Bekmurodov Ulug‘bek Bahrom o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Intellektual muloqot tizimlari asosida so‘rovlarni yaratishga ko‘maklashuvchi model, algoritmlar va dasturiy majmuasi», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam (B2021.2.PhD/T2280):
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Raximov Nodir Odilovich, texnika fanlari doktori; Xo‘jamov Otabek Kadambaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: intellektual muloqot tizimlari elementlari asosida so‘rovlarni yaratishga ko‘maklashuvchi model, algoritmlar hamda dasturiy majmuasini ishlab chiqish, FSV texnologiyasi bilan integratsiya qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
formal ontologiyani ifodalash qonuniyatlari asosida korporativ axborot kutubxona ob’ektlarining ontologiyasini qurish usuli hamda mos predmet soha uchun ontograf modeli qurilgan;
muloqot arxitekturalari asosida intellektual muhitda savol-javobga asoslangan bir tugun tranzaksiya uchun muloqot ssenariysining algoritmi va so‘rovga dastlabki ishlov berish algoritmi ishlab chiqilgan;
so‘rovlarni shakllatirishga yo‘naltirilgan muloqot ssenariysi tizimlarining funksional tuzilmasi va unga mos dasturiy instrumentlar ishlab chiqilgan;
ob’ektga nisbattan dasturlash tamoyillari asosida bilimlar bazasida fakt va qoidaga, hodisa va xususiyatga asoslangan so‘rovlarni shakllantirishga ko‘maklashuvchi intellektual muloqot ssenariysining bilimlar va ma’lumotlar bazasini boshqarishning Mili avtomati modeli va ER modeli hamda ma’lumotlar tuzilmasi ishlab chiqilgan;
ma’lumot tipi va tuzilmasi asosida FSV texnologiyasi va dasturiy majmuasining integratsiyasi talablari va usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
mijoz-server texnologiyalarida savol-javobga asoslangan bir tugun tranzaksiya uchun muloqot ssenariysining algoritmi hamda so‘rovga dastlabki ishlov berish algoritmi, so‘rovlarni shakllatirishga yo‘naltirilgan muloqot ssenariysi tizimlarining funksional tuzilmasi va unga mos dasturiy instrumentlari asosida foydalanuvchilarga hizmat ko‘rsatuvchi dasturiy majmuasi Respublika bolalar kutubxonasiga, A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 19 iyul`dagi №33/8-5208-son ma’lumotnomasi). Natijada interaktiv muloqotni joriy qilish va so‘rovlarni aniq yaratish darajasi bir baravarga oshgan, foydalanuvchiga so‘rovni yaratish 25%ga tezlashgan, aniq so‘rov asosida izlash vaqtini qisqartirish 50%ga kamaygan, qidiruv bosqichlaridagi axborot almashinuv tezligini oshirish va hisobotlarni shakllantirish vaqtini 2 martaga qisqartirishga imkon yaratib bergan;
faktlar va qoidalarga asoslangan hodisalar negizida so‘rovlarni shakllantirishga ko‘maklashuvchi intellektual muloqot ssenariysi xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy instrumentni «Robotics Lab Future Technology Company» MChJga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 19 iyul`dagi №33/8-5208-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron resurslarni izlash hizmatini 35%ga tezlashtirgan, unga ketgan vaqt 2 baravarga qisqargan hamda so‘rovlarni shakllantirish anikligini 50% oshirish imkoniyatini bergan;
korporativ axborot kutubxona ob’ektlarining ontograf modeli, intellektual muloqot ssenariylari uchun bilimlar va ma’lumotlar bazasini loyihalash va boshqarish algoritmlari, ma’lumot tipi va tuzilmasiga yo‘naltirilgan FSV texnologiyasi va dasturiy majmuasi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning 5 ta filiallari, Qirg‘iziston Respublikasidagi Oliy ta’lim muassasalarining axborot resurs markaziga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 19 iyul`dagi №33/8-5208-son ma’lumotnomasi). Natijada axborot resurs markazlarida ma’lumotlarni izlash 35%ga tezlashgan, ma’lumotlarni tahliliga foydalanuvchilarning sarflagan vaqti 1.5 baravarga qisqargan, so‘rovlarni shakllantirish bosqichlaridagi aniqlik 40%ga oshgan hamda hisobotlarni shakllantirish vaqti 25%ga qisqarish imkonini bergan.