Achilova Sevara Djasirkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Dizartriya nutq kamchiligiga ega bolalar nutqining fonetiko-fonematik tomonini korreksiyalash ish tizimi”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam:B2020.1.PhD/Ped1434.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Axmedova Zuxra Mirzabekovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Shokirova Shaxnoza Dilmurodovna,pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat  pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dizartriya nutq kamchiligiga ega bolalar nutqining fonetiko-fonematik tomonini korreksiyalash tizimi va texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dizartriya nutq kamchiligiga ega bolalar nutqining fonetiko-fonematik tomonini rivojlantirish texnologiyalari fonematik idrokning eshitish, ko‘rish, harakat, teri-tuyush asosida nutqni tushunish va talaffuz qilishga asoslangan sensor funksiyasi komponentlarini logopedik ish bosqichlari mazmuniga korreksiyalash orqali optimallashtirish asosida takomillash-tirilgan;
dizartriya nutq kamchiligiga ega bolalar nutqining fonetiko-fonematik tomonini korreksiyalash modeli variativ usullar va yakka rivojlanish dasturiga asoslanuvchi adaptiv (moslashuvchan) ish tizimi hamda  tovushlarni eshitib idrok etishning amaliy-metodik yo‘nalgan tibbiy, psixologik, pedagogik majmuaviy tuzilmalari asosida takomillashtirilgan;
dizartriya nutq kamchiligiga ega bolalar nutqining fonetiko-fonematik tomonini tashxislash, korreksiyalash, rivojlantirish bo‘yicha korreksion-pedagogik ish mazmuni individual yondashuv, o‘z-o‘zini tahlil qilish va qayta aloqaga yo‘naltirishga asoslangan refleksiv muhit talablari asosida takomillashtirilgan;
dizartriya nutq kamchiligiga ega bolalar nutqining fonetiko-fonematik tomonini lingvistik, psixologik hamda etiopatogenetik yondashuv uyg‘unligida klinik tashxislash, artikulyar-akustik korreksiyalash, tovush tizimidagi segment (nutqning ma’noli eng kichik birligi) va supersegment (ohang, urg‘u, takt) birliklarni qabul qilish va ulardan kommunikativ darajada foydalanishni rivojlantirish asosida bolalarda ijtimoiylashuv motivatsiyasini oshirishga oid metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi dizartriya nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarda fonetiko-fonematik nutq kamchiliklarini bartaraf etish texnologiyasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
dizartriya nutq kamchiligiga ega bolalar nutqining fonetiko-fonematik tomonini tashxislash, korreksiyalash, rivojlantirish bo‘yicha korreksion-pedagogik ish mazmunini takomillashtirishga oid takliflar “Maxsus pedagogika” fani bo‘yicha davlat ta’lim standartlari va malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 3 maydagi 02-02-2-1377-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur hujjat maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida logoped-defektologlar uchun bolalar nutq kamchiliklarini o‘z vaqtida  to‘g‘ri aniqlash, aniqlangan nutq kamchiliklariga tashxisni to‘g‘ri belgilash, korreksion-pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
fonetik idrokning sezgi funksiyasi komponentlarining (eshitish, ko‘rish, harakat, teri-tuyushga asoslangan nutq) mosligini optimallashtirishga asoslangan dizartriya nutq buzilishi bo‘lgan bolalar nutqining fonetik-fonematik tomonini o‘zlashtirish texnologiyasi va nutqni o‘rganish bosqichlari mazmunini takomillashtirish bo‘yicha takliflardan “Oila, bolalar bog‘chasi, maktab va mahallaning o‘zaro ta’sirini ta’minlash uchun ilmiy-uslubiy asoslarni yaratish” mavzusidagi ITD-1-62-sonli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 3 maydagi 02-02-2-1377-sonli guvohnomasi). Natijada, dizartriya nutq nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning fonetik va fonematik nutq nuqsonlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar takomillashtirilgan;
dizartriya nutq kamchiligiga ega bolalar bilan ishlashning adaptiv va variativ usullari, mashg‘ulotlar jarayonida yakka rivojlanish dasturidan foydalanishga oid metodik tavsiyalardan “Dislaliya. Dizartriya” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i 8-ilova; Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 3 maydagi 02-02-2-1377-son ma’lumotnomasi). Natijada, dizartriya nutq nuqsoni bor bolalar bilan ishlaydigan bo‘lajak logopedlarni tayyorlash mazmuni va o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
diz¬artriya nutq nuqsoniga ega bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning fonetiko-fonematik nuqsonlarini fanlar aloqadorligi yondashuvi asosida tahlil qilish va ularni lingvistik, psixologik hamda etiopatogenetik yondashuv uyg‘unligiga asoslanuvchi klinik kriteriyalarini tashxislash, artikulyar-akustik korreksiyalash, tovush tizimidagi segment (nutqning ma’noli eng kichik birligi) va supersegment (ohang, urg‘u, takt) birliklarni qabul qilish va kommunikativ darajada foydalanishnishga oid ilmiy xulosa va takliflar o‘qituvchi-defektologning malaka talablari,  “Dislaliya. Dizartriya” nomli o‘quv fan dasturi hamda shu fan dasturi asosida tayyorlangan “Dislaliya. Dizartriya” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i 8-ilova; Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 3 maydagi 02-02-2-1377-son ma’lumotnomasi).  Natijada, maktabgacha ta’lim mazmuni, ta’lim-tarbiya usullari, shakl va vositalarini takomillashtirishga, korreksion-pedagogik ish tajribasining samaradorligini oshirishga erishilgan.   

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish