Musaev Nuriddin Muxitdinovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Paxta-ipakli trikotaj to‘qimalarining yangi assortimentini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.06.02-«To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish» (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam (B2019.2.PhD/T1175):
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mukimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Abdurashid, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: trikotaj mashinalarining texnologik imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib, paxta-ipakli naqshli trikotaj to‘qimalarining yangi assortimentlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bir ignadonli aylana trikotaj to‘quv mashinalarida halka hosil qilish tizimlarini o‘zgartirish orqali, paxta-ipakli naqshli trikotaj to‘qimalarini yangi assortimentini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
trikotajning texnologik ko‘rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlariga trikotaj tarkibidagi yigirilgan ipak ipi miqdori o‘zgarishining bog‘liqligi aniqlangan;
paxta-ipakli naqshli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarishda aralash trikotaj to‘qima turlaridan foydalanish xisobiga, xom ashyo sarfini kamaytirishning texnologik echimlari ishlab chiqilgan;
trikotaj yuzasida yigirilgan ipak ipidan foydalanib, to‘quv tizimini o‘zgartirish hisobiga, ilk bor naqsh olish usuli yaratilgan;
paxta-ipakli naqshli trikotaj to‘qimalarini olishda trikotaj mashinasini tortish mexanizmi takomillashtirilgan, rezinali vtulkaning bikrlik va dissipatsiya koeffisienti o‘zgarishiga bog‘liq holda, tebranish qamrovi bog‘lanishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
yangi tuzilishli paxta-ipakli naqshli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi «Sedat Triko Tashkent» MChJ, «Flatnit Textile» MChJ qo‘shma korxonalariga joriy etilgan («O`zto`qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 11 avgustdagi № 04/14-2372-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta-ipakli naqshli trikotaj to‘qimalarining sifat ko‘rsatkichlari yaxshilangan, xom ashyo sarfini 19% gacha kamaytirishga erishilgan;
paxta-ipakli naqshli trikotaj to‘qimalarini olishda yigirilgan ipak ipidan foydalanib, to‘qima sirtida naqsh xosil qilish texnologiyasi «Knitting Art Tex» MChJ, qo‘shma korxonasiga joriy etilgan («O`zto`qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 11 avgustdagi
№ 04/14-2372-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida yangi tuzilishli paxta-ipakli naqshli trikotaj to‘qimalari olingan, xom ashyo sarfini 19-34% gacha kamaytirishga erishilgan, mahalliy korxonalarda ichki va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.