Muminov Muzaffar Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishni sudga qadar yuritishda dalillarni protsessual rasmiylashtirishni takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Yu280.
Ilmiy rahbar: Kulmatov Sharof Asadovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, professor; Murodov Baxtiyorjon Bahodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishni sudga qadar yuritishda dalillarni protsessual rasmiylashtirishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, tintuv, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti, shaxsni ushlash, himoyachidan voz kechish, shuningdek shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yishni videoyozuv orqali qayd etilishi shart bo‘lgan protsessual harakatlar sifatida qonunchilikda mustahkamlash zarurati asoslantirilgan;
dalillar maqbulligini ta’minlash maqsadida shaxsni ushlab turish, shaxsiy tintuv va olib qo‘yish bayonnomalariga protsessual harakatlarning videoyozuv orqali qayd etilganligini yozib qo‘yish hamda bayonnomalarga videoyozuv materiallarini majburiy tartibda ilova qilish amaliyotini joriy etish zarurati asoslangan;
dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) deganda, isbotlashni amalga oshirayotgan yoki isbotlashda ishtirok etish uchun jalb qilinayotgan shaxslar tomonidan g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda tergovga qadar tekshiruv yoki jinoyat ishi materiallari bo‘yicha hujjatlarga yoxud ashyolarga bila turib yolg‘on ma’lumotlarni kiritishda va boshqacha tarzda buzib ko‘rsatishda namoyon bo‘lgan harakatlar tushunilishi lozimligi asoslangan;
mutaxassis ishtirokisiz olib qo‘yilgan yoki ko‘zdan kechirilgan raqamli (elektron) tashuvchi jismlardagi ma’lumotlarning nomaqbul dalillar sifatida baholanishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishni sudga qadar yuritishda dalillarni protsessual rasmiylashtirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, tintuv, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti, shaxsni ushlash, himoyachidan voz kechish, shuningdek shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yishni videoyozuv orqali qayd etilishi shart bo‘lgan protsessual harakatlar sifatida qonunchilikda mustahkamlashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 14 maydagi «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-617-son qonunining 1-moddasi 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 19 fevraldagi 06/1-05/265-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi qonun talablarining ustuvorligi ta’minlanishiga xizmat qilgan;
dalillar maqbulligini ta’minlash maqsadida shaxsni ushlab turish, shaxsiy tintuv va olib qo‘yish bayonnomalariga protsessual harakatlarning videoyozuv orqali qayd etilganligini yozib qo‘yish hamda bayonnomalarga videoyozuv materiallarini majburiy tartibda ilova qilish amaliyotini joriy etishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 14 maydagi «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-617-son qonunining 1-moddasi 4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 19 fevraldagi 06/1-05/265-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi jinoyat protsessida ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va erkinliklarini kafolatlashni yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) deganda, isbotlashni amalga oshirayotgan yoki isbotlashda ishtirok etish uchun jalb qilinayotgan shaxslar tomonidan g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda tergovga qadar tekshiruv yoki jinoyat ishi materiallari bo‘yicha hujjatlarga yoxud ashyolarga bila turib yolg‘on ma’lumotlarni kiritishda va boshqacha tarzda buzib ko‘rsatishda namoyon bo‘lgan harakatlar tushunilishi lozimligiga doir tavsiyadan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018 yil 24 avgustdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 24-son qarorining 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 6 sentyabrdagi PL-5620-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi dalillar maqbulligiga doir nazariy bilimlarni yanada boyitishga va ushbu tushunchaning huquqni qo‘llash amaliyotida bir xil talqin etilishiga xizmat qilgan;
mutaxassis ishtirokisiz olib qo‘yilgan yoki ko‘zdan kechirilgan raqamli (elektron) tashuvchi jismlardagi ma’lumotlarning nomaqbul dalillar sifatida baholanishi lozimligiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018 yil 24 avgustdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 24-son qarorining 9-bandi “k” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 6 sentyabrdagi PL-5620-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi dalillarni protsessual rasmiylashtirish amaliyotida qonun talablari buzilishini oldini olishga xizmat qilgan.