Ro‘zimuradova Durdona Xamidjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dinamik sistemalarning chegaralanmagan limit to‘plamlari», 01.01.02 – Differensial tenglamalar va matematik fizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/FM558
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarlar: Azamov Abdulla, fizika-matematika fanlari doktori, akademik.
Rasmiy opponentlar: Jamilov Uyg‘un Jamilovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Axmedov Odiljon Saxibjonovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tekislik va fazodagi dinamik sistemalarning chegaralanmagan limit to‘plamlari xossalarini tavsiflash hamda limit to‘plami berilgan xossalarga ega bo‘lgan ikki va uch o‘lchovli dinamik sistemalar qurishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dinamik sistemaning limit to‘plami bog‘liqli bo‘lmasa, u holda uning har bir komponentasi chegaralanmagan bo‘lishi isbotlangan;
tekislikdagi analitik sistemalarning limit to‘plamlari bog‘liqlik komponentalari soni chekli yoki sanoqli bo‘lishi isbotlangan;
tekislikda limit to‘plamining bog‘liqlik komponentalari soni cheksiz ko‘p bo‘lgan analitik dinamik sistema mavjudligi isbotlangan;
limit to‘plami ixtiyoriy juft sondagi parallel to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lgan uch o‘lchovli dinamik sistema qurish teskari masalasi echilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dinamik sistemalarning chegaralanmagan limit to‘plamlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dinamik sistemaning limit to‘plami bog‘liqsiz bo‘lgan holda uning har bir komponentasi chegaralanmagan bo‘lishidan №G00003440 raqamli «Kechikuvchi differensial tenglamalarning sifat va miqdoriy xossalarining dinamik sistemalarga qo‘llanilishi» mavzusidagi xorijiy loyihada kechikuvchi differensial tenglamalarning sifat tabiatini aniqlashda foydalanilgan (Birlashgan Arab Amirliklari universitetining 2021 yil 14 sentyabr`dagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi kechikuvchi differensial tenlamalarning sifat xossalarini topish imkonini bergan;
tekislikdagi analitik sistemalarning limit to‘plamlari bog‘liqlik komponentalari soni sanoqli bo‘lishidan №OT-F4-02 raqamli «Matematik fizikaning holatlar to‘plami cheksiz bo‘lgan modellari termodinamikasi» mavzusidagi fundamental loyihada fizika va biologiyadagi evolyusion sistemalar xarakteristikalarining katta vaqt oraliqlari davomidagi asimptotikasini qurishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 22-iyundagi №04-04/01-168-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi fizik, mexanik va ekologik sistemalarning tabiatini uzoq muddatli prognoz qilish imkonini bergan.