Saidova Gulruh Halim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining jamoaviy ijodiy faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirish”,13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1671.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor;Kurbaniyazova Zamira Kalbaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining jamoaviy ijodiy faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining jamoaviy ijodiy faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari rag‘batlantiruvchi, jarayonli, reproduktiv, integrativ yondashuv asosida muammo echimini topishning nostandart metod va usullarini izlash, o‘quv-biluv faoliyatidagi qat’iylik sifatlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
o‘qituvchilarning jamoaviy ijodiy faoliyatini tashkil etishning diagnostik jarayonlari ijtimoiy intellektning tushunish, idrok etish, oqilona fikrlash, tafakkurning tiyranligi va shaxsiy motivatsiya, hissiy barqarorlik, empatiya, intellektual qobiliyatdagi dinamik muvozanat va refleksiv-korreksion funksiyalarining o‘zaro aloqadorligini ochib berish asosida takomillashtirilgan;
jamoaviy ijodiy faoliyatni tashkil etishga tayyorlash jarayonining amaliy va natijaviy tarkibi motivatsion-emotsional, irodaviy, faoliyatli-ijodiy, kreativ yondashuv, reproduktiv, izlanishli-evristik, ijodiy-tashabbuskorlikning rivojlanganlik darajasini baholash mezonlari kolloborativ yondashuv asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish va ularning kasbga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratilgan hamkorlikdagi jamoaviy ijodiy faoliyatini tashkil etish texnologiyasi jamoaviy mustaqil faoliyatni belgilash, ijodiy topshiriqlarni bajarish, kooperativ ta’limning interfaol shakllari (g‘oyalar to‘plami, ekspress axborot, ijodiy lider, rolli o‘yinlar) mazmunini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining jamoaviy ijodiy faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini jamoaviy ijodiy faoliyatni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari: rag‘batlantiruvchi, kognitiv, jarayonli, reproduktiv, integrativ yondashuv asosida tasniflash vatajriba aloqadorligi empirik baholashga doir takliflardan Buxoro davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat pedagogika universitetlarida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligining 2020 yil12 avgustdagi 89-03-2779-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ijodiy faolligini hamda ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash metodikasinitakomillashtirishga doir optimal shart-sharoitlaryaratilgan;
o‘qituvchilarning jamoaviy ijodiy faoliyatini tashkil etishning diagnostik jarayonlari ijtimoiy intellektning tushunish, idrok etish, oqilona fikrlash, tafakkurning tiyranligi va shaxsiy motivatsiya, hissiy barqarorlik, empatiya, intellektual qobiliyatdagi dinamik muvozanat va refleksiv-korreksion funksiyalarining o‘zaro aloqadorligini ochib berish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflardan F1-118, OT-F1-125 raqamli “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning zamonaviy axborot kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining 2021 yil 17 avgustdagi
01-01/78-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentliligini shakllantirishga doir yondashuvlarni qo‘llash samaradorligiortishiga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini jamoaviy ijodiy faoliyatni tashkil etishga tayyorlash jarayoni amaliy va natijaviy tarkibi liderlik-kommunikabellik, verbal-noverbal, prezentativlik-eksklyuzivlik kabi ko‘p vektorli yondashuv bosqichlari emotsionallik, progressivlik, optimallik, effektivlik singari kollaborativ yondashuvga doir takliflaridan Buxoro davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat pedagogika universitetlarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligining 2020 yil12 avgustdagi 89-03-2779-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda jamoaviy ijodiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirilgan.