Nabieva Nargiza Nazirjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Magnibracteolata seksiyasiga mansub ayrim polimorf g‘o‘za turlarining filogenetik munosabatlari», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/B524.
Ilmiy rahbar: Amanov Baxtiyar Xushbakovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Qaxxorov Izzatulla Tilovovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Boboev Sayfulla G‘afurovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Magnibracteolata seksiyasiga mansub ayrim polimorf G.hirsutum L., G.barbadense L. turlarining turichi xilma-xilliklarining o‘zaro hamda G.darwinii Watt turi bilan filogenetik munosabatlarini aniqlash va yangi irsiy asosga ega shakllar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turlararo duragaylash natijasida G.darwinii Watt turi filogenetik jihatdan G.hirsutum L. turiga mansub yovvoyi subsp.mexicanum var.nervosum (Yukatan) shaklidan uzoqligi, G.hirsutum L. va G.barbadense L. turining ruderal va subtropik shakllarga yaqinligi va uning madaniylashgan turlar tomon evolyusiyasining takomillashayotgani aniqlangan va filogenetik sxemasi ishlab chiqilgan;
subsp.paniculatum kenja turi duragaylash jarayonida ona sifatida ishlatilganda resiprok kombinatsiyalarda duragay ko‘sak va to‘liq urug‘ tugilishi yuqori bo‘lishi asosida uning filogenetik jihatdan madaniy navlarga yaqinligi aniqlangan;
turlararo F2 duragaylarda kun uzunligiga talabchanlik belgisining polimer genlarning nokumulyativ ta’sirida 15:1 nisbatda irsiylanishi va ushbu belgining namoyon bo‘lishi yovvoyi G.darwinii Watt turi va yarim yovvoyi subsp.ruderale f.parnat (novvotrang tolali) shaklida resessiv, madaniy Kelajak navida esa  dominant genlar bilan nazorat qilinishi isbotlangan; 
G.hirsutum L. va G.barbadense L. turichi xilma-xilliklari hamda G.darwinii Watt turlariga tegishli bo‘lgan belgilarning miqdoriy ko‘rsatkichlari farqlarini, urug‘ yuzasidagi tukchalar sonining ulushi nafaqat urug‘ xajmi, epiderma hujayralarining miqdori va kattaligiga hamda har bir tolachani o‘rab turgan hujayralar soniga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
turlararo F2 va F1V1 o‘simliklarida bitta ko‘sakdagi paxta vazni, tola uzunligi va chiqimi, 1000 dona chigit vazni bo‘yicha ijobiy transgressiv rekombinat shakllar ajratib olingan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Magnibracteolata seksiyasiga mansub ayrim polimorf g‘o‘za turlarining filogenetik munosabatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
F1, F2 va F1V1 duragaylari №FA-F5-T024 «Gossypium L. turkumining polimorf turlarining turichi va turlararo bioxilma-xilliklarining filogenetik qarindoshlik darajasi» (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihasida boshlang‘ich manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 23 dekabrdagi 4/1255-2940-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi sintetik genotiplar majmuasi bilan boyitilgan g‘o‘za oila va tizmalarini yaratish imkonini bergan; 
Magnibracteolata seksiyasiga mansub ayrim polimorf g‘o‘za turlarini filogenetik munosabatlarini belgilovchi sxema asosida hamda turlararo duragaylash natijasida olingan transgressiv shakllar Respublikada yetakchi bo‘lgan «G‘o‘za genofondi» noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 23 dekabrdagi 4/1255-2940-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu duragay namunalari g‘o‘za genofondini boyitish bilan bir qatorda fundamental va amaliy loyihalarda boshlang‘ich boshlang‘ich manba sifatida ishlatish hamda  elektron bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish