Amonov Mexrojiddin Uzbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XVIII-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda naqshbandiya-mujaddidiya tariqati”, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.(PhD)/Isl33. 
Ilmiy rahbar: Aminov Bobir Bomuradovich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Ikromiddin, filologiya fanlari doktori, professor; Sultonov O‘ktam Abdulg‘anievich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XVIII-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda naqshbandiya-mujaddidiya tariqati ahamiyatini ochib berish
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XVIII-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda naqshbandiya-mujaddidiyaning (نقشبنديه مجدديه) faol namoyandalari hisoblangan hukmdorlarning tariqatni qo‘llab-quvvatlashi natijasida Samarqandda Cho‘nqaymish va Jumabozor, Hirotning Karrux nomi bilan bog‘liq yangi tasavvuf markazlari shakllangani va ularning muntazam faoliyat olib borishi uchun vaqf mulklari ajratilgani aniqlangan;
tasavvuf namoyondalari qabrtoshlaridagi epigrafik yozuvlar nafaqat muayyan shaxsning dafn etilganini ko‘rsatuvchi ma’lumot manbai, balki o‘sha shaxsning hayoti va ilmiy faoliyati, oilasi, ustoz va shogirdlari haqida ham qimmatli ma’lumot beruvchi manba ekani isbotlangan;
XVIII-XIX asrlarga kelib naqshbandiya-mujaddidiya silsilasi faoliyati tariqat shayxlari bilan o‘zaro aloqalarning tizimli yo‘lga qo‘yilishi hamda hukmdorlarning diniy siyosati va islohotlari natijasida qayta jonlangani va Markaziy Osiyo mintaqasida keng tarqalgani ochib berilgan;
mintaqada ta’lim-tarbiyani yanada yuksaltirish, ayrim hududlardagi o‘quv jarayonining cusayishini oldini olish maqsadida naqshbandiya-mujaddidiya shayxlari Movarounnahr va Xurosonda yangi madrasalar ochgani, mudarrislar faoliyatining tizimli yo‘lga qo‘yishi hamda talabalarga tasavvuf va fiqh fanlaridan mustaqil darsliklar yozishi uchun homiylik qilganliklari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
XVIII-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda naqshbandiya-mujaddidiya tariqati tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:
XVIII-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda naqshbandiya-mujaddidiyaning (نقشبنديه مجدديه) faol namoyandalari hisoblangan hukmdorlarning tariqatni qo‘llab-quvvatlashi natijasida Samarqandda Cho‘nqaymish va Jumabozor, Hirotning Karrux nomi bilan bog‘liq yangi tasavvuf markazlari shakllangani va ularning muntazam faoliyat olib borishi uchun vaqf mulklari ajratilgani aniqlangani haqidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “Xojagon naqshbandiya”, “Etti pir (dunyo murshidlari)” kitoblarining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020 yil 30 oktyabrdagi 2112-son ma’lumotnomasi). Natijada tasavvuf tariqati rahnamolari tarixi, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish an’analari bilan tanishuviga, yoshlarni ma’naviy kamoloti va tarbiyasini shakllanishiga xizmat qilgan;
tasavvuf namoyondalari qabrtoshlaridagi epigrafik yozuvlar nafaqat muayyan shaxsning dafn etilganini ko‘rsatuvchi ma’lumot manbai, balki o‘sha shaxsning hayoti va ilmiy faoliyati, oilasi, ustoz va shogirdlari haqida ham qimmatli ma’lumot beruvchi manba ekani isbotlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “Buxoro ta’lim tizimi tarixi” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2020 yil 02 apreldagi 233/21-son ma’lumotnomasi). Natijada Markaziy Osiyoda mavjud naqshbandiya-mujaddidiya tariqati bilan bog‘liq bo‘lgan muqaddas ziyoratgohlar tarixi va nodir tarixiy meros hamda epigrafik yodgorliklarning tarixi yoritilishiga xizmat qilgan; 
XVIII-XIX asrlarga kelib naqshbandiya-mujaddidiya silsilasi faoliyati tariqat shayxlari bilan o‘zaro aloqalarning tizimli yo‘lga qo‘yilishi hamda hukmdorlarning diniy siyosati va islohotlari natijasida qayta jonlangani va Markaziy Osiyo mintaqasida keng tarqalgani ochib berilgani haqidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “Vaxshuvor” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2020 yil 9 noyabrdagi 0112-044976-son ma’lumotnomasi). Natijada madaniy meros ob’ektlari tarixi, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari uchun qo‘lyozmalar va tarixiy hujjatlar bilan ishlashda qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan;
mintaqada ta’lim-tarbiyani yanada yuksaltirish, ayrim hududlardagi o‘quv jarayonining cusayishini oldini olish maqsadida naqshbandiya-mujaddidiya shayxlari Movarounnahr va Xurosonda yangi madrasalar ochgani, mudarrislar faoliyatining tizimli yo‘lga qo‘yishi hamda talabalarga tasavvuf va fiqh fanlaridan mustaqil darsliklar yozishi uchun homiylik qilganliklari dalillangani haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O`zbekiston” teleradiokanali DUK tarkibidagi “O`zbekiston tarixi” telekanalida namoyish etilayotgan “Tarixiy savol” kabi tizimli ko‘rsatuvlarni ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (“O`zbekiston” teleradiokanali DUK 2020 yil 19 oktyabrdagi 03-20-982-son ma’lumotnomasi). Natijada naqshbandiya-mujaddidiya tariqati, uning namoyandalari tarixi va faoliyati haqida aholiga sermazmun ma’lumotlarni yetkazishda, tomoshabinlarning yanada ko‘proq tarixiy faktlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish