Raimova Sayyora Zaitovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida diniy-ma’rifiy mavzuning badiiy talqini ”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1108.
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Davlatova Adiba Rahmatovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi diniy-ma’rifiy mavzudagi she’rlarning tahlili orqali mustaqillik davri o‘zbek adabiyotiga xos xususiyatlarni ochib berish hamda davr ijodkorlari dunyoqarashidagi ijtimoiy-falsafiy fikr oqimini adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan ilmiy-nazariy asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida diniy-ma’rifiy mavzuning badiiy talqini mavjud mezonlar o‘lchovida asoslanib, diniy-ma’rifiy mavzu takomilida Qur’on va hadis ta’sirida yaratilgan she’rlardagi  islomiy g‘oyalarning o‘rni, xususan, arba’in an’anasi rivoji davr shoirlari ijodi misolida dalillangan; 
istiqlol davri o‘zbek she’riyatidagi diniy-ma’rifiy yo‘nalishning vujudga kelishida muhim o‘rin tutgan ijodkorlar poetik olami kashf etilib, shu davr she’riyatining asosiy tamoyil va xususiyatlari davr shoirlari ijodi misolida aniqlanib,  ular ijodining XX asr oxiri – XXI asr boshi o‘zbek adabiyotiga, xususan, she’riyatiga ko‘rsatgan adabiy ta’siri masalasi asoslangan; 
bu davr ijodkorlari asarlarining kitobxon, qolaversa, millat ma’naviyatiga ta’siri funksional jihatdan ma’naviy vosita ekanligi asoslab berilgan va bu shoirlar ijodi adabiyotning ajralmas uzviy qismi ekanligi isbotlangan;
diniy-ma’rifiy yo‘nalishda ijod qilgan shoirlarning badiiy san’atlarni qo‘llashdagi so‘z san’atiga nisbatan mohirligi va san’atkorligi singari uslubiy o‘ziga xosliklari ochib berilgan va so‘z qo‘llash mahoratidagi nozik qirralariga urg‘u berilib, matn sathidagi badiiylik mezonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arba’inchilik an’analarining zamonaviy adabiyotdagi diniy-ma’rifiy she’riyatga ko‘rsatgan ta’siri masalalari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
istiqlol davri she’riyatidagi diniy-ma’rifiy yo‘nalish, xususan, arba’inchilik an’anasini yoritishda, davr adabiyoti va adabiyotshunosligining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash hamda adabiy muhitga baho berish, arba’inchilik an’analarining zamonaviy adabiyotdagi diniy-ma’rifiy she’riyatga ko‘rsatgan ta’siri masalalariga doir ilmiy-nazariy xulosalardan FA-F1-G002 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 9 avgustdagi 17.01/175-son ma’lumotnomasi). Natijada, istiqlol davri adabiyotida milliy o‘zlikka qaytish ta’sirida diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi she’riyatning vujudga kelganligini dalillashga zamin bo‘lib xizmat qilgan;
islom dini va uning badiiy adabiyotga ta’siri, Sharq adabiyotidagi salaflar adabiy an’analarining zamonaviy adabiyotda davom etganligi hamda o‘zbek va qoraqalpoq adabiyotiga ko‘rsatgan ta’siri borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 9 avgustdagi 17.01/175-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari adabiyotining milliy o‘zanlariga qaytib, islomiy adabiyotdan oziq olgan yangi mustaqillik davri adabiyoti va she’riyati vujudga kelgani haqidagi yangi xulosalarga kelishga xizmat qilgan; 
istiqlol davri she’riyati masalalari, aynan irfoniy ruhdagi she’rlar tahlili va talqini borasidagi muammolar, bugungi adabiyotshunoslikdagi diniy-ma’rifiy she’rlarning tahliliga oid ilmiy ma’lumotlardan Surxondaryo teleradiokompaniyasining “Bir asar sharhi”, “Unutilmas siymolar” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Surxondaryo teleradiokompaniyasining 2021 yil 26 iyuldagi 01-01/79-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlarning qiziqarli va jonli bo‘lishi, zamonaviy o‘zbek adabiyoti, xususan, she’riyatida diniy-ma’rifiy mavzuning keng yoritilishiga asos bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish