Qodirova Sevara Xayriddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Elektr ta`minoti ishchilari uchun antistatik xususiyatli maxsus kiym tayyorlash usulini ishlab chiqish», 05.06.04 - «Tikuv buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam (B2021.2.PhD/T1195):
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pulatova Saboxat Usmonovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Nigmatova Fotma Usmonovna, texnika fanlari doktori, professor; Aripjanova Dilafruz O‘ktamovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektr ta`minoti ishchilarining mehnat sharoitlarini va mamlakatimizning iqlimiy sharoitlarini e`tiborga olgan holda yuqori ergonomik, estetik, himoya hamda gigienik xususiyatlarga ega yozgi antistatik maxsus kiyimini tadqiq etish va ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ergonomik loyihalash tamoyillari asosida hududiy elektr ta’minoti ishchilari uchun maxsus kiyimning takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
elektr ta’minoti ishchilarining mavjud maxsus kiyimiga ishlab chiqarishning zararli ta’sirlar topografiyasi taxlili asosida va iste’molchilar fikrini e’tiborga olgan holda loyihalanayotgan maxsus kiyimga qo‘yiladigan talablar shakllantirilgan;
antistatik matolarning fizik-mexanik hamda gigienik xossalarini ifodalovchi bog‘lanishlar ishlab chiqilgan va elektr ta’minoti ishchilari maxsus kiyimini tayyorlash uchun eng maqbul varianti tavsiya etilgan;
«inson -kiyim-atrof-muhit» tizimi asosida issiq havo muhiti va kiyim yupqa qatlami orasidagi issiqlik almashuv jarayonlarining vaqt bo‘yicha o‘zgarish bog‘lanishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
maxsus kiyimga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining sanoat namunasiga patent olingan («Elektroenergetiklar uchun antistatik maxsus kiyim», № SAP 02096-2021 y). Natijada xududiy elektr ta`minoti ishchilari uchun yangi antistatik xususiyatli maxsus kiyimining zamonaviy modellari va ratsional konstruksiyasi ishlab uchun chiqish va u ekspluatatsiyalash paytida ishchilar harakatlari erkinligini va issiq iqlimiy sharoitda kiyim osti qatlamining komfortli mikroiqlimini ta’minlanish imkoniyati yaratilgan;
taklif etilayotgan elektr ta’minoti ishchilari uchun antistatik xususiyatli maxsus kiyimni yangi komplektlari va ularning konstruktorlik- texnik hujjatlari paketi «O‘zto‘qimachiliksanoat» Assotsiatsiyasi tasarrufidagi tikuvchilik korxonalarida, shu jumladan, «Al-Hakim Plus» MChJ, «Okean-Lyuks» MChJ (Buxoro viloyati) tikuvchilik korxonalarida joriy qilindi («O‘zto‘qimachiliksanoat» Assotsiatsiyasining 2021 yil 29 iyundagi 03/14-2002-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektr ta’minoti ishchilari uchun antistatik xususiyatli maxsus kiyimni ishlab chiqish asosida mehnat unumdorligi 17,54 % va hududiy elektr ta`minoti ishchilarini qulay, komfortli va arzon maxsus kiyim bilan ta`minlashga imkoniyat yaratilgan.