Latipov Marat Xudoyorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za navlarining hosildorligi va chigit sifatiga poliDEF defoliantining ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx575.
Ilmiy rahbar: Teshaev Fatullo Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Jumuboev Zuxriddin Mo‘minovich. qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Umarova Zulayxo -qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar sharoitida, ingichka tolali g‘o‘za dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi kurashda pushtaga ekish  va ta’sir mexanizmi turlicha bo‘lgan gerbisidlarni oldinma-keyin qo‘llash hisobiga g‘o‘zadan yuqori hamda sifatli hosil etishtirish agrotexnologiyasi elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor PoliDEF defoliantining turli me’yorlarini Namangan-77 va Andijon-35 g‘o‘za navlarining ko‘saklari 45-50% va 55-60% ochilganda qo‘llanilganda barglarining to‘kilishi hamda ko‘saklar ochilishiga ta’siri va ular orasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
PoliDEF defoliantining turli me’yorlarini o‘rta tolali g‘o‘za navlarida qo‘llashning bir dona ko‘sak paxtasi massasiga, 1-terim salmog‘iga, umumiy hosildorlikka hamda tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlariga (tola chiqimi, nisbiy uzilish kuchi, chiziqli zichligi, pishiqlik koeffisienti, tolaning sanoat navi) ta’siri va ular orasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
chigitni urug‘lik sifatiga PoliDEF defoliantini qo‘llashning me’yor va muddatlarining 1000 dona chigit vazni, unuvchanligi, unib chiqish quvvati, pishganlik darajasiga va kimyoviy tarkibiga (umumiy azot, oqsilsiz azot, oqsilli azot shakllari va miqdorlari) ta’siri aniqlangan;
PoliDEF defoliantining qo‘llashning me’yor va muddatlariga bog‘liq holda chigit tarkibidagi qoldiqlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘za barglarini su’niy to‘ktirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
paxtachilikka ixtisoslashgan klaster va fermer xo‘jaliklari uchun “PoliDEF preparati bilan g‘o‘za defoliatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 10 sentyabrdagi 02/025-2866-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklari va paxtachilik klasterlari uchun g‘o‘zani sifatli defoliatsiya qilishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda. 
PoliDEF defoliantini tabaqalashtirib qo‘llash agrotexnologiyasi Namangan va Toshkent viloyatlarida jami 803,9 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 10 sentyabrdagi 02/025-2866-son ma’lumotnomasi). Natijada Namangan va Toshkent viloyatlari sharoitida g‘o‘zaning o‘rta tolali Namangan-77 va Andijon-35 navlarida ko‘saklar  45-50 va 55-60% ochilganda PoliDEF defoliantini 6,0-7,0 l/ga me’yorlarda qo‘llanganda barglar to‘kilishi 84,5-87,2% ni, defoliatsiya samaradorligi 94,6-97,8% ni tashkil etib, birinchi terim salmog‘i 19-22% ga ortib, 1,9-2,8 s/ga qo‘shimcha hosil olinib, rentabellik darajasi 31,3-32,6% ni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish