Abduraxmanova Shaxnoza Abduxakimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini mul`timedia texnologiyalari asosida rivojlantirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2347.   
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti,  DSs.03/30.12.2019.ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Razzakov Shavkat Insanovich,  fizika-matematika fanlar nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini mul`timedia texnologiyalari asosida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini (analiz, sintez, abstraktlashtirish, konkretlashtirish va umumlashtirish) rivojlantiruvchi mul`timedia texnologiyalari tasniflari interfaol namoyish hosil qiluvchi, avtomatlashgan mul`timediali nazorat qiluvchi, animatsiyali video roliklar va integrativ elektron ta’lim resurslarni yaratuvchi vositalarni kiritish orqali aniqlashtirilgan;
kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarining mul`timedia texnologiyalari orqali intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni intellektual-adaptiv, intellektual-yo‘naltiruvchi, intellektual-izlanuvchi va intellektual-kreativ bosqichlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi o‘quv topshiriqlar turlari (kognitiv, amaliyotga yo‘naltirilgan va kasbga yo‘naltirilgan) va tipologiyasi (tipik, diagnostik va prognostik)ni aniqlash orqali takomillashtirilgan; 
kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish usul va vositalari ixtisoslik fanlarini o‘qitishda Web -kvest metodi, mul`timediali elektron ta’lim resurslarini yaratish texnologiyasiga asoslangan H5P, Biteable, Learningapps va Plickers axborot xizmatlarini tatbiq etish orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon beradigan mul`timedia texnologiyalari asosida rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini (analiz, sintez, abstraktlashtirish, konkretlashtirish va umumlashtirish) rivojlantiruvchi hamda kasbiy kompetentligini shakllanishiga xizmat qiluvchi mul`timedia texnologiyalari (interfaol namoyish hosil qiluvchi, avtomatlashgan mul`timediali nazorat qiluvchi, animatsiyali video roliklar yaratuvchi, mul`timediali elektron ta’lim resurslarni yaratuvchi vositalar) tasniflari “5111000-Kasb ta’limi (5330400-Kompyuter grafikasi va dizayn)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744-son buyrug‘i). Natijada talabalarning intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimi takomillashtirilib, o‘qitish samaradorligini oshishiga erishilgan; 
kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirishning intellektual - adaptiv, intellektual - yo‘naltiruvchi, intellektual - izlanuvchi va intellektual - kreativ bosqichlar hamda har bir bosqich uchun o‘quv topshiriqlar (kognitiv, amaliyotga yo‘naltirilgan, kasbga yo‘naltirilgan) tizimini o‘quv jarayonida samarali qo‘llanilishiga oid tavsiyalar  asosida “Mul`timediynie sistemi i texnologii” nomli darsligini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i, 603-161-son guvohnomasi). Natijada professional ta’lim sohasiga mul`timedia texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va kompetensiyalar ega raqobatbardosh kadrlash tayyorlash tizimining samaradorligi oshgan; 
kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon beradigan usul va vositalari, ya’ni ta’limiy Web-kvest metodi hamda H5P, Biteable, Learningapps va Plickers axborot xizmatlaridan foydalanish orqali mul`timediali elektron ta’lim resurslari yaratilgan bo‘lib, “Texnologiya sozdaniya elektronnix obrazovatel`nix resursov” nomli darsligini shakllantirishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 fevraldagi 133-son buyrug‘i, 133-237-son guvohnomasi). Natijada mul`timedia texnologiyalaridan samarali foydalanishninig metodik imkoniyatlari kengaytirilgan hamda talabalarning axborot-ta’lim muhiti rivojlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish