Amirkulova Zebuniso Mustafakulovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik davri o‘zbek hikoyalarida tarixiy shaxslar obrazining badiiy talqini” , 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1099.
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Meliev Suvonqul, filologiya fanlari doktori; Ko‘baev, Qobil Umarovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik davri o‘zbek hikoyalarida tarixiy shaxslar obrazining badiiy talqini darajasini, hikoyada tarixiy mavzuning shakllanish jarayonidagi poetik yangilik va asosiy tamoyillarini ochib berish, tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima, tarixiy shaxs va prototip kabi adabiy hodisalarni ilmiy-nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiyotida mustaqillik davri tarixiy hikoyalari o‘ta yangi tipdagi obrazlar sistemasi, yangicha tasvir va bayon uslubi, tarixiy voqelik va badiiy talqin  nuqtai nazaridan tahlil etilib, ularning o‘ziga xos xususiyatlari  aniqlangan;
tarixdagi muhim ma’naviy, axloqiy muammoni yoritish, fojeiylik omilini inson qismatidagi ojizlik holatiga monand teran anglatish, moziydagi tub burilish onlarini xronotop sathiga uyg‘unlashtirish hamda  tarixiy hikoyalardagi obrazlarning tabiati, ularning prototipi masalasi, adibning portret yaratish mahorati, nutqning individualligi ilmiy dalillangan;
o‘tmishdagi turmushni badiiy qaytadan suratlantirishda aniq ob’ektiv mazmunni asrash, tarixiy hamda arxaik so‘zlardan o‘rinli foydalanish, madaniy an’analarning xalq, millat tafakkuriga ta’sirini ko‘rsatish hamda tarixiy hikoyalardagi zohiriy fojia va mag‘lubiyatda shaxsning ma’naviy yuksalish va g‘alabasi badiiy tajassum topganligi asoslangan;
mustaqillik davri nasrida tarixiy hikoyalarning mavzu ko‘lami, tasnifi, tarixiy shaxs obrazining badiiy talqini va obrazlar statistikasi, muhit va qahramon munosabati, poetik xususiyatlari, obrazlar tasnifi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik davri o‘zbek hikoyalarida tarixiy shaxslar obrazining badiiy talqini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
o‘zbek adabiyotida tarixiy hikoyaning o‘rganilish tarixini yangicha nuqtai nazardan ochib berish, o‘zbek adabiyotshunosligining xalqaro arenadagi o‘rni va o‘zbek milliy-madaniy merosini o‘rganish, milliy iftixor tuyg‘usini tuyish hamda qadriyatlarni anglash zaruriyati  asosida bugungi globallashuv jarayonida adabiy meros mohiyatini  chuqur o‘rganish masalalariga doir ilmiy-nazariy xulosalardan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 4 fevraldagi 89-03-649-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy hikoyalar jahon tamadduni rivojida  munosib o‘rin egallagani, mustaqillik davri adabiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazgan ijodkorlar merosi haqidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyishiga asos bo‘lgan;
O‘zbek adabiyotida mustaqillik davri tarixiy hikoyalaridagi yangi tipdagi obrazlar sistemasi,  yangicha  tasvir  va  bayon  uslubi,  tarixiy  vokelik  va  badiiy  talqiniga oid ilmiy xulasalardan PZ-20170930309 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori tilining adabiy til rivojiga ta’siri” (2018-2020)  mavzusidagi amaliy loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektorining 2021 yil 12 fevraldagi 01-22-04/40-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy hikoyalarning yangicha tasvir va bayon uslubi, tarixiy vokelik va badiiy talqini haqidagi ilmiy ma’lumotlar bilan boyishiga xizmat qilgan;
mustaqillik davri o‘zbek hikoyachiligining yorqin vakillari Pirimqul Qodirov, Xayriddin Sultonov, Urfon Otajon, Otauli, Durbek Quldosh, Shoyim Bo‘taev, Luqmon Bo‘rixon, Temur Qurbon kabi yozuvchilar ijodida  tarixiy shaxs obrazlari haqidagi ilmiy ma’lumotlardan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Tadqiqot”, “Bir asar sharhi”, “Til-millat-kuzgusi” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo teleradiokompaniyasining 2020 yil 29 oktyabrdagi 01-02/810-son  ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasi oshishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish