Mirzaev Shoxrux Fayzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi bug‘doyda o‘g‘itlar me’yorlari va kompost qo‘llashning tuproq unumdorligi hamda ekinlar hosildorligiga ta’siri”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx554.
Ilmiy rahbar: Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Tungushova Dilbar Abdukayumovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Atajanov Murodjon Maxamadjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida qisqa navbatli almashlab ekishning 1:1, kuzgi bug‘doy+takroriy ekin - mosh: g‘o‘za tizimida tuproqning unumdorligi va ekinlar hosildorligiga kuzgi bug‘doyda kompost hamda o‘g‘itlar qo‘llashning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida qisqa navbatli almashlab ekishning 1:1, kuzgi bug‘doy+takroriy ekin-mosh:g‘o‘za tizimida kuzgi bug‘doyni ekish oldidan shudgor ostiga 10, 20 t/ga go‘ng yoki kompost (sholi va yog‘och qipig‘i-25 foiz, go‘ng-25 foiz, tovuq go‘ngi-35 foiz, fosfogips-15 foiz nisbatda aralashtirib tayyorlangan) qo‘llashning tuproq unumdorligi hamda g‘o‘za majmuidagi ekinlar hosildorligini oshirishdagi samaradorligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyda mineral o‘g‘itlarning N200 R140 K100 kg/ga me’yori + 10, 20 t/ga yarim chirigan qora mol go‘ngi yoki kompost qo‘llanilib, takroriy ekin sifatida mosh etishtirilishi tuproqning agrofizikaviy va agrokimyoviy xususiyatlarini yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida uning hajm massasini 0,005-0,015 g/sm3 ga engillashishi, suv o‘tkazuvchanligi 10-40 m3/ga, gumus miqdori 0,007-0,013 foizga, umumiy azot miqdori 0,005-0,009 foizga, umumiy fosfor miqdori 0,008-0,011 foizga ortishi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyda mineral o‘g‘itlarning N200 R140 K100 kg/ga me’yori + 20 t/ga yarim chirigan qora mol go‘ngi yoki kompost qo‘llanilishi kuzgi bug‘doy va takroriy ekin moshning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida don hosili nazorat variantiga nisbatan kuzgi bug‘doyda 9,8-11,5 s/ga, takroriy ekin moshda 2,8-3,4 s/ga ortishi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyda kompost qo‘llash va takroriy ekin sifatida mosh etishtirish orqali g‘o‘za hosildorligini oshirish hamda paxta tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida yarim chirigan qora mol go‘ngi, kompost va mineral o‘g‘itlar qo‘llashning samaradorligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari uchun “Qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida kuzgi bug‘doyda turli xil o‘g‘itlar va kompost qo‘llash orqali g‘o‘za majmuidagi ekinlar hosildorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 fevraldagi 02/025-818-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda paxtachilik fermer xo‘jaliklarida tuproq unumdorligini saqlash, oshirish hamda ekinlardan yuqori hosil olishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
qisqa navbatli almashlab ekishning 1:1, kuzgi bug‘doy+takroriy ekin-mosh:g‘o‘za tizimida yarim chirigan qora mol go‘ngi, kompost va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyati Chinoz va Bo‘ka tumanlarining fermer xo‘jaliklarida jami 263,0 gektar maydonlarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 fevraldagi 02/025-818-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doyda mineral o‘g‘itlarning N200 R140 K100 kg/ga me’yoriga qo‘shimcha ravishda 20 t/ga yarim chirigan qora mol go‘ngi va kompostni qo‘llanilishi mineral o‘g‘itlarning N200 R140 K100 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonga nisbatan 7,9-9,8 s/ga qo‘shimcha don hosili olishni ta’minlagan bo‘lsa, takroriy ekin sifatida etishtirilgan moshdan 16,9-18,1 s/ga miqdorida don hosili olishga erishilgan;
kuzgi bug‘doyda mineral o‘g‘itlarning tavsiya etilgan N200 R140 K100 kg/ga me’yoriga qo‘shimcha ravishda yarim chirigan qora mol go‘ngi va kompost qo‘llanilgan fonlarda g‘o‘za etishtirish texnologiyasi Toshkent viloyati Chinoz va Bo‘ka tumanlarining fermer xo‘jaliklarida jami 263,0 gektar maydonlarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 fevraldagi 02/025-818-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doyda mineral o‘g‘itlarning N200 R140 K100 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda takroriy ekin ekilmasdan kelgusi yili g‘o‘za parvarishlangan nazorat variantiga nisbatan 6,0-6,9 s/ga miqdorida qo‘shimcha paxta hosili olishni ta’minlagan va rentabellik darajasi 14,1-16,2 % ga yuqori bo‘lgan.