Mengliev Ali Saykanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida kuydirgi o‘choqlarining joylashish monitoringi», 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/V13.
Ilmiy rahbar: Salimov Xait Salimovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Davlatov Ravshan Berdievich, veterinariya fanlari doktori, professor; Mamatkulov Ibragim Xamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari hududlarida kuydirgi o‘choqlarini joylashgan manzilini aniqlash, ularni qishloqlar nomlari bilan qayta nomlash, faolligini tahlil qilish va geografik koordinatlarini aniqlash, nosog‘lom punktlar pasportini yaratish, o‘choqlarning kadastr va kartogrammasini ishlab chiqish hamda kasallikga qarshi kurashning ilmiy asoslangan tizimini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida 1934-2020 yillar davomida hayvonlar orasida qayd etilgan kuydirgi kasalligi o‘choqlarining geografik joylashgan joylari aniqlangan va ular qishloqlar nomlari bilan qayta nomlangan;
respublikaning janubiy hududlardagi kuydirgi o‘choqlarining faolligi va qaytadan kasallik qayd etilish davrlari aniqlangan;
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida 1934-2020 yillar davomida ro‘yxatga olingan kuydirgi o‘choqlarining joylashish kadastri ishlab chiqilgan va uning negizida viloyat, shahar va tumanlar kesimida ushbu o‘choqlarning kartogrammasi yaratilgan; 
kuydirgi o‘choqlarining pasport shakli ishlab chiqilgan va u har bir o‘choqqa joriy qilingan hamda har bir o‘choqning geografik koordinatlari (Sharqiy uzunlik, Shimoliy kenglik) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning  janubiy viloyatlarida kuydirgi o‘choqlarining joylashish monitoringi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Hayvonlarning kuydirgi kasalligining oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma» hamda «Hayvonlar kuydirgi kasalligiga qarshi kurashish bo‘yicha ilmiy-asoslangan chora-tadbirlar tizimi» ishlab chiqilgan, tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 iyuldagi 02/23-219-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar va tizimni qo‘llanilishi natijasida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida oxirgi 14 yil davomida kuydirgi kasalligini batamom bartaraf etishga erishilgan;
kuydirgi kasalligi bo‘yicha nosog‘lom manzilning pasporti ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 iyuldagi 02/23-219-son ma’lumotnomasi). Ushbu pasportni qo‘llanilishi natijasida har bir kuydirgi o‘chog‘i bo‘yicha ma’lumotlarni yangilash imkoniyati yaratilgan;
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida mavjud kuydirgi kasalligi bo‘yicha nosog‘lom o‘choqlarning kadastri va kartogrammasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 iyuldagi 02/23-219-son ma’lumotnomasi). Natijada kuydirgi o‘choqlarini tezkor aniqlash imkoniyati yaratilgan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish