Begmatov Pardaboy Abduraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning tezyurar temir yo‘l uchastkalarida yo‘l ustki qurilmasi elementlari va er polotnosi konstruksiyasini takomillashtirish”, 05.08.02 – Temir yo‘llar va yo‘l xo‘jaligi; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T1208.
Ilmiy rahbar: Abdujabarov Abduxamit Xalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/30.12.2019.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sarjanov Tayjan Sadixanovich, texnika fanlari doktori professor (Qozog‘iston); Dosmetov Sultonboy Kamolovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: AJ “Uzog‘irsanoatloyiha” instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning tezyurar temir yo‘l uchastkalarida yo‘l ustki qurilmasi elementlari va er polotnosida yuzaga keluvchi zo‘riqishlarni kamaytirishga qaratilgan konstruktiv-texnik echimlarni ishlab chiqish va ularni hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tezyurar temir yo‘llarning ko‘tarilish, tushish va egri uchastkalari uchun yo‘lni bo‘ylama va ko‘ndalang siljishga qarshiligini oshirish maqsadida qabariq tayanch yuzali temirbeton shpallar konstruksiyasi yaratilgan va amalda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
rel`sga tashqi kuch ta’sirini hisobga olgan holda uni bo‘ylama siljishga qarshiligini oshirish uchun tajriba-tadqiqot asosida ftoroplastdan tayyorlangan rel`s osti prokladkasini qo‘llash maqsadga muvofiqligi aniqlangan va ilmiy asoslangan;
tezyurar temir yo‘l uchastkalarda harakatdagi tarkib uchun yo‘l ustki qurilmasi va er polotnosiga uzatiladigan ta’sirlar asosida amplituda-chastotali tavsiflarning matematik modeli ishlab chiqilgan;
poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun tezyurar temir yo‘l uchastkalarining asosi zaif gruntlardan iborat bo‘lgan ko‘tarmalarni temirbeton qoziqlar bilan mustahkamlash asosida yangi konstruktiv echimlarini hisob modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston temir yo‘llarining tezyurar uchastkalarida yo‘l ustki qurilmasi va er polotnosi elementlarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Toshkent temir yo‘l masofasi (PCh-2) hududidagi sinov stendida ftoroplastdan tayyorlangan rel`s osti prokladkalarining ishqalanish koeffisienti yuqoriligi aniqlangan va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi” korxonasida joriy qilingan ("O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning 2021 yil 15 iyundagi 01/2177-21-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasi asosida ftoroplast prokladkasining rezinali prokladkaga nisbatan siljishga qarshiligi 43% ko‘pligini aniqlash imkonini bergan;
tezyurar temir yo‘l uchastkalarining ko‘tarilish va tushish uchastkalarda harakatdagi tarkibning tormozlanishidan siljish deformatsiyalarini kamaytiruvchi qabariq tayanch yuzali temirbeton shpallar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi” korxonasida joriy qilish uchun qabul qilingan ("O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning 2021 yil 15 iyundagi 01/2177-21-son ma’lumotnomasi). Natijada shpal tayanchining qabariq qismi yuklarni ballast prizmasiga o‘tkazish burchagini oshiradi, bu undagi zo‘riqishni kamaytirish, ya’ni er polnosidagi gruntdagi siqilish qatlami kamayishi natijasida er polotnosidagi zo‘riqishni kamaytirish imkonini beradi;
ishlab chiqilgan er polotnosi ko‘tarmasining temirbeton qoziqlar bilan mustahkamlash usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning “Buxoro-Misken” temir yo‘l liniyasida joriy qilish uchun qabul qilingan ("O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning 2021 yil 15 iyundagi 01/2177-21-son ma’lumotnomasi). Mazkur konstruktiv echim er polotnosi gruntidagi zo‘riqishlarning bir tekisda taqsimlanishiga va vertikal tarkibiy qismlarning bir qismini asos gruntiga o‘tishiga olib keladi.