Dehqonov  Mamitali  Roxatalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Islomda oila va nikoh munosabatlari madaniyatining diniy-falsafiy mohiyati», 09.00.02 –Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (din falsafasi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/Fal171.
Ilmiy rahbar: [Abdusamedov Anvar Eshonxonovich], falsafa fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zieva Ruxsora Xodievna, falsafa fanlari doktori, professor; Markaev Zokir Eshqulovich, falsafa fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi islomda oila va nikoh munosabatlari madaniyatining diniy-falsafiy mohiyatini tartibga solish, avlodlararo davomiylikni ta’minlash, axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga oid g‘oyalarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
islomda oila va nikoh munosabatlarini shakllantirishda Mahmud Nasafiyning “Kanzud daqoiq”, Ubaĭdulloh ibn Mas’ud Mahbubiĭning “Muxtasari Viqoya” va “Saloti Mas’udiy”, “Chahorkitob”, “Maslak ul-muttaqin” kabi hanafiya mazhabining mo‘’tabar kitoblaridagi nikohning shartlari, odoblari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksidagi nikoh tuzish, nikohni bekor qilish shartlari va tartiblari o‘zaro mutanosib ekanligi aniqlangan; 
oilada er va xotin orasidagi gender tenglikning ta’minlanishi, har bir oila a’zolarining o‘ziga xos ijtimoiy maqomi, o‘zbekona milliy urf-odatlarga ko‘ra nikohning muqaddasligi, huquqiy asosda tuzilishi, hamjihatlik kabi ijobiy jihatlari hamda oiladagi beqarorlik, ishonchsizlik, toqatsizlik kabi illatlari Burxoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asaridagi “ijob va qabul”, “guvoh”,  “maxr”, “maxr misli” kabi tamoyillar vositasi asosida isbotlangan; 
fuqarolarning axloqi, sha’ni, qadr-qimmati, sog‘lig‘i, qonun bilan  qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida turli xil noan’anaviy bir jinslilar nikohi, LGBTlar va gipermaskulitlik (erkaklik sifatlarini ko‘rsatishga ortiqcha urinish) shakllarining jamiyatga va ijtimoiy muhitga bo‘lgan axloqiy, mafkuraviy hamda akseologik jihatdan beqarorlik, taqlid qilish kabi salbiy ta’siri ochib berilgan;  
islomda oila va nikoh munosabatlarini tartibga solish, jamiyatda  oila mustahkamligini saqlash, ajrimlarning oldini olish, milliy va islomiy qadriyatlar oilaning reduktiv, tarbiyaviy, iqtisodiy, kommunikativ, integrativ, kompensatorlik va dunyoqarashlik funksiyalarida namoyon bo‘lishi, oila mustahkamligi ko‘p jihatdan murakkab ijtimoiy tizim sifatida strukturali-funksional tahlilni talab etishi falsafiy jihatdan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Islomda oila va nikoh munosabatlari madaniyatining diniy-falsafiy mohiyati xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan  takliflar asosida:
islomda oila va nikoh munosabatlarini shakllantirishda Maxmud Nasafiyning “Kanzud daqoiq”, Ubaĭdulloh ibn Mas’ud Mahbubiĭning “Muxtasari Viqoya” va “Saloti Mas’udiy”, “Chahorkitob”, “Maslak ul-muttaqin” kabi hanafiya mazhabining mo‘’tabar kitoblaridagi nikohning shartlari, odoblari O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksidagi nikoh tuzish, nikohni bekor qilish shartlari va tartiblari mutanosib ekanligiga oid yangiliklaridan Toshkent davlat texnika universitetida “Dinshunoslik” fanidan  o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus  ta’lim vazirligining 2021 yil 12 yanvardagi 89-03/153-son  ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimida ta’lim olayotgan yoshlar orasida oila va nikoh munosabatlari madaniyatini yuksaltirish, yosh mutaxassislarni kasbiy kamolotga erishish bilan bir qatorda oilaviy munosabatlarga va mustaqil hayotga tayyorlash, oilani rejalashtirish, farzand tarbiyasiga oid g‘oyalar talabalar ongiga tatbiq etilgan; 
oilada er va xotin orasidagi gender tenglikning ta’minlanishi, har bir oila a’zolarining o‘ziga xos ijtimoiy maqomi, o‘zbekona milliy urf-odatlarga ko‘ra nikohning muqaddasligi, huquqiy asosda tuzilishi, hamjihatlik kabi ijobiy jihatlari hamda oiladagi beqarorlik, ishonchsizlik, toqatsizlik kabi illatlari Burxoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asaridagi “ijob va qabul”, “guvoh”,  “maxr”, “maxr misli” kabi tamoyillar vositasi asosiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” shuningdek, “Milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi” targ‘ibotini amalga oshirishda aholi turli qatlamlari bilan muloqotlarni samarali tashkil etish, oila va nikoh munosabatlari madaniyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy seminarlarni tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 15 avgustdagi 02/09.11050-son ma’lumotnoma). Natijada, oila va nikoh munosabatlari madaniyatining mohiyatini aholi turli qatlamlariga tushuntirish, oilalarda mehr-oqibat, sabr-qanoat, murosayu-madora tuyg‘ularini shaklantirishga xizmat qilgan;
fuqarolarning axloqi, sha’ni, qadr-qimmati, sog‘lig‘i,  qonun bilan  qo‘riqlanadigan  manfaatlarini  himoya qilish maqsadida turli xil noan’anaviy bir jinslilar nikohi, LGBTlar va gipermaskulitlik (erkaklik sifatlarini ko‘rsatishga ortiqcha urinish) shakllarining jamiyatga bo‘lgan globallashuv sharoitidagi  ijtimoiy muhitga axloqiy, mafkuraviy hamda akseologik jihatdan salbiy ta’siriga oid yangiliklardan “Mahalla va oilalarda barqaror ijtimoiy, ma’naviy muhitni qaror toptirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy loyihaga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 19 yanvardagi 01-05-106-son ma’lumotnoma), shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida g‘arb va sharq olimlarining xalqaro hamkorlikni  takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy amaliy seminarlar tashkil etish,  shu bilan birga mavzu doirasida nashrlar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi 2021 yil 15 apreldagi 25/27-son dalolatnoma). Natijada, g‘arb va sharq olimlarining o‘zaro hamkorlik muloqotlari asosida oila va nikoh munosabatlari madaniyati bilan bog‘liq  nashrlar tayyorlashda, islom dining oila va nikoh munosabatlari madaniyati g‘oyalarining  aholi turli qatlamlari ongiga singdirishga xizmat qilgan;
islomda oila va nikoh munosabatlarini tartibga solishda majburiy chora sifatida “taloq” amaliyotini qo‘llashda uch marotabagacha imkon berilishiga  oid ta’limoti boshqa diniy e’tiqodlardan farqli o‘laroq, “ajrim”ni oldini olishda “yarashtirish”, germenetik metodlariga oid yangiliklaridan “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazida boshqa diniy e’tiqodlardan farqli o‘laroq yoshlarni oila va nikoh madaniyatiga tayyorlash borasidagi tavsiyalarlardan insonparvarlik muammolariga bag‘ishlangan respublika va xalqaro konferensiya materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi 2019 yil 12 iyuldagi 699-son ma’lumotnomasi). Natijada. islomda oila va nikoh munosabatlari madaniyatining “Oilada- eng aqlli kelin” mavzusidagi ilmiy seminar, konferensiyalar tashkillashtirishga  oid faoliyatning samarasini oshirishga xizmat qilgan;
islomda oila va nikoh munosabatlarini tartibga solish, jamiyatda  oila mustahkamligini saqlash, ajrimlarning oldini olish, oila institutlarini shakllantirish, milliy va islomiy qadriyatlar oilaning reduktiv, tarbiyaviy, iqtisodiy, kommunikativ, integrativ,  kompensatorlik va dunyoqarashlik funksiyalarida namoyon bo‘lishi, oila mustahkamligi ko‘p jihatdan murakkab ijtimoiy tizim sifatida strukturali-funksional tahlilni talab etishiga oid yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan turli ma’naviy-madaniy dasturlar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 18-iyuldagi 0701-12-07-361-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda amalga oshiraliyotgan islohotlarning mohiyatini yoshlarga keng tushuntirish, oila va nikoh munosabatlari madaniyatini yuksaltirish, oila a’zolarining g‘oyaviy etukligi va mafkuraviy immunitetini oshirish, vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish