Kadirov Komiljon Zakirdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda  immun tanqislik holatidagi zotiljamning patologik anatomiyasi», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1196.
Ilmiy rahbar: Israilov Rajabboy Israilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Masharipov Azamat Sobirovich,tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Xoja Axmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk Universiteti ( Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bir yoshgacha bolalarda immun tanqisligi fonida rivojlangan virusli, atipik virusli va virusli-bakterial zotiljamlar patomorfologik o‘zgarishlarini baholashni takomillashtirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir yoshgacha davrda zotiljamdan vafot etgan bolalarda immun tanqisligi sindromida timusning og‘ir darajadagi aksidental transformatsiya, atrofiya va tug‘ma gipoplaziyasi bilan namoyon bo‘lishi asoslangan; 
immun tanqisligi mavjud bir yoshgacha bo‘lgan  bolalarda o‘tkir virusli infeksiya va bakterial infeksiyalar qo‘shilishi natijasida nobud bo‘lgan bolalarning o‘pkasidagi patomorfologik  o‘zgarishlarni  asosiy ko‘rsatkich ekanligi isbotlangan; 
bolalarda immun tanqisligi negizida virusli zotiljam asosan ikki tomonlama ko‘p o‘choqli, gemorragik bronxopnevmoniya, gripp, gemorragik ikki tomonlama polisegmentar zotiljam, paragripp, serozli-deskvomativ-gemorragiya, RS-virus infeksiyali generalizatsiyalangan zotiljam, adenovirusli infeksiya, aralash virusli zotiljamlar keng tarqalgan gemorragik zotiljam bilan namoyon bo‘lishi isbotlangan;
immun tanqisligi bor bolalarda virusli zotiljam aksariyat hollarda klinik morfologik jihatdan atipik ko‘rinishda rivojlanishi, dastlab o‘pkada kuchli dissirkulyasiya va qon quyilishlar bilan boshlanishi, keyin o‘pka epiteliysi distrofiya va destruksiyaga uchrashi, ko‘chib tushishi va virus ta’siri qon tomir va oraliq to‘qimaga tarqalishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalarda immun tanqislik holatidagi zotiljamning patologik anatomiyasining o‘ziga xos xususiyatlari baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zotiljamlar patomorfologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Virusli va virus-bakterial zotiljamlar patomorfologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 sentyabrdagi 8n-d/305-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada bolalarda immun tanqislik holatidagi zotiljamning patologik anatomiyasining morfologik va morfometrik o‘ziga xos xususiyatlari baholash, kasallikning o‘z vaqtida samarali davolash tartibini tizimli tashkillashtirish imkonini bergan;
bolalarda immun tanqislik holatidagi zotiljamning patologik anatomiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini morfologik tashxislash va davolash tartibini takomillashtirish asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika  patologik anatomiya markazining Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarning patologik anatomiya byurolariga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 avgustdagi 08-09/10668-son ma’lumotnomasi). Natijada virusli-bakterial zotiljamda o‘pkada dastlab gemorragik ekssudativ yallig‘lanish rivojlanib, unga bakterial infeksiya qo‘shilib, o‘pkaga tarqoq holda yiringli-nekrotik, serozli-fibrinozli ekssudativ yallig‘lanish qo‘shiladi, immun tanqisligi bo‘lganligidan shartli-patogen bakteriyalar va zambrug‘lar tomonidan ko‘pincha aralash ko‘rinishidagi yallig‘lanishlar bilan davom etishini asosiy morfologik belgisi asoslash tartibini joriy qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish