Tuychieva Nilufar Maxsutjanovnaning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Markaziy Osiyoda qalandariylik tariqatining o‘ziga xos jihatlari, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar890.
Ilmiy rahbar: Usmanov Ibrohim Sabirovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Ostanakulov Ikromitdin, tarix fanlari doktori, dotsent; Rafiddinov Sayfiddin Sayfulloh o‘g‘li, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyoda qalandariylik tariqatining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatib berish orqali jamiyat hayotida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XI asrda islom olamida qalandariylik malomatiylik harakati negizida vujudga kelgan bo‘lib, dastlab shariat normalari doirasida faoliyat olib borgani, biroq undagi tartib-qoidalarning sirliligi va murakkabligi sababli ommalashmay qolgani, natijada qalandariylikning asl mohiyati faqat “malomat” (الملامة), “ixlos” (الاخلاص), “faqr” (الفقر) maqomlaridagina saqlanib qolgani ochib berilgan;
Markaziy Osiyoda qalandariylikning yuzaga kelishiga asosiy omil sifatida shariat va tasavvuf vakillari orasida tarqalib borayotgan “riyo” (الرياء)ning oldini olish va nafs (النفس)ni isloh qilishga qaratilganligi hamda ushbu illatlarning muolajasida “sidq (to‘g‘rilik) (الصدق) va “ixlos” (xolislik) (الإخلاص) g‘oyalariga keng tayanilgani isbotlangan;
o‘rta asrlarda qalandariylik haqidagi tanqidiy qarashlarning shakllanishiga Eron tariqatlariga xos bo‘lgan “vahdat al-vujud” (وحدة الوجود) (Yaratuvchi va yaralmishning birligi), “hulul” (الحلول), (Ilohning maxluq tanasiga o‘tishi) “tanosux” (التناسخ) (ruhning ko‘chib yurishi) g‘oyalarining singib qolishi sabab bo‘lgani asoslab berilgan;
XIX-XX asrlarning birinchi choragiga kelib Turkiston o‘lkasining iqtisodiy-ijtimoiy tanazzuli natijasida oddiy aholining qalandarxonalardan boshpana va egulikni beg‘araz topish imkoniyati mavjudligi uchun qalandarlar safi ko‘payib, qalandarxonalar soni 100 ga etgani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Osiyoda qalandariylik tariqatining o‘ziga xos jihatlari mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
XI asrda islom olamida qalandariylik malomatiylik harakati negizida vujudga kelgan bo‘lib, dastlab shariat normalari doirasida faoliyat olib borgani, biroq undagi tartib-qoidalarning sirliligi va murakkabligi sababli ommalashmay qolgani, natijada qalandariylikning asl mohiyati faqat “malomat” (الملامة), “ixlos” (الاخلاص), “faqr” (الفقر) maqomlaridagina saqlanib qolgani ochib berilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “Tasavvufga kirish” o‘quv qo‘llanmasi, “Tasavvuf atamalari” izohli lug‘ati, hamda “Islom ma’rifati va hozirgi zamon” kitobining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 7 iyundagi 2472-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur kitoblarda keltirilgan ma’lumotlar o‘quvchi va talabalarda qalandariylik tariqatiga oid tushuncha va tasavvurlarning shakllanishiga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyoda qalandariylikning yuzaga kelishiga asosiy omil sifatida shariat va tasavvuf vakillari orasida tarqalib borayotgan “riyo” (الرياء)ning oldini olish va nafs (النفس)ni isloh qilishga qaratilganligi hamda ushbu illatlarning muolajasida “sidq (to‘g‘rilik) (الصدق) va “ixlos” (xolislik) (الإخلاص) g‘oyalariga keng tayanilgani isbotlangani haqidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan «O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor» kitobining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 1 iyundagi 02/353-son ma’lumotnomasi). Natijada qalandariylik tariqatining yaqin o‘tmishdagi o‘rni va ahamiyatini keng jamoatchilikka tanitish imkoniyati yaratilgan;
o‘rta asrlarda qalandariylik haqidagi tanqidiy qarashlarning shakllanishiga Eron tariqatlariga xos bo‘lgan “vahdat al-vujud” (وحدة الوجود) (Yaratuvchi va yaralmishning birligi), “hulul” (الحلول), (Ilohning maxluq tanasiga o‘tishi) “tanosux” (التناسخ) (ruhning ko‘chib yurishi) g‘oyalarining singib qolishi sabab bo‘lgani asoslab berilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida tayyorlangan “Islom sivilizatsiyasi” qomusiy lug‘atini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2021 yil 29 iyuldagi 1114-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ma’lumotlar mintaqada tasavvuf tarixiga oid yangi xulosa va qarashlar asosida o‘tmishimizning xaqiqiy tarixini yaratishga xizmat qilgan;
XIX-XX asrlarning birinchi choragiga kelib Turkiston o‘lkasining iqtisodiy-ijtimoiy tanazzuli natijasida oddiy aholining qalandarxonalardan boshpana va egulikni beg‘araz topish imkoniyati mavjudligi uchun qalandarlar safi ko‘payib, qalandarxonalar soni 100 ga etgani ochib berilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosidagi “Ma’rifat gulshani” va “Ma’rifat ziyosi” qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021 yil 7 iyundagi 1314-son ma’lumotnomasi). Natijada fuqarolar va mahalla faollari faoliyati jarayonida duch keladigan tariqatchilik bilan bog‘liq muammoli masalalar echimini topishida va bosh imom-xatiblarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilarining malakalari oshishiga xizmat qilgan.