Qodiralieva Fotimaxon Akbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Crotalaria alata va Crotalaria sp. polisaxaridlari. Galaktomannanlarning tuzilishi, xususiyatlari va ulardan amaliy foydalanish istiqbollari», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4. PhD/K261.
Ilmiy rahbar: Raxmanberdieva Rano Karimovna, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Gusakova Svetlana Dmitrievna, kimyo fanlari doktori, professor; Shomurotov Shavkat Abduganievich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Crotalaria alata va Crotalaria sp. o‘simligining turli organlaridagi uglevodlar kompleksini tadqiq qilish, galaktomannanlarning kimyoviy tuzilishi strukturaviy xususiyatlarini aniqlash va ularning o‘ziga xos biologik faolligini, shuningdek xalq xo‘jaligida qo‘llash yo‘llarini izlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Crotalaria alata va Crotalaria sp. o‘simligining barcha organlari (ildizlari, poyalari, barglari, gullari, urug‘lari)ning uglevodlar tarkibi aniqlangan, o‘simlik urug‘larida galaktomannanlarning maksimal darajada to‘planish davri ko‘rsatilgan. Tuproq va iqlim sharoitining polisaxaridlar tarkibiga, fizik-kimyoviy parametrlari va Gal/Man nisbatiga ta’siri ko‘rsatilgan. Galaktomannanlar Crotalaria turiga kiruvchi o‘simliklarning xemotaksonomik markerlari ekanligi va olingan ma’lumotlar Fabaceae oila vakillari xemosistematikasini to‘ldirishi ko‘rsatib berilgan;
Crotalaria alata va Crotalaria sp. galaktomannanlar makromolekulasining tuzilishi, xossalari va ustkimolekulyar tuzilishi haqida yangi ma’lumotlar olingan;
C. alata (GMS) va Crotalaria sp. (GM-SP) galaktomannanlarining tuzilishi kimyoviy va spektral usullar bilan isbotlangan;
GMS va GM-SP galaktomannanlarning asosiy zanjiri β-1,4-bog‘i bilan bog‘langan polimannanlardan iborat bo‘lib, ularda ba’zi mannopiranoza qoldiqlari yon zanjirida α-1,6 bog‘i bilan bog‘langan galaktopiranoza qoldiqlaridan tashkil topgan, ya’ni (1→6)-α-D-galaktozil-(1→4)-β-D-mannandan iborat ekanligi isbotlangan. Galaktomannanlar bir biridan molekulyar og‘irligi, tarkibidagi monosaxaridlar nisbati va yon zanjirdagi α-D-galaktoza qoldig‘ining ketma-ketligi bilan farq qilishi, galaktozaning ikkita qo‘shni mannopiranoza qoldig‘idagi ketma-ketlik ehtimoli aniqlangan; GMS makromolekulasida bitta almashigan Galp (Man-Man) va GM-SP – ikkita almashingan Galp(Manp-Manp)Galp mannobioz bloklari ustunligi ko‘rsatilgan;
C. alata galaktomannanining kimyoviy modifikatsiyasi amalga oshirilgan va sulfatlangan galaktomannan olinib, uning tuzilishi tadqiq qilingan. Elektron mikroskop ma’lumotlari C. alata galaktomannanining globulyar shaklda ekanligini ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ilmiy tadqiqotlar natijasi asosida mikrobiologik muhitni tayyorlash usuli ishlab chiqilgan "Mikroskopik zamburug‘larni etishtirish uchun zich ozuqa muhit tarkibi" (№IAP 05478, 2017 y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan. Natijada, mikrobiologik va biotexnologik amaliyotida foydalaniladigan keng assortimentdagi mikroskopik zambrug‘larni etishtirishning mikrobiologik muhitini yaratish imkoniyati paydo bo‘lgan. Bu ozuqa muhiti narxini pasaytirish va xomashyo bazasini kengaytirish imkonini bergan;
mazkur izlanishlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar yuqori impakt faktorga ega bo‘lgan yetakchi xorijiy jurnallarda (Bioactive Carbohydrates and Dietary Fibre, 5, 2015, p.10-18; Carbohydrate Polymers 175, 2017, r. 387–394; Creature Companion 2019, September: 40, 42). chet el mualliflari tomonidan galaktomannanlarning xossalarini va tuzilishini aniqlashda ishlatilgan. Natijada, dissertatsiyadagi ilmiy natijalardan foydalanish boshqa olimlarga o‘simliklardan ajratib olingan polisaxaridlarning xossalari, kimyoviy tuzilishini o‘rnatishda va biologik faolligi to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi SSV Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazning C. alata sulfatlangan galaktomannanining antikoagulyant faolligi to‘g‘risida (ro‘yxat raqami 01-4/266. 29.09.2000 y.) xulosasi olingan. Natijada, olingan ma’lumotlar o‘simlik polisaxaridlari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri antikoagulyantlik faollikka ega bo‘lgan preparatlar yaratish imkonini bergan.