Madaminova Matlyuba Axmetovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Amudaryo basseynida gigienik xavfsizlikning istiqbolini belgilash va daryo bo‘yida yashovchi aholining suvdan foydalanishi monitoringini ishlab chiqish”, 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1163.
Ilmiy rahbar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya gigiena va kasb kasalliklar ilmiy tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Usmanov Islam Abbasovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Amudaryo suvining kimyoviy tarkibi, mikrobli va parazitar ifloslanishi hamda gigienik xavfsizligi bashoratlash, aholining suvdan foydalanishni monitoring qilish mexanizmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
daryo suvining organoleptik xususiyatlariga ta’sir etuvchi kimyoviy, toksik mikroelement va komponentlarning me’yorga nisbatan dinamikada o‘zgarishi asoslangan;
daryo suvining asosiy mikrobli va parazitar ifloslantiruvchi manbalari, ilk bor suv namunalarida Cryptosporidium spp baholash orqali mikrobli va parazitar ifloslanish darajasi aniqlangan;
sanitar-gigienik va sanitar-mikrobiologik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olgan holda, aholi tomonidan suvdan foydalanishning gigienik xavfsizligini bashoratlash tartibi ishlab chiqilgan;
daryo havzasida doimiy yashovchi aholining suvdan foydalanishini gigienik va parazitologik monitoring qilish mexanizmi hamda gigienik xavfsizlik mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amudaryo havzasida yashovchi aholining suvdan foydalanishini gigienik xavfsizlikni bashorat qilish va monitoring qilish mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Amudaryo suvining kimyoviy tarkibini aniqlash samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Amudaryodan olingan suv namunalarining kimyoviy tarkibini aniqlash samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 yanvardagi 8n-d/31-son ma’lumotnomasi). Natijada Amudaryo suvining kimyoviy tarkibini, organizm uchun xavfli bo‘lgan mikroelementlar miqdorini baholash samaradorligini yaxshilash imkonini bergan.
Amudaryo suvining parazitologik ko‘rsatkichlarini mikrobiologik va sanitar-gigienik baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Amudaryodan suv namunalarini olishda parazitologik tadqiqotlar samaradorligini baholashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 yanvardagi 8n-d/31-son ma’lumotnomasi). Natijada Amudaryo suvi namunalarida Giardia spp, Cryptosporidium spp tashxislashning parazitologik tahlillarni samaradorligini baholash usulini takomillashtirish imkonini bergan.
Amudaryo havzasida yashovchi aholining suvdan foydalanishini gigienik xavfsizlikni bashoratlash va monitoring qilish mexanizmini ishlab chiqish asosida olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Xiva, Taxiatosh va Nukus shahar bo‘limlar amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 iyuldagi 08-09/8324-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga qo‘llanilishi suvdan sinama olish, uning kimyoviy tarkibini baholash metodologiyasini birlashtirish, parazitologik holatni kuzatish samaradorligini oshirish va Amudaryo daryosi suv namunalarini aholining maishiy, ichimlik va madaniy ehtiyojlari uchun ishlatish samaradorligini baholash imkon bergan.