Shodmonov G‘iyosiddin Nafasovichning falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Porso Shamsiev ilmiy laboratoriyasi: tadqiq usullari, tamoyillari, matnshunoslik taraqqiyotidagi o‘rni”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil919.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaxo‘ja Nusratullo Atoullo o‘g‘li, filologiya fanlari doktori, professor; To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Porso Shamsiev ilmiy laboratoriyasining kompleks tadqiqini amalga oshirish, Navoiy “Xamsa”si matnshunosligi tajribalarini ilmiy-nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Porso Shamsievning “Xamsa” dostonlari ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratishdagi yondashuv mezonlari, ilmiy uslublari aniqlangan, faoliyati va tajribalarining o‘zbek matnshunosligi nazariy asoslari shakllanishi hamda taraqqiyotiga ta’siri isbotlangan;
“Xamsa” nashrlari va ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratish borasidagi dastlabki tadqiqotlarning o‘zbek matnshunosligi rivojidagi o‘rni va ahamiyati aniqlangan;
Alisher Navoiy asarlari, xususan, “Xamsa” dostonlari tanqidiy matnlarini takomillashtirish uchun ularni qaytadan tuzish ehtiyoji yo‘qligi, balki yangi aniqlangan qo‘lyozmalar asosida matn tahririni amalga oshirish kifoya ekani dalillangan;
ilmiy-tanqidiy matn tuzishda keyingi davr qo‘lyozma nusxalari ham tayanch yoki yordamchi manba bo‘la olishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Porso Shamsiev ilmiy laboratoriyasi tadqiq usullari, tamoyillari, matnshunoslik taraqqiyotidagi o‘rni bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Alisher Navoiy asarlari tanqidiy matnlarini takomillashtirish uchun yangi aniqlangan qo‘lyozmalar asosida matn tahririni amalga oshirish zarurligi va mavjud ilmiy-tanqidiy matn va nashrlarni mukammallashtirishda keyingi asrlar qo‘lyozmalariga tayanish mumkinligi to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy xulosalardan P3-20170930220 raqamli “Navoiy qomusini nashrga tayyorlash va chop etish” (2018-2020) mavzusidagi amaliy loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 23 iyuldagi 3/1255-2084-son ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy qomusi qo‘lyozmasidagi “Xamsa” nashrlari hamda Navoiy adabiy merosining qo‘lyozma va toshbosma manbalari bilan bog‘liq ma’lumotlarga oydinlik kiritilgan;
Alisher Navoiy “Xamsa” dostonlari komparativistik tadqiqini amalga oshirishda ilmiy-tanqidiy matnlarning o‘rni, ularni yaratish mezonlari va aniqlangan ilmiy uslublardan, “Xamsa” nashrlari va ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratish tarixida dastlabki tadqiqotlarning o‘zbek matnshunosligi rivojidagi ahamiyati haqidagi ilmiy xulosalardan P3-20170925213 raqamli “O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qo‘lyozma devonlar katalogini tuzish” (2018-2020) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 23 iyuldagi 3/1255-2084-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘lyozma devonlar katalogini tuzishda, ayniqsa, ko‘p nusxali qo‘lyozma devonlarni tavsiflash hamda ularning tayanch manbalarini aniqlashdagi yondashuv mezonlaridan foydalanishga xizmat qilgan.