Abdusamatova Nargiza Jamolidinovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini rivojlantirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.PhD/Ped397.
Ilmiy rahbar: Akramov Abdumalik Abdumutalovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayonlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida integratsiyalashning pedagogik-psixologik xususiyatlari rivojlanish sohalari markazlarida tarbiyalanuvchilarning faoliyatini individuallashtirish, sub’ektivlik darajasiga ustuvorlik berish orqali bolalarni xulq-atvorga odatlantirib borish jarayonida yosh davriga mos fazilatlar majmuini pedagogik strukturalash asosida aniqlashtirilgan;
hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayoni o‘zini-o‘zi tartiblash, tengdoshlari va kattalarga xushmuomala bo‘lish, o‘z-o‘ziga baho berish, kirishimlilik, bag‘rikenglik, o‘z xulq-atvorini tuzatish kabi sifatlarni yaxlit ta’lim-tarbiya uyg‘unligida bosqichma-bosqich tarkib toptirishga doir pedagogik algoritmni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning integrativ modelining amaliy komponenti refleksiv mashqlar, rolli o‘yinlar, interfaol mashg‘ulotlarni ertakterapiya bilan integratsiyalash va qayta aloqaga kirishuv darajasining intro va ekstro barqarorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari artterapiyaga asoslangan ertak tomoshalarni milliy musiqa asosida improvizatsiyalash, bolalarning xolistik rivojlanishini ta’minlaydigan rivojlantiruvchi ta’lim muhitining ta’sir darajasini maqbullashtirish, ichki integratsiyalashuv xususiyatiga ustuvorlik berish orqali bolalarning yoshiga mos interaktiv dasturiy vositalarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayonlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida integratsiyalashning pedagogik-psixologik xususiyatlari rivojlanish sohalari markazlarida tarbiyalanuvchilarning faoliyatini individuallashtirish, yosh davriga mos fazilatlar majmuini pedagogik strukturalash va maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayonida ijtimoiy kompetensiyalarni yaxlit ta’lim-tarbiya uyg‘unligida bosqichma-bosqich tarkib toptirishga doir pedagogik algoritmni ishlab chiqishga oid takliflardan 5111800–Maktabgacha ta’lim bakalavriat yo‘nalishi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi 89-03-5199-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayoniga integrativ yondashishning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning integrativ modelining amaliy komponenti refleksiv mashqlar, rolli o‘yinlar, interfaol mashg‘ulotlarni ertakterapiya bilan integratsiyalash va qayta aloqaga kirishuv darajasining intro va ekstro barqarorligini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 03-02/2-3030-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari artterapiyaga asoslangan ertak tomoshalarni milliy musiqa asosida improvizatsiyalash, bolalarning xolistik rivojlanishini ta’minlaydigan rivojlantiruvchi ta’lim muhitining ta’sir darajasini maqbullashtirish, ichki integratsiyalashuv xususiyatiga ustuvorlik berish orqali bolalarning yoshiga mos interaktiv dasturiy vositalarni ishlab chiqishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A-5-37 raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” (2015-2017 yy.) nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 03-02/2-3030-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda media tadbirlardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.