Sharipova Gulruxsor Nurqabilovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik ta’lim klasteri sharoitida talabalarda o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish(pedagogika va psixologiya yo‘nalishi misolida)”,13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.1.PhD/Ped1424.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti. 
Ilmiy rahbar: Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Ulfat Ilhamovich, pedagogika fanlari doktori; Ne’matov Shuhrat Ergashevich, pedagogika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik ta’lim klasteri sharoitida talabalarda o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning o‘zini o‘zi intellektual, ma’naviy-axloqiy va faoliyatli-amaliy rivojlantirish kompetensiyasining tuzilmaviy komponentlari (motivatsion-qadriyatli, shaxsga yo‘nalganlik, kognitiv va refleksiv) ta’lim klasteri sub’ektlari faoliyatining uzviyligini ta’minlash orqali ehtiyojlarning ierarxik modeli (Maslou pramidasi) asosida takomillashtirilgan;
ta’lim klasteri sharoitida talabalarda o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirishning integrallashgan o‘quv-metodik ta’minoti (adaptiv, kognitiv, integrativ-faoliyatli) bosqichlari mazmuni didaktik, mantiqiylik, pedagogik kompetentlik tamoyillariga ko‘ra takomillashtirilgan;
pedagogik ta’lim klasteri sharoitida talabalarda o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish jarayoni modeli komponentlari (maqsad, mazmun, protsessual, natijaviy) o‘qituvchilar tayyorlash sifatiga qo‘yilayotgan kompetentli yondashuv talablari asosida auditoriyadan tashqari emotsional-obrazli, intellektual-ijodiy va korreksion-rivojlantiruvchi xarakterdagi mashg‘ulotlarni tashkil etish orqali takomillashtirilgan;
ta’lim klasteri sharoitida talabalarni o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasining shakllanganlik darajalarini (o‘zini o‘zi anglash, emotsional barqarorlik, etuklik, produktiv, reproduktiv, qisman-izlanishli, kreativ) tashxislashning tahlil, loyihalash, anketa va bashoratlash komponentlari funksiyalarini integrativ muvofiqlashtirish orqali ob’ektiv baholash imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik ta’lim klasteri sharoitida talabalarda o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning o‘zini o‘zi intellektual rivojlantirish kompetensiyasining tuzilmaviy komponentlari (motivatsion, shaxsiy yo‘nalganlik, kognitiv va kompetensiyaviy) ta’lim klasteri sub’ektlari faoliyatining uzviyligiga ustuvorlik berishning pedagogik shart-sharoitlari va didaktik imkoniyatlarini aniqlashga oid ilmiy takliflari mazmuni 5A110902 – Pedagogika va psixologiya magistratura yo‘nalishi bo‘yicha magistratura mutaxassisligi o‘quv dasturi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining2020 yil  22 dekabrdagi 89-03-5419-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik ta’lim klasteri sharoitida o‘qitishning modernizatsiyalashgan modul`-kredit tizimi  o‘quv dasturlari takomillashtirilgan;
talabalarning o‘zini faoliyatli-amaliy rivojlantirish kompetensiyasining tuzilmaviy komponentlari,  o‘quv-metodik ta’minoti mazmuni takomillashtirish jarayonida  talablarning o‘zini anglash hamda kreativlik komponentlarini ob’ektiv baholash imkoniyatlari haqidagi tadqiqot g‘oyalaridan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish”  nomli amaliy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi TDPUning 2021 yil  12 avgustdagi 02-07-2036/04-son dalolatnomasi). Natijada talablarning o‘zini anglash hamda kreativlik komponentlarini integrativ muvofiqlashtirish orqali ob’ektiv baholash imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxsiy-kasbiy tayyorlash sifatiga qo‘yilayotgan talablar asosida ishlab chiqilgan o‘zini o‘zi rivojlantirishga oid tematik ijodiy mashqlar va amaliy topshiriqlardan Toshkent davlat pedagogika universiteti, Qarshi davlat universiteti hamda Chirchiq davlat pedagogika instituti bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlarida pedagogik kadrlar tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 89-03-5419-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mas’uliyati va maqsadga intilish ko‘nikmalari shakllanishiga xizmat qilgan;
ta’lim klasteri sharoitida talabalarda o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish modeli, oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘zini o‘zi rivojlantirish funksiyalarini integrativ muvofiqlashtirishga oid metodik tavsiyalar pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari uchun “Pedagogik kompetentlik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga sindirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 89-03-5419-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur yo‘nalish talabalarining o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirishga oid bilan metodik ta’minot bazasi boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish