Norboev O‘ktam Safarboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Asil va Karam” dostonining qiyosiy tipologiyasi va poetikasi” (turk, ozarbayjon va O‘rta Osiyo versiyalari)”, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil664.
Ilmiy rahbar: Ro‘zimboev Safarboy, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Amonov Ulug‘murod Sultonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Asil va Karam” dostonining qo‘lyozma va og‘zaki variantlaridagi tafovutlarni aniqlash, turkiy xalqlar versiyalari bilan taqqoslash va asarning genetik ildizlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dostonning o‘zbek, turk, turkman va ozarbayjon namunalaridagi ajdodlar ruhiga sig‘inib farzand tilash, ikki mazhabdagi yoshlar sevgisi, jayronlar, turnalar, tog‘lardan najot so‘rash, Xizr homiyligi, tilsimli ko‘ylak, tugma-fetish, olovning paydo bo‘lishi va uning qudrati, ikki yoshning yonib kulga aylanishi, o‘lib tirilishi singari ilohiylashtirilgan motivlarning diniy, tarixiy, madaniy, ijtimoiy mushtarak omillar bilan shartlanganligi aniqlangan;
dostonning o‘zbek versiyasidagi Karam va Asilxon obrazlari asarning turkman, ozarbayjon va turkiy versiyalaridagi muqobillaridan qahramonona jasorat, dadillik, jangu jadallardagi jangovarlik kabi qahramonona hamda ijtimoiy va oilaviy hayotning tashqi shart-sharoitlari bilangina kelisha olmagan zavqli, ko‘tarinki muhabbat temasi ko‘rinishlaridagi romanik xarakteri jihatdan farqlanishi dalillangan;
asarning og‘zaki va yozma har to‘rttala versiyasi kompozisiyasida mifologik obrazlarning tarixiylashuvi, fantastik tasvirning reallik elementlariga ko‘chishi kabi leksik-semantik, badiiy-stilistik transformatsiyalar keltirib chiqargani va qo‘llangan tushunchalar ijobiy va salbiy konnotatsiyalarini ifodalashda reallik tamoyilining ustuvorligi isbotlangan;
asar badiiy poetikasini ta’minlashda ritorik so‘roq qurilmalar, murojaatlar, gradatsiya (darajalanish) usuli, quyma iboralar, qofiya va radiflarning markaziy (birlamchi) funksionallik, o‘xshatish, sifatlash, metafora, metonimiya, sinekdoxa kabi lisoniy-uslubiy vositalarning periferik (ikkilamchi) funksionallik kasb etishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Asil va Karam” dostonining qiyosiy tipologiyasi va poetikasi bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dostonning genetik ildazlarini yoritish, qo‘lyozma va og‘zaki variantlaridagi tafovutlarni aniqlash, turkiy xalqlar versiyalari bilan taqqoslashga doir ilmiy xulosalardan FZ-2016-0909165532 raqamli “Qoraqlpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 13 yanvardagi 89-03-171-son ma’lumotnomasi). Natijada foydalanilgan ilmiy xulosalar orqali Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasini yaratishga erishilgan;
an’anaviy tilshunoslik nazariyalari, qiyosiy-chog‘ishtirma tilshunoslikning asosiy tushuncha va tamoyillari hamda tahlil metodlari, zamonaviy tilshunoslik paradigmasi tamoyillari asosida amalga oshirilgan qiyosiy-tipologik tahlil, matnda grammatik va leksik-semantik vositalar derivaion aspektining nazariy hamda amaliy asoslaridan Erasmus+ dasturining 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHT–JP “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: CLASS” grant loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 13 yanvardagi 89-03-171-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy yangiliklar professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan va tatbiq qilingan “Qardosh xalqlar uchun hamkor dasturlar” kursini yaratishda manba bo‘lib xizmat qilgan;
dostonning o‘g‘o‘z toifasiga kiruvchi xalqlar fol`klorida tarqalgan versiyalaridagi umumiylik va alohidaliklarni tahlil qilish, doston badiiyatiga alohida munosabat bildirish kabi masalalarga oid xulosalardan “Ichan-Qal’a” gid hamroh-tarjimonlar faoliyatini takomillashtirish, xususan til va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish trening faoliyatlarida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2021 yil 6 yanvardagi 05-12-08-49-son ma’lumotnomasi). Natijada treninglar samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
dostonning xalfa varianti talqini bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi qoshidagi “Avesto” muzeyi faoliyatida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining “01-76-25/12-20 ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot xulosalaridan olingan ma’lumotlar asosida muzeyga tashrif buyuruvchi yoshlarga xalq dostonlari, fol`klor, xususan Xonim xalfa Saidamat qizi faoliyati to‘g‘risida beriladigan ma’lumotlar samarasi oshgan;
“Asil va Karam” dostoni va uning ijrochisi Xonim xalfa Saidamat qizi haqidagi ma’lumotlardan Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining “Qadriyat” radio eshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 17 dekabrdagi 01-20-233 son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ob’ekti qilib olingan manbalar eshittirishning mazmunli va ommabop bo‘lishini ta’minlagan.