Movlonova Shaxnoza Sobirovnaning 
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogi nomi): «Kichik yoshdagi bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lgan zotiljam (tashxislash, klinik kechishi, davolash)»,  14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari). 
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSs/Tib63.
Ilmiy maslahatchi: Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.04/30.30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalomovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Bobomuratov Turdikul Akramovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Zaynitdin Sayfitdinovich tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik yoshdagi bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lgan zotiljam rivojlanishining patogenetik mexanizmlarini xisobga olgan xolda diagnostika va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shifoxonaga bog‘liq bo‘lgan zotiljamda sitokin profilining xususiyatlarini  interleykinlar - IL-1β, IL-4, IL-6, IL-8 miqdorining yuqori axamiyati, yallig‘lanish oldi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning 1,5 baravar oshgani patologik o‘zgarishda ikkilamchi immun tanqislik rivojlangani aniqlangan;
shifoxonaga bog‘liq bo‘lgan zotiljamda  proaksidant ko‘rsatkichlarining MDA 1,5 va DK - v 2,5 barobar oshganligi yallig‘lanish jarayonining og‘ir kechishi va bu ko‘rsatkichlarning qonda mikroelementlar miqdori  bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor shifoxonaga bog‘liq bo‘lgan zotiljam bilan kasallangan bemorlarda mikroelement tarkibi tekshirilgan va yallig‘lanish jarayonida selen, sink, temir konsentratsiyasining tushib ketishi immun tizimga javob beruvchi CD3+-, CD4+-, CD8+-, CD16+-, CD20+- limfotsit, A, M, G sinf immunoglobulin konsentratsiyasi va fagotsitar neytrofil aktivligi bilan korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor shifoxonaga bog‘liq bo‘lgan zotiljam bilan kasallangan kichik yoshdagi bolalarda immunostimullovchi va vitamin-mikroelement kompleksi birgalikda qo‘llanilishi natijasida kasallikning laborator va klinik ko‘rstaqichlarni ijobiy o‘zgarishlari isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik yoshdagi bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lgan zotiljamni tashxislash davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
kichik yoshdagi bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lgan zotiljam kasalligi rivojlanishini oldini olish usullarini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan “Kichik yoshdagi bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lgan zotiljamni profilaktikasi algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 martdagi 8m/120-son ma’lumotnomasi). Uslubiy qo‘llanma asosida bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lgan zotiljamni oldini olishga imkon beragan;
kichik yoshdagi bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lgan kasalligini rivojlanishini oldini olish maqsadida diagnostik taxlillarni takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan “Shifoxonaga bog‘liq bo‘lgan zotiljamni kichik yoshdagi bolalarda diagnostikasi va davolash taktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 fevraldagi 08m/165-son  ma’lumotnomasi) ushbu tavsiyalarning amaliyotgan joriy etilishi natijasida shifoxonaga bog‘liq bo‘lgan zotiljam bilan kasallangan bolalarga o‘tkazilgan diagnostik usullar orqali zamonaviy patogenetik yondashuv orqali davolash usullari bolalar salomatligini tez tiklashga yordam berdi, immunologik va mikroelement o‘zgarishlarni turg‘unlashishiga erishildi va kichik yoshdagi bolalar o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichining kamayishiga imkon yaratgan;
Shifoxonaga bog‘liq bo‘lgan zotiljam bilan kasallangan bolalarni tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslublarning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarning bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 iyundagi 8m-z/204-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi kichik yoshdagi bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lgan zotiljamni rivojlanishi oldini olishga va bolalar o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichi kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish