Dusmatova Dilnoza Ergashboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Inula britannica, Inula grandis va Tanacetopsis karataviensis o‘simliklari terpenoidlari», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K347.
Ilmiy rahbar: Muxamatxanova Rimma Failevna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Boboev Baxrom Nurillaevich, kimyo fanlari doktori; Raxmanberdieva Rano Karimovna, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda o‘suvchi Inula britannica, Inula grandis va Tanacetopsis karataviensis o‘simliklarining terpenoidlarini tadqiq qilish, ularning kimyoviy tuzilishini va biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Inula britannica,  Inula grandis va Tanacetopsis karataviensis  o‘simlik turlaridan 12 ta seskviterpen laktonlar ajratib olingan, ulardan 8 ta lakton ushbu o‘simliklardan birinchi marta ajratib olingan, ularning 5 tasi ilgari adabiyotlarda ma’lum bo‘lmagan yangi laktonlar: inulonolid (Inula britannica), 3,4β,1,10β-diepoksi-gvay-11(13)-en-6,12-olid, karatanolid, 11,13α-digidrokaratanolid, 11,13b-digidrokaratanolid (Tanacetopsis karataviensis) bo‘lib, ularning tuzilishi spektral va rentgen tuzilish tahlili usullari bilan tasdiqlangan; 
xromatomass-spektral tahlili yordamida Inula grandisning er ustki qismining geksanli ekstrakti tarkibida 15 ta birikma, ulardan 13 tasi birinchi marta, 2 tasi monoterpenoidlarga, 11 tasi seskviterpenoidlarga, 2 tasi miqdoriy jihatdan ustunlik qiladigan ma’lum seskviterpen laktonlar igalan va alantolakton ekanligi aniqlangan;
Inula britannica L. gullaridan ajratilgan oldin adabiyotlarda ma’lum bo‘lgan seskviterpen laktonlar britanin va inuchinenolid C uchun miqdoriy aniqlash usuli taklif etilgan;
ilk bor RTT usuli yordamida igalan, inulonolid, 3,4β,1,10β-diepoksi-gvay-11(13)-en-6,12-olid, karatanolid, 11,13α-digidrokaratanolid, 11,13β-digidrokaratanolid seskviterpen laktonlarning fazoviy tuzilishi tasdiqlangan; 
birinchi marta o‘simlik ob’ektlarida gvayanolidlarning C7-C10 etti a’zoli halqa qismining konformatsiyasiga ta’sir qiluvchi karatanolid va 11,13β-digidrokaratanolid kristallarining C9 fazodagi holatida fazoviy konformerlari borligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Inula britannica, Inula grandis, Tanacetopsis karataviensis o‘simliklari terpenoidlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ajratib olingan oltita igalan, inulonolid, 3,4β,1,10β-diepoksi-gvay-11(13)-en-6,12-olid, karatanolid, 11,13α-digidrokaratanolid, 11,13β- digidrokaratanolid seskviterpen laktonlarning rentgen tuzilish ma’lumotlari  Kembridj xalqaro tuzilish ma’lumotlar bazasida (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam. ac.uk/structures/) ro‘yxatga olingan va CCDC: QOVYEI, EHOQEQ, UMATAG, UMATEK, UMATEK01, UMATIO, UZOHUO01 xos raqamlari berilgan. Natijada, bazaga kiritilgan o‘xshash moddalarning fazoviy tuzilishlarini va elektron dasturlarni qo‘llagan holda potensial farmakologik faolligini aniqlash imkonini bergan;
tadqiqot ishi ma’lumotlari “O‘zbekiston florasi o‘simliklari terpenoidlari va fenol birikmalari kimyosi” loyihasida foydalanilgan (2012-2016 yy.) (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 21 dekabrdagi 4/1255-2906 son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga ikkita patentga talabnoma topshirish va  Inula L. turkumidagi o‘simliklarning terpenoidlari uchun “tuzilish-faollik” qonuniyatini o‘rganish imkonini bergan; 
asosiy ilmiy natijalardan Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansiysk Muxtor okrugi – Yugra “Surgut Davlat universiteti” kimyo kafedrasi o‘quv jarayonida kurs ishlari va diplom ishlari tayyorlashda foydalanilgan (2020 yil 22 dekabrdagi 12-35-37/58-son ma’lumotnoma). Natijada, amaliy mashg‘ulotlarda tegishli mutaxassislik talabalarining bilimlarini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish