Omonova Nargiza Maxmudjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pomidor o‘simligining zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx719.
Ilmiy rahbar: Boyjigitov Fozil Muxammadievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Xolmurodov Erkin Avazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Raxmatov Asror Ahrorovich, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyati sharoitida pomidor o‘simligida kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning tur tarkibi, rivojlanishi va bioekologik xususiyatlarini o‘rganish asosida ularga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor pomidorda uchraydigan kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi Phytophthora infestans, Fusarium oxysporum f.sp. lycopersici va Alternaria solani turlari laboratoriya sharoitida toza muhitga ajratib olinib, ularning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari va rivojlanishi aniqlangan;
kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi P. infestans (15-25°S), F. oxysporum f.sp. lycopersici va A. solani (20-25°S) zamburug‘lari sporalarining o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay haroratlar aniqlangan;
kasallangan o‘simlik a’zolari 20 sm tuproq ostida 100 kun muddatgacha saqlanganda ham P. infestans va F. oxysporum f.sp. lycopersici zamburug‘larning rivojlanishi (yashovchanligini saqlashi) isbotlangan;
laboratoriya sharoitida fitoftoroz, fuzarioz va al`ternarioz kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larga qarshi fungisidlar orasida mankotseb+metalaksil (0,4 foizli eritma), simoksanil+mis xloroksidi (0,3 foizli), benomil (0,3 foizli) va azoksistrobin (0,1 foizli) eng yuqori samara ko‘rsatgan va P. infestans, F. oxysporum f.sp. lycopersici va A. solani turlari o‘sishini to‘la to‘xtatishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon viloyati sharoitida pomidorning nav va duragaylarida zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklarning tarqalishi, rivojlanishi va zarari hamda qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari asosida:
pomidor o‘simligida kasallik qo‘zg‘atuvchi Phytophthora infestans, Fusarium oxysporum f.sp. lycopersici va Alternaria solani turlari sof kul`turaga ajratilgan hamda ularning shtammlari Jahon mikroorganizmlar ma’lumotlar markazining Patogen Mikroorganizmlar Milliy kolleksiyasi ma’lumotlar bazasiga №1228-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2020 yil 9 iyuldagi 4/1255-1427-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlardan dunyoning turli mintaqalarida tarqalgan pomidorda fitoftoroz kasalligini qo‘zg‘atuvchi Phytophthora infestans, fuzarioz kasalligini qo‘zg‘atuvchi Fusarium oxysporum f.sp. lycopersici va al`ternarioz kasalligini qo‘zg‘atuvchi Alternaria solani zamburug‘ turlarini tadqiq qilishda global doirada foydalanilmoqda;
pomidorning zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan fitoftoroz va al`ternarioz kasalliklariga qarshi Previkur SL (1,5 l/ga), Gurzat n.kuk. (3 kg/ga), Fungotseb Plyus 68% s.d.g. (2,5 kg/ga), Shavit F 72% s.e.g. (2,5 kg/ga), Bravo 50% sus.k. (3,0 l/ga) va Kvadris em.k. (0,6 l/ga) fungisidlarini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan reglament Andijon viloyati Asaka va Baliqchi tumanlari ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida jami 108,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 19 maydagi 02/025-1435-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali ushbu fungisidlarni qo‘llash hisobiga nazorat variantga nisbatan kimyoviy ishlov o‘tkazilgan variantlarda bir gektar pomidor ekilgan maydonda 154-239 sentnergacha hosil kasalliklardan saqlab qolingan va fungisidlarning biologik samaradorligi 85,0-92,6% ni tashkil etgan;
zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan pomidorning fuzarioz kasalligiga qarshi Ridomil Gold MS 68% s.d.g. (2,5 kg/ga) va Fundazol 50% n.kuk. (2,0-3,0 kg/ga) fungisidlarini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan reglament Andijon viloyati Andijon tumanida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida jami 16,2 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 19 maydagi 02/025-1435-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bir gektar maydondan 199-250 sentnergaach hosil saqlab qolingan, iqtisodiy samaradorlik 37,4-50,0 mln. so‘mni tashkil etgan va sarflangan 1 so‘m mablag‘ 4,5 martagacha qaytarilgan.