Davronov Atobek Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot texnologiyalari soxasidagi jinoyatlarni tergov qilish ustidan prokuror nazorati”, 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu251.
Ilmiy rahbar: Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bosh prokuratura Akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Malikova Gulchexra Rixsixo‘jaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Abduraxmonxujaev Jamoliddin Xusanxon o‘g‘li, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish ustidan prokuror nazoratiga oid mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash orqali milliy qonunchilik va amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prokuror tergov faoliyati ustidan nazorat qilish vakolatiga tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar faoliyatini ham nazorat qilish, ayblov dalolatnomasini tasdiqlab ishni sudga yuborishi, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida, murdani eksgumatsiya qilish haqida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritishi yoki iltimosnomaga rozilik berishi, jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga o‘tkazish kirishi lozimligi asoslab berilgan;
prokurorning axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish ustidan prokuror nazoratini amalga oshirish jarayonida tekshirish tartibi, taktikasi, e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi aks etgan faoliyat algaritmi ishlab chiqilgan;
hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, tintuv, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti tarzidagi protsessual harakatlar videoyozuv vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilishi dalilni mustahkamlash jarayonini samaradorligini oshirishga xizmat qilishi asoslangan;
guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi tergov harakatlari videokonferensaloqa rejimida texnik vositalardan foydalangan holda o‘tkazilishi ishning samaradorligini, tezkorligini ta’minlashga xizmat qilishi isbotlab berilgan;
elektron manbalar va elektron (raqamli) dalil tushunchisini qonunchilikka kiritish lozimligi va dalillarni baholashda va harakatlarni rasmiylashtirishda ushbu tushunchalardan ham foydalanish lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish ustidan prokuror nazoratini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
qonunlarning jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat qilish jarayonida prokuror o‘z vakolatlari doirasida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar faoliyatini ham nazorat qilishi lozimligiga doir takliflardan  “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 10 maydagi 06/1-05/2376-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi qonunlarning jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat qilish jarayonida prokurorning vakolatlarini kengaytirishga hamda tartibga solishga hissa qo‘shgan;
axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish ustidan prokuror nazoratini ta’minlash algaritmi aks etgan uslubiyotdan prokuratura tizimi xodimlari faoliyatini tizimlashtirish va harakatlar ketma-ketligi bo‘yicha tavsiyalar aks etgan o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining 2021 yil 1 iyundagi 30/8-21-1079-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiyotning joriy etilishi prokuratura organlarning axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish ustidan prokuror nazoratini tashkil qilish, amalga oshirishi lozim bo‘lgan harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri shakllantirish jarayonini tizimlashtirishga hissa qo‘shgan; 
o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tarzidagi, tintuv, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti tarzidagi protsessual harakatlar videoyozuv vositalaridan foydalanib, qayd etilishi shartligiga oid taklifdan “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2018 yil 4 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2-moddasi 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qo‘mitasining 2020 yil  5 oktyabrdagi 06-13/1947-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif orqali o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha o‘tkazilidagan tergov harakatlarining qonuniyligini asoslash tizimini yanada mustahkamlash imkonini bergan;
guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi tergov harakatlari (so‘roq, shaxslarni va narsalarni tanib olish, yuzlashtirish) mazkur shaxslarni ular turgan joydagi yoki yashash joyidagi viloyatning yoki tumanning yoxud shaharning huquqni muhofaza qiluvchi organiga yoki sudiga chaqirgan, texnik vositalardan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkinligi to‘g‘risidagi takliflardan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi 9-moddasi 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 25 fevraldagi 5-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif huquqni muhofaza qilish idoralariga tergov harakatlarini tezkor, to‘siqlarsiz amalga oshirish imkoniyatini kengaytirish imkonini bergan;
dalillar va ularning turlariga elektron (raqamli) dalillarni kiritish, dalillarni to‘plash tartibiga elektron (raqamli) hujjat shaklidagi ma’lumotlarni kiritish, tekshirish ob’ektlari jumlasiga elektron ma’lumotlarni kiritishga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021 yil 14 yanvardagi 27/19-10/21-son ma’lumotnomasi) Ushbu taklif orqali prokurorning elektron dalillar bilan ishlash tizimi tartibga solinishiga hissa qo‘shgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish