Xolmurodov Maxmatkarim Pattaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Surxondaryo viloyati tabiiy suvlarining radioekologik tadqiqoti va monitoringi», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/K428.
Ilmiy rahbar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.T.78.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qulmatov Rashid Anorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Allaberdiev Farxod Xamroevich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyati tabiiy suvlari tarkibidagi seziy-137, stronsiy-90, toriy-232 va kaliy-40 radionuklidlarini radiometrik-spektrometrik usulda aniqlash va tabiiy suvlarning radiologik monitoringini o‘tkazish tartibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Surxondaryo viloyati tabiiy suvlari tarkibidagi seziy-137, stronsiy-90, toriy-232 va kaliy-40 radionuklidlari miqdorini aniqlashning radiometrik-spektrometrik usuli ishlab chiqilgan;
tabiiy daryo suvlarining iste’molga yaroqliligini baholashda - ishtirok darajasini belgilovchi solishtirma al`fa-faollikning 234U izotopi miqdoriga beta-faollikning 40K izotopi miqdoriga bog‘liqligi aniqlangan;
Darband daryosi suvlarining izotop tarkibini α-spektrometrik tahlil usuli asosida tahlil qilinib, 40K/39K izotoplari orasidagi radiofaol muvozanat koeffisientining - Krm(23,16 mkg/g) buzilishi isbotlangan;
zararlash darajasi yuqori bo‘lgan nuqtalar va daryoga irmoqlarning qo‘shilish joylarida qirg‘oq bo‘yi erlarini rekul`tivatsiya qilish sxemasi ishlab chiqilgan;
yangi rekul`tivatsiya qilish sxemasi asosida qirg‘oq bo‘ylarini rekul`tivatsiya qilinganda bir yilda daryo suvlaridagi radionuklidlar miqdori 82% gacha kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Surxondaryo viloyati tabiiy suvlarining radiekologik tadqiqoti va monitoringi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy suvlar tarkibidagi radionuklidlar miqdorini aniqlashning radiometrik-spektrometrik takomillashtirilgan usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2021 yil 5 oktyabrdagi AA-008140-son ma’lumotnomasi). Natijada, kombinat atrofidagi tabiiy suv (Ohangaron daryosi)lar tarkibidagi seziy-137 va stronsiy-90 radionuklidlari miqdorini hamda radioaktiv xavfsizlik me’yorini (NRB:97-2014) aniqlash imkonini bergan;
radionuklidlar miqdorini me’yordan ortiq nuqtalar va irmoqlarning qo‘shilish joylarida qirg‘oq bo‘yi erlarini yangi va kamxarj rekul`tivatsiya qilish sxemasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2021 yil 5 oktyabrdagi AA-008140-son ma’lumotnomasi). Natijada, rekul`tivatsiya usuli daryo suvlaridagi radionuklidlar miqdorini bir yilda 82% gacha kamaytirish imkonini bergan.