi 25,2 s/ga yuqori bo‘lishini ta’minlab, rentabellik darajasi 33,8% ni tashkil etganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuzgi bug‘doy etishtirishda fosforli o‘g‘itlarni qo‘llash agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Kuzgi bug‘doyni etishtirishda fosforli o‘g‘itlarni qo‘llash usullari» nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 02/021–3689–son ma’lumotnomasi). Natijada g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
fosforli o‘g‘itlarni qo‘llash texnologiyasi Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani fermer xo‘jaliklarida ammofos o‘g‘itini shudgor ostiga 60–90 kg/ga me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi 183 gektar maydonga, PS–agro fosforli o‘g‘itini egat yuzasiga 60–90 kg/ga me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi 120 gektar maydonga, Mirishkor tumani fermer xo‘jaliklarida ammofos o‘g‘itini shudgor ostiga 60–90 kg/ga me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi 72 gektar maydonga, PS–agro fosforli o‘g‘itini egat yuzasiga 60–90 kg/ga me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi 60 gektar maydonga, viloyat bo‘yicha jami 434 (shudgor ostiga 254 ga, egat yuzasiga 180 ga) gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 02/021–3689–son ma’lumotnomasi). Buning natijasida an’anaviy usulda etishtirilgan kuzgi bug‘doy maydonlariga nisbatan gektaridan 6,1–12,6 sentner qo‘shimcha don hosili olingan;
och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida fosforli o‘g‘itlarni samarali qo‘llash agrotexnologiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda fosforli o‘g‘itlarni shudgor ostiga ammofos o‘g‘itini 90 kg/ga miqdorida, shudgor ostiga qo‘llanilmagan maydonlarda urug‘ ekilganidan so‘ng egat yuzasiga PS–agro fosforli o‘g‘itini egat yuzasiga qo‘llash yuqori samara berishi aniqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 02/021–3689–son ma’lumotnomasi). Ushbu texnologiyani qo‘llash natijasida g‘alla etishtirishda rentabellik darajasi 5,5–2,5 foizga ortganligi qayd etilgan.