Dusbaev Iso Ramazanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingichka tolali g‘o‘za dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqish”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx552.
Ilmiy rahbar: Nasirov Baxtiyor Saloxiddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Rizaev Shuxrat Xudoyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi urug‘chiligi, etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar sharoitida, ingichka tolali g‘o‘za dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi kurashda pushtaga ekish va ta’sir mexanizmi turlicha bo‘lgan gerbisidlarni oldinma-keyin qo‘llash hisobiga g‘o‘zadan yuqori hamda sifatli hosil etishtirish agrotexnologiyasi elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Surxondaryo viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar sharoitida ingichka tolali g‘o‘zani pushtaga ekish tuproqning hajm massasi 0,01-0,02 g/sm3 kamayib, g‘ovakligi 0,3-0,6 % ga, tuproqning suv o‘tkazuvchanligi 39 m3/ga ortib, agrofizikaviy xossalari yaxshilanganligi aniqlangan;
ingichka tolali g‘o‘za dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi kuzda shudgorlab bahorda ekishga tayyorlangan hamda kuzda shudgorlab pushta olingan erlarda Ankosar 720 g/l (72 %) s.e. gerbisidini qo‘llashning 4 l/ga maqbul me’yori aniqlangan;
Step 500, 50% s.e. 4 l/ga va Ankosar 720 g/l s.e. 4 l/ga gerbisidlarini begona o‘tlarga qarshi oldinma-keyin qo‘llash hisobiga bir yillik begona o‘tlar 95,8 % gacha, ko‘p yillik begona o‘tlar 94,3 % gacha kamayishi aniqlangan;
kuzda shudgorlab bahorda ekishga tayyorlangan hamda kuzda shudgorlab pushta olingan erlarda ingichka tolali g‘o‘za dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi qo‘llanilgan gerbisidlar g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’siri hamda 4,7-5,6 s/ga qo‘shimcha hosil olinishi aniqlangan; 
ingichka tolali g‘o‘zani erni kuzda shudgorlab pushta olib ekish va gerbisidlarni qo‘llashning paxta xom-ashyosining texnologik xossalariga ijobiy ta’siri baholangan;
ingichka tolali g‘o‘za dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi kuzda shudgorlab bahorda ekishga tayyorlangan hamda kuzda shudgorlab pushta olingan erlarda begona o‘tlarga qarshi gerbisidlarni oldinma-keyin qo‘llashning g‘o‘za etishtirishda iqtisodiy samaradorligi 77,1-78,9 % rentabellikni tashkil qilib qo‘shimcha 30,1-31,0 % rentabellik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingichka tolali g‘o‘za dalalaridagi bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi erni kuzda shudgorlab pushta olingan va erni kuzda shudgorlab bahorda ekishga tayyorlangan sharoitlarda gerbisidlarni qo‘llash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ingichka tolali paxta etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Pushtaga va tekis erga ekilgan ingichka tolali g‘o‘za dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi gerbisidlarni oldinma keyin qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 07 maydagi 02/025-2013-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma ingichka tolali paxta etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida begona o‘tlarga qarshi kurashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
erni kuzda shudgorlab pushta olingan sharoitda Step 500, 50 % s.e. gerbisidni 4,0 l/ga me’yorda chigit ekish bilan birga sepish hamda Ankosar 720 g/l s.e. gerbisidini 4,0 l/ga me’yorda g‘o‘zaning shonalash davrida oldinma-keyin qo‘llash agrotexnologiyalari elementlarini Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani fermer xo‘jaliklarida 162 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 07 maydagi 02/025-2013-son ma’lumotnomasi). Natijada erni kuzda shudgorlab pushta olingan sharoitda Ankosar 720 g/l s.e. gerbisidini 4,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda bir yillik begona o‘tlar 82,1-86,3 foizga, ko‘p yillik begona o‘tlar 89,5-91,8 foiz kamaygan. Begona o‘tlarga qarshi Step 500, 50% s.e. gerbisidini 4,0 l/ga me’yorda ekish bilan birga qo‘llash va Ankosar 720 g/l s.e. gerbisidini 4,0 l/ga me’yorda ingichka tolali g‘o‘zaning shonalash davrigacha oldinma-keyin qo‘llanilganda bir yillik begona o‘tlar 89,7-95,5 foiz, ko‘p yillik begona o‘tlar 89,5-91,8 foizga kamaygan, gektaridan 5,0 s/ga ko‘p paxta hosili olishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish