Akilova Shaxlo Akmalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hayotga xavf soluvchi bradiaritmiyali bemorlarda yurak remodellanishiga elektrokardiostimulyasiya rejimlarning ta’siri», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib593.
Ilmiy rahbar: Alimov Daniyar Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Tulabaeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedova Barno Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hayot uchun xavfli bradiaritmiyalar bo‘lgan bemorlarda va miokard dissinxroniyasi jarayonlarida doimiy yurak stimulyatori elektrodini o‘rnatishning usullari va turli rejimlari ta’sirini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hayot uchun xavfli bradiaritmiyalar bo‘lgan bemorlarda elektrodni yurakka o‘rnatish maydoni va EKSning qo‘llanilgan rejimlari (DDDR va VVI)ga qarab miokardning remodellashuvi jarayonlari qay darajada kechishi aniqlangan;
ilk marotaba to‘liq AVT va STD blokadasi bo‘lgan bemorlarda elektrodlarni ikki xil usulda o‘rnatilishining hamda DDDR/VVI rejimlaridagi doimiy EKSining miokard sistolik va diastolik funksiyasiga ta’siri ko‘p omilli taxlillar yordamida baholangan va EKSning eng muqobil usuli aniqlangan;
ilk marotaba hayot uchun xavfli bradiaritmiyalar bo‘lgan bemorlarda doimiy EKS rejimlarni tanlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan, bu esa davolash strategiyasi va taktikasini takomillashtirishga, bemorlarning hayot sifati va kasallik prognoziga salbiy ta’sir qiluvchi asoratlar xavfini kamaytirishi asoslangan;
ilk marotaba doimiy EKS implanti bo‘lgan bemorlarda xirurgik amaliyotga muxtojlik tug‘ilganda operatsiya davomida elektroxirurgik va boshqa elektromagnit ta’sir qiluvchi asbob-uskunalarni xavfsiz qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar va tegishli algoritm ishlab chiqilgan;
hayot uchun xavfli bradiaritmiyalar bo‘lgan bemorlarda EKS elektrodini o‘rnatish maydonining muqobilligini va EKS rejimining uzoq muddatli samaradorligini baholashda hayot sifatini o‘rganish ishonchli mezon ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hayot uchun xavfli bradiaritmiyalari bo‘lgan bemorlarda yurak remodellanishiga elektrokardiostimulyasiya rejimlarning ta’sirini takomillashtirishni baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
hayot uchun xavfli bradiritmiyalari bo‘lgan bemorlarda miokardning doimiy elektr stimulyasiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Hayot uchun xavfli bradiritmiyalari bo‘lgan bemorlarda miokardning doimiy elektr stimulyasiyasi rejimlarini tanlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabrdagi 8n-r/570-son ma’lumotnomasi). Ushbu qo‘llanma davolash strategiyasi va taktikasini yaxshilash, bemorlar hayotining sifati va prognoziga ta’sir qiluvchi asoratlar xavfini kamaytirish va shu bilan yurak mushagining ifodalangan kengayishini oldini olish imkonini bergan;
shoshilinch jarrohlik patologiyasida implantatsiyalangan EKS bemorlarda terapevtik va diagnostik algoritmni tanlash uchun ishlatilgan, tadkikot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro va Jizzax viloyat filiallarining shoshilinch jarrohlik bo‘limi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabrdagi № 8n-r/570-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi ilgari elektrokardiostimulyator implantatsiya qilingan bemorlarga jarrohlik aralashuvlarida mumkin bo‘lgan asoratlarni bartaraf etish, elektrokoagulyasiya yordamida jarrohlik operatsiyalarida implantatsiyalangan EKS bilan og‘rigan bemorlarda elektr stimullari yoki elektr shokning asossiz qo‘llanilishining oldini olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish