Axrarova Naimaxon Kobilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gemofiliya bemorlarida osteoporoz simptomlari kompleksini klinik-laborator xususiyatlarini o‘rganish», 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.RhD/Tib994.
Ilmiy raxbar: Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 rakamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Babajanova Shoira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baxovadinov Burxonidin Baxovadinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik va laborator belgilar majmuamasi xususiyatlarini hamda gemofiliya bilan og‘rigan bemorlarda osteoporozni davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gemofiliya «A» va «B» bilan og‘rigan bemorlarda VIII va IX qon ivish omillari turiga, og‘irligiga, yoshiga va ingibitorlari mavjudligiga qarab gemorragik sindrom va ortopedik holatning xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor gemofiliya «A» va «B»  kasalliklari asoratlarning tabiati va tuzilishi gemorragik sindromga, o‘rinbosar transfuzion davolashga va mushak-skelet tizimining buzilishiga bog‘liq holda asoslangan;
gemartroz davomiyligi va og‘irlik darajasi ko‘rsatkichlari gemofiliyada osteoporoz rivojlanish darajasini ortishi hamda osteokal`sin va gomotsistein ortishi orasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
osteoporoz bilan kechuvchi gemofiliya bilan og‘rigan bemorlarda antirezorbtiv davo samaradorligi va xavfsizligi baholanib, kasallikning belgilari kamayishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Gemofiliya bilan og‘rigan bemorlarda osteoporoz simptomlari kompleksini klinik laborator xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gemofiliya bilan og‘rigan bemorlarda osteopeniya va osteoporozni erta tashhislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan  «Gemofiliya bilan og‘rigan bemorlarda osteopeniya va osteoporozni erta tashhislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2021 yil 4 martdagi 8n-r/90-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gemofiliya kasalligida osteoporoz va osteopeniya kechishini va erta tashhislashni muqobillashtirish imkonini bergan;
gemofiliya bilan og‘rigan bemorlarda osteopeniya va osteoporozni kechishi, tashhislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2021 yil 10 sentyabrdagi 08-09/11827-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, erta tashhislashni, kasallik kechishini bashorat qilish, kelib chiqadigan asoratlarni o‘z vaqtida oldini olishni muqobillashtirish hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish