Asqarov Baxodirjonning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vibron tushunchalari asosida polimer nanotizimlarda yuzaga keluvchi o‘z-o‘zini tashkillashtirish jarayonlarini sinergetik modellashtirish”, 01.04.06 – “Polimerlar fizikasi”, 02.00.12 – “Nanoximiya, nanofizika va nanotexnologiya” (fizika-matematika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/FM173
Ilmiy maslahatchilar: Rashidova Sayyora Sharafovna, kimyo fanlari doktori, akademik va Oksengendler Boris Leonidovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti hamda Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSs.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlar: Mamadalimov Abdug‘ofir Teshabaevich fizika-matematika fanlari doktori, akademik; Matrasulov Davron Urinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Nechiporenko Yuriy Dmitrievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: fundamental va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi polimer nanotizimlarning elektron-ion strukturasidagi o‘zini o‘zi tashkil etish jarayonlarini sinergetikaviy modellashtirish usulini ishlab chiqish va polimer nanotizim xossalarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
ilk bor polimer nanotizimlardagi o‘zini o‘zi tashkillashtirish jarayonlarini o‘rganish uchun makromolekulaning chegaralangan atom guruhlari (ChAG) tushunchasi kiritildi;
ilk bor ChAGda yuz beruvchi bifurkasiyalar va kimyoviy kinetika stasionar holatlarida yuz beruvchi noturg‘unligiklarni tadqiq etishning topologik modellari tuzildi;
ilk bor polimer nanotizimlardagi avtokatalitik jarayon bilan elektron-ion struktura o‘rtasidagi U-manfiy bog‘lanish aniqlandi;
nanoob’ektlarda Kyuri-Prigojin prinsipini buzilish mezoni aniqlandi;
polimer nanotizimlardagi elektron-ion jarayonlariga sirt elektron holatlarining ta’siri aniqlandi;
ilk bor makromolekulalardagi o‘zini o‘zi tashkillashtirish jarayonlarini  o‘rganishga erkin valentlik, vibron noturg‘unlik va simmetriyani pasaytiruvchi tushunchalardan foydalanildi;
ilk bor makromolekula chegaralangan atom guruhlari vibron noturg‘unligi va nochiziq kinetika o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tahlil etish asosida polimer nanotizimlarda o‘z-o‘zini tashkillashtirish jarayonlarini modellashtirishning algoritmi yaratildi;
nanozarracha sirtida dimerning dissosiyalanish jarayonining, N-atsetilglyukozaminning dezasetillanish reaksiyasining va katenan halqalari ajralish reaksiyalarining elementar bosqichlari aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Vibron tushunchalar asosida polimer nanotizimlardagi o‘z-o‘zini tashkillashtirish jarayonlarini sinergetikaviy modellashtirish asosida olingan natijalar asosida:
polimer nanotizimlardagi avtokatalitik jarayon bilan elektron-ion struktura o‘rtasidagi U-manfiy bog‘lanish, nanoob’ektlarda Kyuri-Prigojin prinsipini buzilish mezoni, polimer nanotizimlardagi elektron-ion jarayonlariga sirt elektron holatlarining ta’siri, sinergetikaviy modellashtirish usuli va uning asosida DN-22-2019 raqamli “Nometall kristallardagi nanostrukturaviy defektlarini o‘zaro bir-biriga aylanish jarayonlarini boshqarishning yangi texnologiyalari” ilmiy-tadqiqot loyihasida qo‘llanilgan. (Osh davlat universitetining 2020 yil 4-dekabrdagi 210-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada fraktal tuzilmaga ega bo‘lgan nanotolalarni noyob fizikaviy va kimyoviy xossalarini boshqarish imkonini bergan;   
makromolekula chegaralangan atom guruhlari vibron noturg‘unligi va nochiziq kinetika o‘rtasidagi o‘zaro aloqani o‘rganish algoritmi, hamda topoizomeraza faolligiga oid natijalar SSV-F-037 raqamli “Ovqat hazm qilish bezlarining funksiyalari buzilishining patogenetik mexanizmlarida proteazalar va proteaza faol jigar reseptorlari rolini o‘rganish” fundamental loyihada qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16-noyabrdagi  89-03-4727 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada proteaza va jigar reseptorlari funksiyalaridagi o‘zgarishlarni sifat jihatidan baholash imkonini bergan;
makromolekulalardagi o‘z-o‘zini tashkillashtirish jarayonlarini o‘rganishning foydali modellari erkin valentlik, vibron noturg‘unlik va simmetriyani pasaytiruvchi tushunchalardan F2-FA-F162 raqamli “Ko‘p atomli zarrachalarning qattiq jism sirti bilan ta’sirlashuvi” ilmiy tadqiqot loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasiing 2020 yil 4-dekabrdagi 2/1255-2740 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada fraktal xossaga ega bo‘lgan sirtda ko‘p atomli zarrachalarni ionizatsiyalanish jarayonlarini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish