Yakubova Umida Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Convolvulus arvensis ekstraktini saqlovchi sirtga qo‘llaniladigan fitopreparat farmakologiyasi”, 14.00.17 - Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1367.
Ilmiy raxbar: Shukurlaev Kadir Shukurlaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aminov Saloxiddin Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Convolvulus arvensisdan ajratib olingan biologik faol moddalar yig‘masining organizmdagi yallig‘lanish jarayonlarining kechishiga ta’sirini baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta Convolvulus arvensis ekstraktining turli konsentratsiyalarini saqlovchi gelni mahalliy qo‘llanganda dekstran, formalin, karragenin, gistamin va serotonin yordamida chaqirilgan aseptik artrit kechishi xususiyatlari bilan orasidagi bog‘liqlik aniqlangan;  
Convolvulus arvensis ekstraktini saqlovchi gelni sirtga qo‘llaganda  tajribaviy kalamushlar terisidagi jarohatlar, termik va kimyoviy kuyishlarning bitishi tezlashishi, teri nuqsonlarini to‘liq tiklanish vaqtining qisqarishi isbotlangan;
profilaktika va davolash tajribalarida  Convolvulus arvensis ekstraktini saqlovchi gel`  Freynd ad’yuvanti bilan chaqirilgan surunkali yallig‘lanish rivojlanishini susaytirishi ilk bor aniqlangan; 
Sonvolvulus arvensis ekstraktini saqlovchi gelning surunkali ad’yuvant artritda yallig‘lanishga qarshi ta’sir mexanizmi yallig‘lanish oldi sitokinlar (IL-1β, O‘NO-α)  hosil bo‘lishini susaytirishi va yallig‘lanishga qarshi (IL-10) sitokinlarning oshishi bilan namoyon bo‘lishi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eksperimental izlanishlarda Convolvulus arvensis ekstraktini saqlovchi gelning samaradorligini baholash bo‘yicha ilmiy natijalar asosida: 
Convolvulus arvensis  ekstraktini sirtga qo‘llashda  yallig‘lanishga qarshi faolligini baxolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan  "Convolvulus arvensis ekstraktini sirtga qo‘llashda yallig‘lanishga qarshi faolligini tajribada asoslash" uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 5 avgustdagi 8 p-z/262-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma mahalliy o‘simlik manbalarining gel` shaklida qo‘llanishi, ular orasidan yallig‘lanishga qarshi hususiyatlarini rag‘batlantiruvchi, samaradorligi yuqori bo‘lgan vositalarni aniqlash imkonini bergan;
Convolvulus arvensis  ekstraktini saqlovchi sirtga qo‘llaniladigan fitopreparatni samaradorligini baxolash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan O‘zR FA o‘simlik moddalari kimyosi Instituti farmakologiya va toksikologiya bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17 sentyabrdagi  08-09/12315-sonli  ma’lumotnomasi). Tadbiq qilingan natijalarning klinik amaliyotga joriy qilinishi kelajakda kasallik kechishini turg‘unlashtirish, bemorlarni shifoxonada davolanish muddatini qisqartirishi, nogironlikni kamaytirish va ularning xayot sifatini yaxshilanishiga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish