Solijonov Muhammadjon Zokirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek tillaridagi rivoyatlar konseptual maydonining lingvokul`turologik tadqiqi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili), (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil755.
Ilmiy rahbar: Qo‘ldoshev Akrom Mahmudovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtasinov Ilxom Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Fayzulloev Otabek Muhammedovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi rivoyatlar, ularning konseptual maydonini lingvokul`turologik aspektda o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parable-rivoyatlar ongning o‘ziga xos kognitiv  mikrostrukturasini tashkil etib, o‘z semantikasida madaniyatning bir qismini aks ettiruvchi til birligi – lingvokul`turema va axborot saqlovchi, uzatuvchi va qayta ishlovchi kognitiv mexanizm sifatida namoyon bo‘lishi parable-rivoyatlarning «ishtirokchilar → muammo → maqsad → bog‘lovchi strategiya → kutilgan yakun (echim)» kabi boshlang‘ich unsurlarini modellashtirish orqali asoslangan;
rivoyat turlarining pragmatik tasnifi asosida ibratli rivoyatlar ob’ektining xilma-xilligi (kambag‘al insondan tortib, shoh yoki payg‘ambarlar obrazigacha) syujet va g‘oyaviy-badiiy maqsadning turlicha bo‘lishini ta’minlashi aniqlangan, natijada ibratli rivoyatlarning janriy xususiyatlari toponimik, tarixiy, diniy rivoyatlarning 12 belgisidan farqli ravishda 5 tasi «ijobiy», 6 tasi «qisman ijobiy» va faqat birgina guruhda «salbiy» munosabatda bo‘lishi isbotlangan;
ingliz tilida parable qahramonlari (bobo va nabira, qirol va dehqon, ota va o‘g‘il, general va askarlar, xudo va rohiblar) ulug‘lik va tubanlik, yaratuvchi va yaratilgan, boshqaruvchi va bajaruvchi kabi oppozisiyalarini ifodalovchi konseptlar juftligini tashkil etishi, o‘zbek tilida esa ushbu oppozisiya konseptual strukturasi ikki a’zolikdan uch a’zolikka («podshoh ↔ mulozim ↔ dehqon», «podshoh ↔ vazir ↔ asir» va h.k.larga)  o‘zgarishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek rivoyatlari tilining konseptual yadroviy  strukturasini justice (adolat), wisdom (donolik), effort (zahmat), mastery (uddaburonlik) konseptlari tashkil etishi va ularning Rojening (Roget’s Thesaurus of Synonyms and Antonyms) sinonimlar va antonimlar tezaurusida ajratilgan MORAL punktida keltirilgan kategoriyalar bilan mutanosibligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi rivoyatlarning lingvokul`turologik xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
rivoyat turlarining pragmatik tasnifi asosida ibratli rivoyatlar ob’ektining xilma-xilligi (kambag‘al insondan tortib, shoh yoki payg‘ambarlar obrazigacha) syujet va  g‘oyaviy-badiiy maqsadning turlicha bo‘lishini ta’minlashi aniqlandi, natijada ibratli rivoyatlarning janriy xususiyatlari toponimik, tarixiy, diniy rivoyatlarning 12 belgisidan 5 tasi «ijobiy», 6 tasi «qisman ijobiy» va faqat birgina guruhda «salbiy» munosabatda bo‘lishiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarorida keltirilgan vazifalarning bevosita ijrosini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 6 yanvardagi 01 12 01 43-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif qilingan tavsiya va xulosalar «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi»ning 35-bandi doirasida o‘z aksini topgan;
ingliz tilida parable qahramonlari (bobo va nabira, qirol va dehqon, ota va o‘g‘il, general va askarlar, xudo va rohiblar, dehqon va eshak) kabi ulug‘lik va tubanlik, yaratuvchi va yaratilgan, buyuruvchi va bajaruvchi kabi oppozisiyalarni ifodalovchi konseptlar juftligini tashkil etishi, o‘zbek tilida esa ushbu oppozisiya konseptual strukturasi ikki a’zolikdan uch a’zolikka («podshoh ↔ mulozim ↔ dehqon», «podshoh ↔ vazir ↔ asir» va h.k.larga)  o‘zgarishiga doir ilmiy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2017-2018 yillarda bajarilgan OT-A1-63 «Bilim ila nur – ta’lim tizimida xorijiy (ingliz) tili yo‘nalishidagi ko‘rish imkoniyati cheklangan o‘kuvchilarga o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga mo‘ljallangan umumevropa kompetensiyalariga javob beradigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida 6-sinf o‘quvchilari (ingliz tili) uchun yaratilgan «Light Up pupil’s book» o‘quv qo‘llanmasida rivoyat diskursidagi mavzularni yoritishda keng foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 26 yanvardagi 89-03-454-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu amaliy loyiha doirasida yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanma yangi ilmiy dalillar bilan boyitilishiga va takomillashishiga xizmat qilgan;
parable-rivoyatlar ongning o‘ziga xos kognitiv mikrostrukturasini tashkil etib, o‘z semantikasida madaniyatning bir qismini aks ettiruvchi til birligi – lingvokul`turema va axborot saqlovchi, uzatuvchi va qayta ishlovchi kognitiv mexanizm sifatida namoyon bo‘lishi parable-rivoyatlarning «ishtirokchilar → muammo → maqsad → bog‘lovchi strategiya → kutilgan yakun (echim)» kabi boshlang‘ich unsurlarini modellashtirishiga doir ilmiy qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan va Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan FZ 201908172 «O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish» mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 15 yanvardagi 05-15/5302-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu innovatsion loyiha doirasida yaratilgan «Grammar» va «Speaking» o‘quv qo‘llanmalari lingvokul`turologiyaga oid madaniy birliklar va fol`klor diskursiga oid ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
har ikki rivoyat tilining konseptual yadroviy  strukturasini justice (adolat), wisdom (donolik), effort (zahmat), mastery (uddaburonlik) konseptlari tashkil etishi va ularning Rojening (Roget’s Thesaurus of Synonyms and Antonyms) sinonimlar va antonimlar tezaurusida ajratilgan MORAL punktida keltirilgan kategoriyalar bilan mutanosibligiga doir ilmiy va nazariy xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2016 2019 yillarda bajarilgan 574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP raqamli «RUECVET: Pilotirovanie Evropeyskoy sistemi perevoda zachetnix edinis (kreditov) dlya professional`nogo obrazovaniya i obucheniya (ECVET) v natsional`nix sistemax professionalnogo obrazovaniya i obucheniya Rossii i Uzbekistana» nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 27 yanvardagi 89 03 509-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek madaniyatlariga tegishli  asosiy konseptlar va ularning chog‘ishtirilayotgan tillardagi salmog‘i va yig‘indisiga oid ilmiy-nazariy xulosalar loyiha doirasida kontrastiv lingvistika asoslari, matn lingvistikasi fanlari bo‘yicha tuzilgan ma’ruza kurslari, seminar mashg‘ulotlari uchun nazariy asos vazifasini bajargan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish