To‘xtaeva Zebo Sharifovnaning
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Oliy ta’limda umumkasbiy va ixtisoslik fanlari integrasiyasini ta’minlash metodikasi (engil sanoat yo‘nalishlari misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Ped88.
Ilmiy rahbar: Olimov Qahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Beknazarova Saida Safibullaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida engil sanoat ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash jarayonida umumkasbiy va ixtisoslik fanlari integratsiyasini ta’minlash metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarni umumkasbiy va ixtisoslik fanlari integratsiyasini ta’minlab o‘qitish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlashning konseptual metodik tizimiga asoslangan tashkiliy-tuzilmaviy modeli Deming sikli bosqichlarini model komponentlariga singdirish va o‘zaro sintezlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalarni fanlararo integratsiyani ta’minlab o‘qitish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlashning mobil-didaktik ta’minoti ilmiy va metodologik yondashuvlar hamda “Mobile-learning”, BOYD (Bring your own device – ta’limda mobil qurilmadan foydalanish) texnologiyalari va ta’limni raqamlashtirish tamoyillari asosida mazmunan takomillashtirilgan;
texnologik, loyihalash, konstruksiyalash kabi zaruriy kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan “Logically confusing chain”, “Case study”, “Classic couple strategy” o‘qitish texnologiyalarini, interfaol ta’lim metodlari va shakllari integratsiyasini ta’minlashda integratsiyaning turli darajalaridan foydalanish orqali o‘quv jarayonini integrativ tashkil etish metodikasi ishlab chiqilgan;
talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalarini aniqlash mexanizmi mezonli ko‘rsatkichlari o‘quv materialini bayon etishdagi konsentrizm tamoyili vositasida miqdor va sifat aspektlarida optimallashtirilgan;
fanlarni integratsiyalash asoslariga ta’sir etuvchi ob’ektiv qonuniyatlar, ta’lim vazifalari, bilimlar sintezi, ta’lim jarayoni va mazmuni birligi kabi omillarni o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash natijasida o‘quv jarayoni samaradorligiga erishish uchun integratsiyaning fanlararo va mavzulararo integratsiyasi kabi ko‘rinishlaridan foydalanish imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda engil sanoat yo‘nalishlarida umumkasbiy va ixtisoslik fanlari integratsiyasini ta’minlash metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
fanlarni integratsiyalash asoslariga ta’sir etuvchi ob’ektiv qonuniyatlar, ta’lim vazifalari, bilimlar sintezi, ta’lim jarayoni va mazmuni birligi kabi omillarni o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash natijasida o‘quv jarayoni samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan AIF 2/20 – “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini oshirish” loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 fevraldagi 166-son buyrug‘i). Natijada, malakali muhandis kadrlar tayyorlashda o‘quv jarayonini tashkil etish metodikasi takomillashtirilgan;
“Logically confusing chain”, “Case study”, “Classic couple strategy” o‘qitish texnologiyalarini, interfaol ta’lim metodlari va shakllari integratsiyasini ta’minlashda integratsiyaning turli darajalaridan foydalanish orqali o‘quv jarayonini integrativ tashkil etish metodikasi “Kasbiy ta’lim metodlarini tanlash va qo‘llash” darsligi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 18 avgustdagi yil 356-son buyrug‘i, 356/7-066-son guvohnomasi), “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-320-son guvohnomasi). Natijada, metodika talabalarda motivatsiya, amaliy ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
“Mobile-learning”, BOYD (Bring your own device) texnologiyalari hamda ta’limni raqamlashtirish tamoyillari asosida fanlararo integratsiyani ta’minlab o‘qitishga qaratilgan “Tikuv, trikotaj va zardo‘zlik buyumlari texnologiyasi” ixtisoslik fanining axborot-didaktik ta’minoti ishlab chiqilgan hamda 5321600–Engil sanoat texnologiyalari va jihozlari, 5111000–Kasb ta’limi (5321600–Engil sanoat texnologiyalari va jihozlari) ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2021 yil 10 avgustdagi 09-04/1633-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning loyihalash va konstruksiyalashga oid kasbiy kompetensiyalarini amaliyotda qo‘llash imkoni yaratilgan.