Djumaev Zuxriddin Furkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dermatoz bilan xastalangan bemorlarda surunkali tarqalgan parodontitning klinik kechishining xususiyatlari», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1229.
Ilmiy rahbar: Gafforov Sunnatullo Amrullaevich, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti DSc.04.30.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Aldasheva Maya Axmetovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Kamilov Xaydar Pozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.K. Axunbaev nomidagi Qirg‘iziston davlat medisina akademiyasi (Qirg‘iziston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Dermatoz bilan xastalangan bemorlarda surunkali tarqalgan parodontitning klinik kechishi xususiyatlari
va uchrash darajasini urganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dermatozning pursildok yarali shakli bilan xastalangan bemorlar orasida stomatologik kasallikning uchrash darajasi, strukturasi, parodont kasalligining klinikasi, shuningdek dermatozning pursildok yarali shaklining klinik kechishi va ogiz bushligidagi jaroxatlari xamda tana soxalarida lokalizatsiyasining uzaro boglikligi xususiyatlari asoslangan;
dermatozning pursildoq shakli va parodontit bilan bir vaqtda xastalanganlarda o‘ziga xos stomatologik yordamni ko‘rsatish natijasida po‘rsildoq yara bilan xastalangan bemorlarga stomatologik yordam ko‘rsatishning yangicha kompleks yondoshuv asoslangan;
dermatozning pursildoq shakli va parodontit bilan xastalangan bemorlarda qonning umumiy va biokimeviy tahlilida gemoglobin konsentratsiyasi, leykotsitlar, trombotsitlar soni, eritrotsitlar cho‘kish tezligi, glyukoza hamda S-reaktiv oqsil kursatgichlaridagi salbiy o‘zgarishlar kasallikning klinik kechishi, tasnifi va uchrash chastotasi bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
dermatozning pursildoq yarali shakli va parodontit bilan xastalangan bemorlarda prooksidant malon aldegidi, qon zardobi o‘rta vazn molekulalar va antioksidant tizimlaridagi, sezilarli salbiy o‘zgarishlar asosida kasallikni tashxislash va davolashdagi axamiyati asoslangan;
dermatozning pursildoq shakli va parodontit bilan xastalangan bemorlarda morfologik tavsifga xos bo‘lgan Tsanka hujayralari eroziya tubida kuzatilishi va interleykin IL-4, IL-6 miqdoridagi salbiy o‘zgarishlarni baxolashdagi axamiyati, kasallikning klinik kechishidagi xosligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dermatozning pursildok shaklidagi jaroxatlanishi va surunkali tarqalgan parodontit xastaliklari bir vaqtda kuzatilganlar orasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
surunkali umumlashtirilgan periodontitli bemorlarni davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Po‘rsildokning klinik kechishiga qarab surunkali umumlashtirilgan periodontitli bemorlarni davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17 martdagi 8n-r/222-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomada pursildok bilan xastalanganlarda, parodontitning surunkali tarkalgan turining kechishidagi klinik xoslik, strukturasi va uchrash darajasi tugrisida yangi ma’lumotlarni bilish imkonini bergan;
pursildoqda surinkali umumlashtirilgan periodontitni kompleks davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Pursildoqda surinkali umumlashtirilgan periodontitni kompleks davolash samaradorligini baxolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17 martdagi 8n-r/221-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomada po‘rsildoq va surunkali parodontitning tarqalgan turi bilan bir vaqtda xastalanganlarda davolashga yondoshuvning samarali natijalariga erishish uchun ko‘llaniladigan uziga xos usullarning samarasi tug‘risida ma’lumotlar yoritilgan;
olingan natijalar amaliy sog‘liqni saqlash sohasiga, xususan, Samarqand tibbiyot institutining “Stomatologiya 1” kafedrasi klinik bazasida; Buxoro viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasida; Namangan viloyat stomatologiya poliklinikasida xamda Toshkent shaxar №7 sonli shifoxonasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 apreldagi 8n-d/136-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotiga joriy qilish dermatozning pursildoq shakldagi jaroxatlanishi va parodontitning surunkali tarqalgan kasalliklarining bir vaqtda kuzatilishi xolatlarida parodont kasalliklarini erta tashxislash, xarajatlarni kamaytirish, bemorlarda xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.