Djumashev Askar Mambetovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpog‘istonda davlat boshqaruvining sovet tizimi (1924-1941 yy.)», 07.00.01-O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxati olingan raqam: B2020.2.DSc/Tar6.
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: [Kamalov Sabir Kamalovich], O‘zR FA akademigi, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Maxkamova Nadira Raxmanovna, tarix fanlari doktori, professor; Xasanov Baxtier Vaxapovich, tarix fanlari doktori, professor; Saribaev Maman Ktaybekovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi 1917-1941 yillarda Qoraqalpog‘istonda sovet davlat boshqaruvi tizimining bosqichlari va mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1924-1930 yillarda Qoraqalpog‘istonning Qozog‘iston tarikibiga kiritilishiga qator sabablar, avvalo, qozoqlar Qoraqalpog‘iston aholisining 28,9 % tashkil qilib, qoraqalpoqlardan keyin ikkinchi o‘rinda turganligi, Qoraqalpog‘iston va Qozog‘iston o‘rtasidagi umumiy chegara eng uzun bo‘lganligi va eng muhimi bu o‘tkazish siyosiy mazmunga ham ega bo‘lib, qoraqalpoqlar hududi yaxlitligini saqlab qolishga qaratilganligi dalillangan; 
o‘z faoliyatini 1926 yil 16 fevralda boshlagan Qoraqalpog‘istonni rayonlashtirish komissiyasi, ba’zi O‘rta Osiyo respublikalarini rayonlashtirish tajribasiga tayanib, viloyatni ma’muriylashtirishning yangi loyihasini ishlab chiqishi Qoraqalpog‘istonda rayonlashtirishning 3 bosqichli tizimiga asos bo‘lib, hududda viloyat markazi, ovul-qishloq yoki posyolka soveti vujudga kelganligi isbotlangan;
respublika ma’muriy organlari, ma’muriy birliklarini shakllantirishda birinchi o‘rinda, xo‘jalik – paxtachilik, chorvachilik, sholikorlik vazifalarini belgilash maqsadida mintaqa xususiyatlari hisobga olinmasdan, umumittifoq o‘rta ko‘rsatkichiga nisbatan baho¬la¬nishi aholining bir qismini qashshoqlashuviga olib kelib, pirovardida bir tomonlama ijtimoiy siyosat aholini markaziy hokimiyatga qaram qilib qo‘y¬ganligi asoslangan; 
1937-1941 yillarda Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston SSR tarkibiga kirishi qoraqalpoq va o‘zbek xalqlarining asl manfaatlariga mos kelib, iqtisodiy jihatdan asosiy an’anaviy tarmoq (paxtachilik) bo‘yicha Qoraqalpog‘iston umumiy chegaraga ega bo‘lgan O‘zbekiston bilan yaqinligi transport sharoitlari, aloqa vositalari, sug‘orish tizimida ham o‘z ifodasini topganligi isbotlangan; ikkinchi jahon urushi arafasida Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy-iqtisodiy sohada erishgan muvaffaqiyatlarida O‘zbekiston SSR tomonidan byudjet dotatsiyasidan yuborilgan moliyaviy yordam, tonnalab mineral o‘g‘itlar, turli xil mashinalar, tovarlar hamda sohalar bo‘yicha kelgan malakali mutaxassislarning faoliyati hududning iqtisodiy normallashuviga zamin yaratganligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘istonda (1924-1941 yillarda) davlat boshqaruvini sovet tizimi tarixini tadqiq etish davomida ishlab chiqilgan xulosa va takliflar asosida: 
1924-1930 yillarda Qozog‘iston tarkibida Qoraqalpog‘iston avtonom viloyatiga asos solingan. Qoraqalpog‘istonni Qozog‘iston tarikibiga kiritilishiga qator sabablar asos bo‘lib, avvalo, qozoqlar Qoraqalpog‘iston aholisining 28,9 % tashkil qilib, qoraqalpoqlardan keyin ikkinchi o‘rinda turganligi, Qoraqalpog‘iston va Qozog‘iston o‘rtasidagi umumiy chegara eng uzun bo‘lganligi va eng muhimi bu o‘tkazish siyosiy mazmunga ham ega bo‘lib, qoraqalpoqlar hududi yaxlitligini saqlab qolishga qaratilganligiga oid natijalardan PZ-20170915198 – «Transformatsiya sotsial`nix ustanovok v karakalpakskom obshhestve: istoriya i praktika» (2018-2020 gg.) («Qoraqalpoq jamiyatida ijtimoiy qoidalarning transformatsiyasi: tarix va amaliyot» (2018-2020 yillarda)) deb nomlangan amaliy loyihani tayyorlash uchun foydala¬nilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 21 apreldagi 81/1-son ma’lumotnomasi). Natijada Qo¬ra¬qalpog‘istonning 1924-1941 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixiga oid muammolarni o‘rganishda nazariy material sifatida xizmat qilgan; 
o‘z faoliyatini 1926 yil 16 fevralda boshlagan Qoraqalpog‘istonni rayonlashtirish komissiyasi, ba’zi O‘rta Osiyo respublikalarini rayonlashtirish tajribasiga tayanib, viloyatni ma’muriylashtirishning yangi loyihasini ishlab chiqishi Qoraqalpog‘istonda rayonlashtirishning 3 bosqichli tizimiga asos bo‘lib, hududda viloyat markazi, ovul-qishloq yoki posyolka soveti vujudga kelganligi to‘g‘risidagi natijalardan A1-XT-0-92997 – «Yoshlarni umumin¬soniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari» (2012-1014 gg.) deb nomlangan amaliy loyihani amalga oshirish maqsadida foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qora¬qal¬poq filialining 2020 yil 6 iyuldagi 107-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan tarixiy-siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va etnik o‘zgarishlarni anglashga, shuningdek, yosh av¬lod¬ni vatanparvarlik va milliy g‘urur ruhida tarbiyalashga yordam bergan; 
respublika ma’muriy organlari, ma’muriy birliklarini shakl-lantirishda birinchi o‘rinda, xo‘jalik – paxtachilik, chorvachi¬lik, sholikorlik vazifalarini belgilash maqsadida mintaqa xususiyatlari hisobga olinmasdan, umumittifoq o‘rta ko‘rsatkichiga nisbatan baho¬la¬nishi aholining bir qismini qashshoqlashuviga olib kelib, pirovardida bir tomonlama ijtimoiy siyosat aholini markaziy hokimiyatga qaram qilib qo‘yganligiga oid natijalardan radioda «Karakalpakstan» radiokanalining rus tilidagi “Nauka i obrazovanie” deb nomlangan ma’rifiy-axborot eshittirishi ssenariysini tayyorlashda tayyorlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2020 yil 6 iyuldagi 01-02/138-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘istonda davlat boshqaruvining sovet tizimi tarixini o‘rganish va tushunib etish hamda yanada mustahkamlash, sovet hokimiyatining boshqaruv usullari tarixini tadqiq etish mamlakat tarixiga yangicha nazar tashlash imkonini bergan;
1937-1941 yillarda davomida Qoraqalpog‘istonni O‘zbekiston SSR tarkibiga kirishi qoraqalpoq va o‘zbek xalqlarining asl manfaatlariga mos kelib, iqtisodiy jihatdan asosiy an’anaviy tarmoq (paxtachilik) bo‘yicha Qoraqalpog‘iston umumiy chegaraga ega bo‘lgan O‘zbekiston bilan yaqin bo‘lib qolishi oqibatida ularning yaqinligi transport sharoitlari, aloqa vositalari, sug‘orish tizimida ham ifodalanganligiga oid natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasi «Qaraqalpaqstan» radiokanalidagi «Tariyximizdi үyrenemiz» dasturining 2021 yil 22 yanvar` va 5 fevral` kunlaridagi sonlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2021 27 apreldagi  01-02/225-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodastur mazmunini ilmiy-amaliy jihatdan boyitish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalash, tomoshabinlarda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini yanada oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish