Fayzieva Dilafruz Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholini ish bilan bandlik darajasini oshirishning demografik jihatlari», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt781.
Ilmiy rahbar: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alijonov O‘tkirjon Maxamadalievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi demografik jarayonlar ta’sirida aholining ish bilan bandlik darajasini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarda boquvchisini yo‘qotgan ayollarni va mehnatga layoqatli yoshgacha bo‘lgan mehnat qilayotgan o‘smirlarni ijtimoiy ehtiyojmand qatlam vakillari tarkibiga kiritilishining maqsadga muvofiqligi asoslangan;
iqtisodiyot tarmoqlari, sohalari va ijtimoiy-demografik xususiyat-lari, bandlik jarayoni davomiyligini oshirishdan kelib chiqqan holda mehnat jarayonlarini optimallashtirish maqsadida “mehnatga layokatli yosh” chegarasiga yondashuv ishlab chiqilgan;
aholini ish bilan bandlik darajasini oshirish mehanizmi yoshlar, ayollar va migrantlarga ta’dbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga imkoniyat yaratish asosida takomillashtirildi.
aholini ish bilan bandlik darajasining oshib borishi sharoitida demografik jarayonlarning 2020-2025 yillarda prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholini ish bilan bandlik darajasini oshirishning demografik jihatlari bo‘yicha olingan xulosalar va takliflar asosida:
hududlarda boquvchisini yo‘qotgan ayollarni va mehnatga layoqatli yoshgacha bo‘lgan mehnat qilayotgan o‘smirlarni ijtimoiy ehtiyojmand qatlam vakillari tarkibiga kiritilishining maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 dekabrdagi 1011-son “Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha tadqiqot ishlari o‘tkazildi, shuningdek, mehnat resurslari xududiy va soxaviy balansini aholini ishga joylashtirish jarayonini shakllantirishni to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 23 yanvardagi 01/00-02/04-676-son ma’lumotnomasi). Natijada 2019 yil mobaynida mehnat bozorida mehnat resurslarining raqobatbardoshligi sezilarli oshirishga erishilgan;
iqtisodiyot tarmoqlari, sohalari va ijtimoiy-demografik xususiyat-lari, bandlik jarayoni davomiyligini oshirishdan kelib chiqqan holda mehnat jarayonlarini optimallashtirish maqsadida “mehnatga layokatli yosh” chegarasiga ishab chiqlgan yondashuvdaan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-son “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 23 yanvardagi 01/00-02/04-676-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif davlat organlari hamda jamoatchilik institutlari tomonidan korxona va muassasa ijtimoiy muhiti, ularning xo‘jalik faoliyatida yollanma ishchilar manfaatlarini ta’minlashda maqsadli dasturlar asosida echimlar ishlab chiqish imkonini berib, xususan 2019 yil 9 oyda Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan 430 ming kishini ishga joylashtirish imkonini bergan;
aholini ish bilan bandlik darajasini oshirish mehanizmi yoshlar, ayollar va migrantlarga ta’dbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga imkoniyat yaratish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Hududlarda aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 23 yanvardagi 01/00-02/04-676-son ma’lumotnomasi). Natijada 2019 yil to‘qqiz oyida respublikada aholini ishga band qilish darajasini oshirishga erishilgan;
aholini ish bilan bandlik darajasining oshib borishi sharoitida demografik jarayonlarning 2020-2025 yillarda prognoz qiymatlari bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi PQ-3506-son “2018 yilda aholi bandligiga ko‘maklashish Davlat dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqshda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 23 yanvardagi 01/00-02/04-676-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar 2020-2025 yillarda aholini ish bilan taminlashning prognoz ssenariylari aniqligini oshirishga xizmat qilgan.