Yangiev G‘ayrat Avezxonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jinoyat ishlarini yuritishda dalillarga baho berish institutini takomillashtirish», 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Yu98. 
Ilmiy rahbar: Tulaganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Surayyo Maxmudovna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat-protsessual qonunchilikda dalillarga baho berish tizimini qayta ko‘rib chiqish va uning mezonlarini ayrim xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
himoyachining jinoyat ishi bo‘yicha protsessual vakolatlarini yanada kengaytirish maqsadida ularga dalillarni to‘plash va taqdim etish hamda ushbu materiallar jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yilishi lozimligi xususida taklif asoslantirilgan;
jinoyat protsessida himoyachining mustaqilligini va taraflarning tortishuvlik prinsipini amalda ta’minlash maqsadida ular tomonidan taqdim etilgan dalillar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov hamda ishni sudda ko‘rish jarayonida majburiy baholanishi lozimligi xususidagi taklif asoslantirilgan;
dalillarga baho berish tizimi ishtirokchilari sifatida guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi ishtirokidagi ayrim tergov harakatlarini (yuzlashtirish, so‘roq qilish, shaxslarni va narsalarni tanib olish) videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish va ushbu jarayon natijalarini dalillar maqbulligi shartlari asosida protsessual qayd etish zarurati xususidagi taklif asoslantirilgan;
dalillarga baholash sub’ektlari o‘z tashabbusi bilan tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishi yoki ushbu jarayon jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra ham o‘tkazilishi mumkinligi xususidagi taklif asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Jinoyat ishlarini yuritishda dalillarga baho berish institutini tadqiq etish natijalari asosida:
himoyachining jinoyat ishi bo‘yicha protsessual vakolatlarini yanada kengaytirish maqsadida ularga dalillarni to‘plash va taqdim etish hamda ushbu materiallar jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yilishi lozimligi xususida taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 87-moddasi ikkinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 21 oktyabrdagi 06/1-06/2822 vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jinoyat ishlarini yuritishda himoyachi huquqlarining yanada kengayishiga xizmat qilgan;
jinoyat protsessida himoyachining mustaqilligini va taraflarning tortishuvlik prinsipini amalda ta’minlash maqsadida ular tomonidan taqdim etilgan dalillar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov hamda ishni sudda ko‘rish jarayonida majburiy baholanishi lozimligi xususida taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 87-moddasi ikkinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 21 oktyabrdagi 06/1-06/2822 vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jinoyat ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida tortishuvlik prinsipining amalda ta’minlanishiga xizmat qilgan;
dalillarga baho berish tizimi ishtirokchilari sifatida guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi ishtirokidagi ayrim tergov harakatlarini (yuzlashtirish, so‘roq qilish, shaxslarni va narsalarni tanib olish) videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish va ushbu jarayon natijalarini dalillar maqbulligi shartlari asosida protsessual qayd etish zarurati xususidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 911-modda birinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 21 oktyabrdagi 06/1-06/2822 vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan tergov harakatlari natijalarini baholashda dalillar maqbulligi shartlari asosida protsessual qayd etish mexanizmlari yaratilishiga xizmat qilgan;
dalillarga baholash sub’ektlari o‘z tashabbusi bilan tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishi yoki ushbu jarayon jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra ham o‘tkazilishi mumkinligi xususidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 911-modda ikkinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 21 oktyabrdagi 06/1-06/2822 vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi dalillarga baho berish sub’ektlari faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish