Dusmuratov Mansur Baysoatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’limda elektrodinamikani o‘qitishni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped57.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Nasriddinov Komiljon Raxmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Axmadjonov Dilmurod G‘ulomjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Maxmudov Yusuf G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim bakalavriat bosqichida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib Elektrodinamika bo‘limi mazmuni va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektrodinamika bo‘limida maydonlarni tavsiflovchi operatorlar (gradient (grad), divergensiya (div) va rotor (rot) )ga oid nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha predmetli-metodik tayyorgarlik darajasiga amaliy va mantiqiy mushohada elementlarini integratsiyalash (topshiriq, nazorat, tahlil) asosida takomillashtirilgan dasturiy metodik ta’minot ishlab chiqilgan;
elektrodinamikaga oid hodisa va jarayonlarni fazoviy tasvirini (dekart, sferik, qutb va silindrik) koordinatalar sistemasida hosil qilishda elektron dasturiy vositalardan Maple va Delphi dasturlarining imkoniyati va talabalarning ulardan foydalanish qulayligining mazmuni o‘zaro bog‘liqlik darajasini belgilovchi kasbiy pedagogik refleksiya ko‘rsatkichlari (motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv) hamda psixologik va motivatsion, faoliyatli yondashuv asosida takomillashtirilgan;
elektrodinamika bo‘limiga oid zaryadlar sistemasining elektr maydoni va ekvipotensial sirtlari, toklar sistemasi magnit maydoni, kondensator-lardagi zaryadlanish va razryadlanish jarayoni, induktiv g‘altakdan tok o‘tish jarayoni, tebranish konturidagi elektromagnit tebranishlar jarayoni, elektrodinamik sistema hisoblangan atomlar elektron qobiqlarining elektronlar bilan to‘lish jarayoni kabi mavzularni o‘qitish metodikasi zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda masalalarni echish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
elektrodinamika bo‘limining talabalar bilimini oshirishga qaratilgan kondensatorning zaryadlanish va razryadlanish jarayonlari, induktiv g‘altakdan tok o‘tish jarayoni, tebranish konturidagi elektromagnit kattaliklarning erkin va so‘nuvchi tebranish jarayonlari gnoseologik, metodologik va didaktik ilmiy bilish metodlaridan foydalanib fizikani o‘qitishning tarkibiy-tuzilmaviy funksional modeliga asoslangan motivatsion-maqsadli, konseptual, strukturaviy va nazariy-metodologik yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda elektrodinamikani o‘qitishni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
elektrodinamika bo‘limida maydonlarni tavsiflovchi operatorlar (gradient (grad), divergensiya (div) va rotor (rot) )ga oid nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha predmetli-metodik va kasbiy-psixologik tayyorgarlik darajasiga amaliy va mantiqiy mushohada elementlarini integratsiyalash asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturiy metodik ta’minot hamda elektrodinamikaga oid hodisa va jarayonlarni fazoviy tasvirini koordinatalar sistemasida hosil qilishda elektron dasturiy vositalardan Maple va Delphi dasturlarining imkoniyati va talabalarning ulardan foydalanish qulayligining mazmuni o‘zaro bog‘liqlik darajasini belgilovchi kasbiy pedagogik refleksiya ko‘rsatkichlari (motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv) hamda psixologik va motivatsion, faoliyatli yondashuv asosida takomillashtirishga oid taklfilar 2015-2017 yillarda bajarilgan ITD A-1-26-raqamli “Uzluksiz ta’lim tizimida fizika o‘qitishni ehtimoliy-statistik g‘oya va tushunchalarni shakllantirish asosida takomillashtirish va unga oid uslubiy qo‘llanma tayyorlash” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 iyundagi 89-03-1907-son ma’lumotnoma). Natijada atomlar elektron qobiqlari tuzilishini dastlabki (o‘rta maktab va akademik liseylar ximiya darsliklarida beriladigan) hamda oliy ta’limda o‘qitiladigan kvant sonlar tushunchalari orasida bog‘liqlik o‘rnatilishi asosida tushuntirishning metodik ta’minoti boyitilgan va talabalarning uni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
elektrodinamika bo‘limiga oid zaryadlar sistemasining elektr maydoni va ekvipotensial sirtlari, toklar sistemasi magnit maydoni, kondensator-lardagi zaryadlanish va razryadlanish jarayoni, induktiv g‘altakdan tok o‘tish jarayoni, tebranish konturidagi elektromagnit tebranishlar jarayoni, elektrodinamik sistema hisoblangan atomlar elektron qobiqlarining elektronlar bilan to‘lish jarayoni kabi mavzularni o‘qitish metodikasi zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda, masalalarni echish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillash-tirishga oid takliflar asosida “Fizika” (I-qism) darsligi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 dekabrdagi 1000-son buyrug‘i). Natijada o‘quvchilarning Elektrodinamika bo‘limini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan.
elektrodinamika bo‘limining talabalar bilimini oshirishga qaratilgan kondensatorning zaryadlanish va razryadlanish jarayonlari, induktiv g‘altakdan tok o‘tish jarayoni, tebranish konturidagi elektromagnit kattaliklarning erkin va so‘nuvchi tebranish jarayonlari gnoseologik, metodologik va didaktik ilmiy bilish metodlaridan foydalanib fizika o‘qitishning tarkibiy-tuzilmaviy funksional modeliga asoslangan motivatsion-maqsadli, konseptual, strukturaviy va nazariy-metodologik yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan taklfilar asosida “Fizika” (II-qism) darsligi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 dekabrdagi 1000-son buyrug‘i). Natijada, fizika fanini o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.